Atmosfera Frontlari

Atmosfera frontlari – me-teorologik elementlari har xil boʻlgan ikki havo massasini ajratuvchi zonalar.

Atmosfera frontlarida meteorologik elementlar gori-zontal yoʻnalishda keskin oʻzgaradi. Yer yuzasiga yaqin qatlamda oʻtish zonasining eni, odatda, 100 km dan oshmaydi. Atmosfera frontlari yer sirtiga nisbatan qiya yoʻnalib, salqin havo zichroq boʻlganligi uchun iliq havo ostiga pona shaklida kiradi, Yerga nis-batan juda yotiq, deyarli gorizontal joy-lashgan. Ajratuvchi zonaning gorizon-tal yoʻnalishdagi kengligi bir necha yuz km boʻlsa, bunday zona front zonasi deb ataladi. Atmosfera frontlari qancha tez harakat qilsa, meteorologik elementlar shuncha keskin oʻzgaradi. Shuning uchun Atmosfera frontlarida kuchli vertikal oqimlarni, turli bulutlar sha-klini, yogʻinlarni, xullas, ob-havoning keskin oʻzgarishlarini kuzatish mumkin. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasidagi ahamiyatiga qarab, Atmosfera frontlarini arktik, qutb havosi orasidagi arktik, qutbiy va tropik hamda ekvatorial havo orasidagi tropik xillarga ajratish mumkin. Ba’zi vaqnlarda keng gorizontal havo mas-salari ichida ikkinchi darajali front ham hosil boʻladi. Front salqin havo tomonga harakatlansa, salqin front deb yuritiladi. Odatda, salqin front iliq frontga qaraganda tezroq harakatlanadi. Shu sababli, ba’zan, salqin front iliq frontga yetib olib, qoʻshilib ketadi. Bunday Atmosfera frontlari okklyuziya fronti deb yuri-tiladi. Iliq havo salqin front boʻylab yuqoriga koʻtarilsa, anafront, pastga qarab yoʻnalsa, katafront deyiladi.Odatda, Oʻrta Osiyoda salqin frontlarning oʻtishi ob-havoning keskin oʻzgarishlari (yomgʻir, qor, haroratning pasayishi, kuchli shamol)ga olib kela-di, Jala, momaqaldiroq va boshqa tingach, salqin front chizigʻidan keyin ob-havo ochilib ketadi. Iliq front oʻtganda esa ob-havoda keskin oʻzgarishlar yuz bermay-di, kamdan-kam hollarda yogʻingarchilik boʻladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

FotosintezProtsessorAfgʻonistonShimoliy AmerikaTemuriylarProteinlarIngliz tiliEtikaNeftStatistikaTilshunoslikMototsiklInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunKoordinatsion birikmalarTasviriy sanʼatQoʻqon xonligiQunut duosiMangʻitlar sulolasiEmotsiyaOʻzbeklarTemuriylar tarixi davlat muzeyiIlhaqNatriyJangi loyOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiOʻzbekistonArastuTenglamaXitoyAndijon (shahar)Yalpi ichki mahsulotBiotsenozDemokratiyaShayboniylar davlatiKalla suyagiHomiladorlikXarakter (obraz)Qoʻshilgan qiymat soligʻiMercedes-BenzOyat al-KursiOscarFonetikaMagnit induksiyaTaqvimKino sanʼatiTalab va taklifEpistemologiya69 (jinsiy poza)Osiyo davlatlari roʻyxatiTabiatni muhofaza qilishToshkent tarixiOʻzbekiston viloyatlariDunyoqarashElektromagnit induksiyaShanxay hamkorlik tashkilotiAbu Ali ibn SinoSimfoniyaChatqol biosfera qoʻriqxonasiMuqimiyQutb yogʻdusiEkosistemaCristiano RonaldoDorivor oʻsimliklarAholi daromadlariInsoniylikBezgakQurʼonQozogʻistonIspaniyaVirusli kasalliklarMovarounnahrQushlarGalaktikaJahon bankiAnemiyaDavlat byudjetiIslom mazhabchiligiKonusHarorat🡆 More