Bospor Podsholigi

Bospor podsholigi — Qora dengizning shimoliy sohilidagi quldorlik davlati (miloddan avvalgi 5-asr — milodiy 4-asr).

Miloddan avvalgi 480 yillarda Kerch, Taman yarim orollaridagi yunon shaharlarining birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Poytaxti — Pantikapey (hozirgi Kerch), bundan tashqari Fanagoriya, Germonassa (hozirgi Taman), Feodosiya, Nimfey kabi yirik shaharlari boʻlgan.

Bospor podsholigi ni dastlab yunon sulolalaridan boʻlgan arxeanaktidlar (miloddan avvalgi 480— 438), keyin — yunonmahalliy spartokiylar (miloddan avvalgi 438—109) sulolasi boshqargan. Bu davlatning iktisodiy va madaniy jihatdan eng yuksalgan davri miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Yunoniston va Kichik Osiyoga galla, koramol, baliq, teri, qullar savdoga chiqarilgan, bu mamlakatlardan esa vino, zaytun moyi, sopol va metall buyumlar, gazmol olingan. Bospor podsholigi xoʻjaligida dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Milodiy 4-asr oxirida Bospor podsholigi gunnlar tomonidan tugatilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

DavlatFeodosiyaIV asrKerchKerch yarim oroliMiloddan avvalgi 480PoytaxtQora dengizQuldorlik jamiyatiShaharShimolSohilTaman yarim oroliYunonlar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Abdulla QodiriyMoliya tizimiOʻtkan kunlarOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariXalqaro birliklar tizimiUslubFargʻona viloyatiEnsiklopediyaOʻqituvchiVeb-saytXulosa chiqarishAtomQuyosh tizimiTenglamaToshkent viloyatiDavlat poytaxtlari roʻyxatiTuron (teatr)AdaptatsiyaAnatomiyaAnafilaktik shokSanʼatKompyuterAbu Rayhon BeruniyHadisFransiyada ta'limXitoyOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiFalastin DavlatiOʻpkaKuchOilaElektrokardiogrammaTabiiy fanlarXaritaTranzistorAdobe PhotoshopAzonOt (soʻz turkumi)Ovqat hazm qilish tizimiDinshunoslikSirdaryo (viloyat)TilshunoslikAxborot xavfsizligiTrombotsitlarMeksikaTurkiyaMinorai KalonQuyoshTovushGepatit B viruslariKompasFuqarolik jamiyatiHissiyotMilliy dinlarInformatikaGʻafur GʻulomSanoq sistemasiQuturishRossiyaIshlab chiqarish harajatlariZilzilaJahon dinlariPul-kredit siyosatiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiQashqadaryo viloyatiGulliverning sayohatlariFIFA Jahon Chempionati 2022Shimoliy AmerikaVeb-sahifaMetodStol tennisiBirinchi jahon urushiMarkaziy OsiyoUNESCOIrsiyatKasb kasalliklariElektrolizTemirTemur tuzuklari🡆 More