Bokschi Bahodir Jalolov

Bahodir Jalolov Isomiddin oʻgʻli (1994-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ogʻir vazn toifasida professional bokschi.

Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari chempioni (2020-yil), ikki karra jahon chempioni (2019-yil, 2023-yil), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2015-yil), uch karra Osiyo chempioni (2017-yil, 2019-yil, 2021-yil). 2019-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlangan.

Bahodir Jalolov
Bokschi Bahodir Jalolov
Statistikasi
Vazn toifasi Oʻta ogʻir vazn
Boʻyi 201 cm
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 8-iyul 1994-yil (1994-07-08) (29 yosh)
Sariosiyo, Oʻzbekiston
Uslubi Chapaqay bokschi
Medallari va yutuqlari

Oʻzbekiston iftixoriBokschi Bahodir JalolovBokschi Bahodir Jalolov

Havaskor boks
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Olimpiada oʻyinlari
Oltin 2020 Tokio Oʻta ogʻir vazn
Jahon chempionati
Oltin 2019 Yekaterinburg Oʻta ogʻir vazn
Oltin 2023 Toshkent Oʻta ogʻir vazn
Bronza 2015 Doha Oʻta ogʻir vazn
Osiyo chempionati
Oltin 2017 Toshkent Oʻta ogʻir vazn
Oltin 2019 Bangkok Oʻta ogʻir vazn
Oltin 2021 Dubay Oʻta ogʻir vazn

Professionallar orasida ogʻir vazn toifasida NABF Junior boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Shimoliy Amerika chempioni (2019-yildan hozirgacha). 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiyani — 73-oʻrinni qayd etgan va ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschilar orasida 1-oʻrinda. 2019-yil sentyabr oyida asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytinglariga koʻra, u WBC reytingida 40-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi TOP-75 ga kirdi.

Boshlangʻich karyerasi

U boksni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 7-sinfida Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan boshladi. 2009-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi.

2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari

Bokschi Bahodir Jalolov 
Ringda

2016-yil avgust oyida u Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Olimpiadada u chorak finalga chiqdi: nimchorak finald u venesuelalik tajribali bokschi — Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi.

2017-yil

2017-yil may oyida u Toshkentda 91 kg dan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni boʻldi va finalda qozogʻistonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni magʻlub etdi.

2017-yil avgust oyida Gamburg (Germaniya)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda Jalolov tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut qilib, gʻalaba qozondi. Biroq chorak finalda juda 2:3 hisob bilan qozogʻistonlik Kamshybek Konkaboevga yutqazdi.

2019-yil

2019-yil aprel oyida u Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozogʻistonlik Kamshybek Kunkabayevni finalda magʻlub etib yana Osiyo chempioni boʻldi.

2019-yil sentyabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib, yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni magʻlub etdi (5:0) va finalda qozogʻistonlik tajribali bokschi Kamshybek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni boʻldi.

2021-yil

2021-yil fevral oyida u Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Strandzha Cup“ xalqaro turnirining u 91 kg dan yuqori vazn toifasida ukrainalik Tsotne Rogavani magʻlub etib, gʻolib boʻldi.

2021-yil aprel oyida u „Sankt-Peterburg gubernatori kubogi“ xalqaro turnirining finalida tajribali rossiyalik Ivan Veryasovni magʻlub etib, gʻolibi boʻldi.

2021-yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozogʻistonlik Kamshybek Kunkaboevni magʻlub etib Osiyo chempioni boʻldi.

2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari

2020-yil mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) u 1-oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga Osiyo/Okeaniyadan saralash turniriga yoʻllanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori boʻldi. Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, musobaqaning nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevni 5:0 hisobida yengdi. Finalda amerikalik richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Oʻzbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi. Olimpiada chempioni boʻlgan Bahodir Jalolovga Prezident sovgʻasi — „Chevrolet Tahoe“ avtomobili sovgʻa qilindi. Shuningdek, xonadon kaliti va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti topshiriladi..

Professional faoliyati

2018-yil fevral oyida u Amerikaning Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 5-may kuni AQShda magʻlub boʻlmagan meksikalik bokschi Ugo Truxiloni 3-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratib (4-0-1), professional ringda muvaffaqiyatli debyut qildi.

2019-yil 10-aprelda Nyu-Yorkda (AQSh) oʻtkazilgan 6-jangida u amerikalik Brendan Barretni 1-raundda nokaut bilan magʻlub etdi (7-2-2) va oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifasidagi NABF Junior Shimoliy Amerika chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) ogʻir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaiga (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan magʻlub etdi.

N Natija Rekord Raqib Turi Raund, vaqt Sana Manzil Eslatma
13 G‘alaba 8–0 Onorede Ehwareme KO 1 (8), 2:14 26-avgust 2023 Hard Rock Hotel & Casino, Tulsa, Oklahoma, AQSh
12 G‘alaba 12-0 Curtis Harper KO 4 (10), 1:53 26-noyabr 2022 Dignity Health Sports Park, Carson, Kaliforniya, AQSh
11 G‘alaba 11-0 Jack Mulowayi KO 8 (8), 1:20 10-iyun 2022 Turning Stone Resort & Casino, Verona, Nyu York, AQSh
10 G‘alaba 10-0 Kamil Sokołowski TKO 5 (8), 1:17 18-mart 2022 Aviation Club Tennis Centre, Dubay, BAA
9 G‘alaba 9-0 Julio Cesar Calimeno TKO 1 (6), 0:46 11-dekabr 2021 Coca-Cola Arena, Dubay, BAA
8 G‘alaba 8-0 Kristaps Zutis TKO 2 (6), 1:16 3-aprel 2021 Humo muz saroyi, Toshkent, O'zbekiston
7 G‘alaba 7-0 Wilfredo Leal RTD 1 (6), 3:00 12-dekabr 2020 Salon CTM, San Luis Rio Colorado, Meksika
6 G‘alaba 6-0 Brendan Barrett KO 1 (6), 2:45 10-aprel 2019 Sony Hall, Nyu York, AQSh WBC-NABF o'smirlar og'ir vazn unvoni
5 G‘alaba 5-0 Willie Harvey TKO 2 (6), 1:11 15-mart 2019 Marconi Automotive Museum, Tustin, Kaliforniya, AQSh
4 G‘alaba 4-0 Marquis Valentine KO 1 (4), 2:29 8-dekabr 2018 Industry Hills Expo Center, La Puente, Kaliforniya, AQSh
3 G‘alaba 3-0 Tyrell Wright RTD 4 (6), 3:00 27-oktyabr 2018 Hulu Theater, Nyu York, AQSh
2 G‘alaba 2-0 Eduardo Vitela KO 1 (6), 0:47 29-sentyabr 2018 Kings Theatre, Nyu York, AQSh
1 G‘alaba 1-0 Hugo Trujillo TKO 3 (6), 1:14 5-may 2018 Foxwoods Resort Casino, Mashantucket, Konnectikut, AQSh

Manbalar

Tags:

Bokschi Bahodir Jalolov Boshlangʻich karyerasiBokschi Bahodir Jalolov 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlariBokschi Bahodir Jalolov Professional faoliyatiBokschi Bahodir Jalolov ManbalarBokschi Bahodir Jalolov2015-yil2017-yil2019-yil2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari2021-yilBoks boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionatiOʻzbekiston iftixori

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sogʻlom turmush tarziMisrShaxmatAbdurauf FitratIntellektTemuriylar imperiyasiMorfologiyaHamza Hakimzoda NiyoziyNavroʻzQurʼonVolontyorYordamchi soʻzlarBozorSuvchechakQonun (huquq)Oʻzbekiston bayrogʻiUygʻonish davriArab xalifaligiKommunikatsiyaBoburnomaTuzlarSayyoraServisMehnat tarbiyasiMerkuriySharq taronalariKushon podsholigiAntiseptikaTovushOPECTezisXudoyberdi ToʻxtaboyevBrauzerBemorni parvarish qilishGʻaznaviylar davlatiKapitalKislota va asoslarModal soʻzlarMatematikaGemoglobinTBC Bank (Oʻzbekiston)Jamiyat falsafasiMicrosoft AccessVaboQoʻqon xonligiWilliam ShakespeareBuddizmChorvachilikBirlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkilotiUran (sayyora)KriptovalyutaErkin VohidovMassajYulduz UsmonovaIzohli lugʻatPsixikaShomahmudovlar oilasiGidrosferaHijriy yil hisobiBaqara surasiIssiqlik elektr stansiyalariQonun ustuvorligiLazerTibbiyot deontologiyasiTurizmBraziliyaOscarLitosferaLeksikologiyaYouTubeMediasavodxonlikAvtomobilXarakter (obraz)Nafas olish tizimiNigeriyaImmunitetMissionerlikLoyihalashAbdulla Qodiriy🡆 More