Atəşgah

Ateshgyax (ozarb.

Ateshgyax
ozarb. Atəşgah
Atəşgah
Ibodatxonadagi muqaddas olov
Mamlakat Atəşgah Ozarbayjon
Shahar Atəşgah Boku
Tegishli Ateshgyax Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi
Qurilish vaqti XVII asr
Uslubi otashparastlik ibodatxonalari
Holati Ochiq osmon ostidagi muzey
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Surakhany, Atashgyakh (Fire - worshippers, temple - museum at Surakhany)
Turi Madaniy
Mezonlari i, iii
Tayinlangan 1998
Manba nomeri 1172
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish
Manba nomeri 1
Turi ibodatxona
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Atəşgah
ibodatxonaning plani

Atəşgah) — Ozarbayjondagi hindlarning otashparastlar ibodatxonasi Apsheron yarimorolida, Boku markazidan 30 kilometrda Suraxan tumanida Suraxan qishlogʻi chetlarida joylashgan, turli davrlarda zoroastriyaliklar, hindlar hamda sikxlar sigʻingan. XVII — XVIII asrlarda „mangu“ oʻchmaydigan olovlar joyida — tabiiy gazning yonib chiqishi sababli ibodatxona „Ateshgyax“ deb ataladi, bu „Olov uyi“, „Olov joyi“ maʼnosini bildiradi.

Meʼmoriy kompleksi olti qirrali tishli tashqi devor bilan chiqish portalidan iborat, hovli makazida toʻrt qirrali asosiy ibodatxona — mehrob qad koʻtargan, bu otashparastlarning ziyorat joyi boʻlgan. Kirish poratalida Apsheronda anʼanaviy boʻlgan mehmonxona (balaxan) boʻlgan.

Ibodatxona majmuasi qurilishi 1713-yilga mansub. Ibodatxona oldindan mavjud boʻlgan va oʻzining birlamchi rejalarini saqlab qolib bizning vaqtgacha yetib kelgan. Mehrob olovi Ozarbayjon hududida midiya davridan keng tarqalgan mehroblar qurilishini qadimgi anʼanalarini aks ettiradi. Olov mehrobi rejasi toʻrt ustun toʻrtburchaklar va gumbaz bilan yopilgan va toʻrt tomonga ochiq markaziy joyli anʼanaviy koʻrinishga egaligi shu yerdan kelib chiqqan.

Ozarbayjon prezidenti farmoniga koʻra ochiq osmon ostidagi muzey Davlat tarixiy- meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. Muzeyga tshrif buyurganlarning soni yiliga oʻrtacha 15000 kishini tashkil etadi.

1998-yilda „Ateshgyax“ Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun YUNESKO ga taklif etilgan.

Tarix

III—XVII asrlar

Kavkazortida Zoroastriya otashparastligi haqida eng erta maʼlumotlar, bu yerda otashparastlik ibodatxonalariga asos solgan Sosoniylar davriga mansub. Olib mobed Kartirning (III asr) „Kaaba Zoroastr“ dagi yozuvidan u Kavkazortidagi muqaddas olovlarni bagʻishlagani va ularga xizmat qilish uchun ruhoniyni tayinlagani aniqlangan "….Albamiya va Balasakan mamlakatlarigacha… Alban darvozalarigacha .. oʻsha mamlakatlarda boʻlgan afsungarlar va olovlarni, men boshqardim, talon tarojlik va kamsitilishga yoʻl qoʻymadim, ulardan olib qoʻyilgan har narsani men qaytarib berdim; men ularni oʻz oʻlkamga olib keldim, men yaxshi afsungarlarga ishonaman va ularni eng uligʻ qildim va ardoqladim ".

Moisey Xorenskiy ni Bagavan viloyatini tariflaganida Shohinshoh Ardashir I (227—241) tomonidan Bagavanda otashparastlik ibodatxonalarini tashkil etgani haqida qayd qilingan.

624 yilda imperator Irakliy Bokuga bostirib kiradi va forsiylar yonayotgan gazga sigʻingan koʻpgina ibodatxonalarni vayron qiladi.

Gevond (VIII asr) oʻchmas olovlar yongan Atshi-Baguan shahrini qayd etgan. Ayrim tatdqiqodchilarning fikricha Atshi bu — „Atash“ (olov) ning oʻzgargan nomi, Atashi-Baguan — „muqaddas olovlar joyi“, yaʼni hozirgi Boku joylashgan joy nazarda tutilgan. 930 yilda Istaxri „Yoʻllar va mamlakatlar kitobida“ Boku yaqinida aholisi zoroastriylar boʻlgan qishloqlar mavjud deb yozadi. Bu maʼlumotni arab geografi Abulfeda ham taʼkidlagan. Gruzin „Kartlis Tsxovreba“ yilnomasida Boku XIII asrgacha Bagavan deb atalgan.

1683-yilda Suraxani qishlogʻiga kelgan nemis sayohatchisi Kempfer Apsheronda toʻrtta sigʻinadigan olovli chuqurlar haqida takidlagan..

XVII—XVIII asrlar

Atəşgah 
Grigoriy Gagarinning rasmida
Atəşgah 
Ateshgyaxdan Hind (yuqoridagi) va forsiy (zoroastriy, pastdagi) yozuvar
Atəşgah 
Suraxan qishlogʻidagi yetti sigʻinadigan olovli chuqurlar va ibodatxona toʻsini. E.Kempfer rasmi, XVII asr oxiri

Taxminan XV-XVI asrlardan Shirvonni Hindiston bilan diplomatik hamda savdo aloqalari kengayadi. Shimoliy Hindistonlik savdogarlar — toshlar va ziravorlar sotuvchi va shivaizm va monnas sikx sektasi tarafdorlari hisoblangan savdogarlar hisobiga Suraxan yonidagi otashparastlik joyi tiklanib hindlar va sikxlar ibodatxona sifatida foydalanilgan. XVII asrda manbalarga koʻra, olovga sigʻinish uchun Bokuga kelgan hind ziyoratchilari tashrif buyurgan. Ibodatxonaning eng birinchi qurilmasi 1713-yilga mansub. Eng kech qurilmalarga 1810-yilda Kanchanagar sotuvchisi hisobiga qurilgan deb yozilgan yozuvga asosan markaziy ibodatxona — mehrob kiradi.

XVIII asr davomida muqaddas qadamjolar atrofida ibodatxona, hujra, karvon — saroylar qurilgan. Yodgorlik hujralarida toshiga koʻra turli xil yozuvlar mavjud, ular hind — davanagari va gumruki yozuvlarida bajarilgan. XIX asrning boshlarida ibodatxona bizgacha yetib kelgan koʻrinishga ega edi. Mahalliy meʼmorchilik anʼanalarida qurilgan Ateshgyax qadimgi olov mehroblari hususiyatlarini oʻz ichiga olgan. Bu besh burchakli qurilma tishli tashqi devor va kirish portaliga ega. Ichki hovli markazida asosiy ibodatxona — mehrobining toʻrtburchakli rrotondasi qad koʻtargan. Kirish portali ustida Apsheronda anʼanaviy mehmonxona — „balaxan“ tashkil etilgan.

Ibodatxona — muqaddas joy yaqinida hozirda toshlar bilan koʻmilgan, avval esa muqaddas olovda oʻlgan hindlarning tanalari yoqilgan toʻrtburchakli chuqur joylashgan. Ateshgyaxda yashagan, onʼgga yaqin darveshlar olovga sigʻingan, oʻz tanasini qiynoqlarga solib ruxini tozalab asketik hayot tarzini olib borishgan. Ular vazni 30 kilogacha yetadigan zanjirlarni oʻziga osgan, badanining ayrim qismlari oʻlmagunicha oʻchmagan kuya ustida yotishgan. Ular ishlamagan va hind savdogarlari sadaqalari hisobiga yashashgan. Darvishlar odam ruhi oʻlganidan soʻng qayta tugʻilib Yerga qaytisihiga ishongan. Qay koʻrinishda qaytishi esa, amaldor odam yoki biron bir hayvon koʻrinishidaligi yaxshi va yomon qilgan ishlariga bogʻliq.

Bundan tashqari, hindi va sikxlardan tashqari ibodatxonada zoroastriylar ham (fors va gebrlar) boʻlganligi haqida bir qator maʼlumotlar mavjud. XVII asrning 60 yillarida Sharden Shemaxidan ikki yoʻl narida, yaʼni Apsheron yarim orolidagi mangu yonuvchi olovga sigʻinadigan fors — gebrlar haqida maʼlumot bergan.

1683-yilda Suraxaniga kelgan E.Kempfer otashparastlar orasida Hindistonga koʻchgan ikkita forslar avlodi mavjudligini yozadi, yaʼni ularni forsiylar deb ataydi.

1689-yilda Ozarbayjonda yashagan fransuz iezuiti Villot, Ateshgyaxga qadimgi forslarning avlodi hind va gebrlar sigʻinadi deb yozadi.

1733-yilda ibodatxonaga kelgan nemis sayohatchisi Lerx bu yerda otashparastlardan 12 gebr yoki qadimgi forsiy bor deb yozgan.

1747-yilda Dj. Ganvey Bokuga keldi va Atashgyaxda bir necha yozuv qoldirdi. Atashgyaxda otashparast odamlarni „hindlar“, „forslar“ va „gebrlar“ deb atadi.

1770-yilda Atashgyaxga kelgan S.Gmelin Atashgyaxda hindlar va qadimgi gebrlar avlodi bor deb yozgan.

1820-yilda ibodatxonaga fransuz konsuli Jak Fransua Gamba keldi. Uning gapiga koʻra, ibodatxona Zartichigay deb atadi va u yerda qisman hindlar, fors gebrlar va Zoroastr avlodlari yashagan.

Ibodatxona qisman hindlar tomonidan ishlatilishiga qaramay, uning meʼmorchiligi hindlar ibodatxonasi meʼmorchiligidan farqlanadi: ibodatxona „chaxar-tag“ — dunyoning toʻrt tomoniga qaragan toʻrtta yarim aylana arkali qurilmadan iborat.

Otashparastlik ibodatxonalarini qurish chaxar-tag shaklida boʻlib sosoniylar uslubida qurilgan va imperiyaning gʻarbida tarqilgan. Bunday turdagi otashparastlik ibodatxonalari Anida (hozirda Turkiyaning Kars viloyatida), Niasar (Eronning Isfaxon shahrida) va boshqa viloyatlarida qurilgan.

Dj.Rasselning fikricha, Bokudagi ibodatxona hozirda majud boʻlgan qadamjo qurilishidan oldin Kavkazda zoroastriylar sigʻingan markaz boʻlgan.

Bagʻishlangan yozuvlar

Ayrim hujralar kirish joyida qisqa bagʻishlangan yozuvlar bilan toshli ustunlar joylashgan. Bugungi kungacha 14 hind, 2 sikx va bitta forsiy (zoroastriy) yozuvlar saqlanib qolgan.

XX asr boshlarida ibodatxonaga kelgan Djekson 18 yozuv borligini takidlagan. Bu yozuvlardan eng qadimgisi Samvat 1770 (eramizdan avvalgi 1713-yil).

Bu yozuvlardan 14 tasi „B.A.Dornning Kakaz va Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻida sayohat Atlasi“ da joylashgan (SPb., 1895, III boʻlim, 7 ll. Shuningdek qarang: B.A.Dorn. Kavkaz va Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlarida sayohat boʻyicha ilmiy hisobot. VOAO ishlari, VIII, ottisk, 1861, 36 bet.). 1950-yilda Dj.M.Unvala bu yozuvlardan 16 rasm va ulardan 2 gurmukxi alifbosida va devanagari alifbosida ayrim yozuvlari va bitta forsiy tarjimali yozuvlari mavjud. Dj.M.Unvala uning oʻzi va bir qator mashhur sanskritologlar toʻliq deshifrovka qila olmagani sababli devangari yozuvlari tarjimasini bermagan.

Ayrim yozuvlarning oxirida sanalar koʻrsatilgan, bu XVIII—XIX asrlarda bajarilgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Ayrim hindiy yozuvlar shikastlangan va ularni oʻqish qiyinchilik tugʻdiradi.

Hindiy yozuvlar

Hindiy yozuvlar Hindustani va marvari dialektida tuzilgan va maxadjani alifbosining bir turi devanagri alifbosida yozilgan, uning unli harflari yozilmaydi va bu oʻqishni ancha qiyinlashtiradi.

Deyarli barcha hindiy yozuvlarda sanskritda kirish formulasi bor: ŠriGanešāyanamah „Ganesh (aql hudosi) ga sigʻinish“. Ayrim yozuvlarda shuningdek, buzilgan sanskritda sheʼr (shloka) hamda alohida iboralar uchraydi.

Markaziy mehrobda joylashgan svastikali Nagari shriftida yozilgan yozuv eʼtiborni tortadi.

Atəşgah 
Ateshgyax otashparastlik ibodatxonasining markaziy mehrobida hindiy yozuv

Asl nusxasi

Transliteratsiya

Tarjimasi

1. Om, Ganeshga sigʻinish 2-3-4. Tinchlik! Hurmat qilinadigan shoh Vikramaditya davrida otashparastlik portali qurilgan. Sayohat qilgan asket Kanchangir darvishdir 5. Maxadevi Koteshvarlar, Ramadatlar shu yerda yashovchi. 6. 1866-yil asodjning qorongʻi qismining sakkizinchi kuni.

Izohlar

Ganesha — aql hudosi. Vikramaditya davri eramizdan avvalgi 58 yilga toʻgʻri keladi. Yozuv ohiridagi (6 qator) bu sana oʻsha davrni koʻrsatadi. Maxadeva bu — Shiva epiteti. Bu nomni yozuvda koʻrsatilishi, muallif (Kanchangir) — shiviatligini anglatadi. Asodja — hind kalendarining yettinchi oyi. Grigorian kalendarining sentabr oyi oxiri va oktabr oyi boshlariga toʻgʻri keladi. Vikramaditya erasining 1866-yili eramizning 1810-yiliga toʻgʻri keladi. Yozuvdagi til masalasida shuni taʼkidlash kerakki, faqatgina kirish soʻzlari: SriGanesayanamah toʻla maʼnodagi Sanskrit, yaʼni Sanskrit soʻzlaridan tashkil topgan hamda Sanskrit grammatikasi qoidalari boʻyicha yozilgan. Qolgan matn esa hindustanida yozilgan.

Sikx yozuvlari

Ikkala yozuv ham panjobida gurmuki yozuvida yozilib, yetti qatordan iborat. Qatorlar bir — biridan gorizontal chiziqlar bilan ajratilgan. Yozuvlarda sikxlarning kundalik tilovatlaridan Djapudji — saxib kirish formulalariga ega.

1 Yozuv

Atəşgah 
Ateshgyax otashparastlik ibodatxonasi hujralaridan biriga kirishdagi birinchi six yozuvi

Asl nusxa

Transliteratsiya

l. EkOangKaar. Satināmkartāpurakh(u) nirbhāo

2. nirvair Akal moorat(i) ajoonee

3. saibhanggurprasad || Vahugurujisahai

4. baba [Ta] gadasaBamgevaleka chela Mela

5. ramajisaka chela [karatarama] udasi ||

6. [Sa]va [laji] dharatna [ki] jagabanāigayi

7. dha " guru " vara „ buja“

Tarjimasi

EkOangKar. (Ismi) Haqiqat, qoʻrquvsiz odam ato, nafratsiz, oʻlim shaklisiz, naslsiz (va) oʻzi paydo boʻlgan Guru bizga rahm qilsin.

Guru yordami bilan bizga rahm qilsin!

Shogirdi Usasi (Karatarama) boʻlgan, Bamgada yashovchi baba (Ta) gadasi boʻlgan.

Djavaladji (deb nomlangan) (Bu) muqaddas joy ……………. Qurilgan

2 yozuv

Transliteratsiya

1. Omsafinamakaratapurakhanlrabhaii

2. niravaifra] akalamuratiajunisaibham

3. guraprasadi || japnadi [sa] chujugadisa—

4. chuhaibhisachunanakahosibhisachu || satiguru [pra?]—

5. sadibavaJadusahs [sukha] jisaka chela

6. bavaKagusa (a) ha ji [sa*] kachelaba (a) vaBamkesahajiskachle]—

7. !a " rasahadharamakijagahabana (a) i

Tarjimasi

Om. Haqiqat, qoʻrquvsiz odam ato, nafratsiz, oʻlim shaklisiz, naslsiz (va) oʻzi paydo boʻlgan Guru bizga rahm qilsin.

O Nanaka! (bu) doim mangu roʻyo haqida oʻyla va (bu) haqiqatdir (va) doim haqiqat boʻlib qoladi!

Rahmdil Guru rahm qilsin!

Ushbu muqaddas joyni qurgan ….. rasaxa bava Bamkesaxa shogirdi (boʻlgan), u bava Djadusaxa — (suxa) (boʻlgan).

Izohlar

Bamga — Panjobdagi Djalundjara tumanidagi mashhur shahar. Yozuvda koʻrsatilgan shaxslarning ismlari odatdagi singxlarning ismlaridek singxga tugamaydi. Bu shaxslar aynan sigx emas, monnas (yaʼni „soqoli oʻlingan“) — shaxlar, sikxlar diniga sigʻingan, lekin sikxiylikda yozilgan tashqi udumlarga rioya etmaydigan shaxslar boʻlgan.

Birinchi yozuvda sikxlar sigʻinmaydigan hind xudosi — Djivaladji qayd etilgan. Nam-Dxari bir vaqtning oʻzida ham hind ham sikx diniga sigʻinishi mumkinligi bu holatni tushuntirishi mumkin.

Zoroastriy yozuvi

Yozuv sheʼr koʻrinishida yozilgan boʻlib toʻrt qatordan tashkil topgan:

Atəşgah 
Ateshgyax otashparastlar ibodatxonasidagi zoroastriy yozuv

Asl nusxa

آتشیصفکشیدههمچوندک

جییبِوانیرسیدهتابادک

سالنونُزلمبارکبادگفت

خانۀشدروسنامد (؟) سنة ۱۱۵٨

Transliteratsiya

ātašisafkešidehamčondak

jeyibavāniresidetābādak

sāl-e nav-e nozlmobārakbādgoft

xānešodru *sombole sane-ye 1158

tarjimasi

uzun qator kabi yonat olov

Bavandan Isfaxonlik Badakgacha yetib keldi

U dedi „Kelayotgan Yangi yil tinch boʻlsin“

1158-yilning Sombole (oyida) uy solingan edi.

Izohlar

Birinchi qatorda muallif ibodatxona atrofida hujralarda yonayotgan qator yoki aylana olov haqida soʻz ochgan.

Kichik sigʻinish olovi. Orqa planda — qator boʻlib yongan chaxartag va hujralar olovi. 1865-yil rasmi.

Atəşgah 
Kichik sigʻinish olovi. Orqa planda — qator boʻlib yongan chaxartag va hujralar olovi. 1865-yil rasmi

Ikkinchi qatorda muallif Isfaxon va Bavanlik ekanini va Badak shahriga yetganini aytadi. „Djey“ bu „Gay“ — Isfaxon shahrining erta nomlaridan birining arablashtirilgan shaklidir.

Bavan — Isfaxonning janubidagi kichik qishloq,. XVII asrning boshlaridan Isfaxon va uning atrofida zoroastriyalik jamoa mavjud boʻlgan. Shoh Sulton Husayn (1694—1722) davrida Isfaxonning deyarli barcha zoroastriyaliklari islom diniga kuch bilan oʻtkazilgan, bir oz qismigina oʻz dinida qolgan. Hozirgi vaqtda ham Yezda tumanida bunday qochoqlarning avlodlari boʻlgan oilalar mavjud. „Badak“ soʻzi Boku shahri nomining qisqartilgan nomi sifatida sheʼr qofiyasi uchun ishlatilgan. (Boku nomi XVI—XVIII asrlar manbalarida Badku, Bad-e kube deb yozilgan).

Uchinchi qatorda kirib kelayotgan Yangi Yil haqida gapirilgan, sheʼr soʻngida 22 avgustdan — 22 sentabrgacha sodir boʻladigan Sombola yulduz turkumi - Kolos (Sumbula) yulduz turkumi qayd etilgan. Oyning nomini yozganda usta soʻz ohirida l va h ni almashtirib qoʻygan. Yozuvning soʻnggi qatorida mahalliy yosh oʻymakori 1158-yilni koʻrsatgan bu eramizning 1745-yiliga toʻgʻri keladi va yonidagi eramizning 1745-yiliga toʻgʻri keladigan 1802 Samvat sanasi koʻrsatilgan hindiy yozuviga mos keladi. Eron zoroastriylari bahorgi tengkunlik kuni Yangi Yil (Navroʻz) ni nishonlab oʻz taqvimlarini yuritishgan. Lekin XI asrda zoroastriylarning taqvim tizimi kabisa interkalyatsiyasini oʻtkazmaganliklari sababli tanazzulga uchragan. Shunday qilib, Navroʻz ularning taqvimiga koʻra oʻzining birlamchi sanasiga koʻra surila boshlagan va 1745-yilga kelib Navroʻz 22 sentabrga toʻgʻri kelgan, yaʼni Kolos oyi davrida. Ushbu taqvim „kadmi“ deb atalgan va bahorgi tengkunlikda Navroʻzni nishonlash anʼanasini qayta tiklaganida Eron zoroastriylari tomonidan XX asrgacha foydalanilgan.

XIX—XX asrlar

Atəşgah 
Brokgauz va Efron ensiklopedik lugʻatidan illustratsiya (1890—1907)

XIX asrda rus — forsiy urushi tugaganidan soʻng va Kavkaz ortini Rossiya imperiyasi tarkibiga kirganida, Suraxan Atashgyaxi Rossiyada mashhur boʻldi va rus hamda Yevropa sayohatchilari tomonidan tez-tez ziyorat qilingan.

1820-yilda fransiya konsuli Gamba ibodatxonaga safar qiladi. Gambaning soʻzlariga koʻra, Zoroastriylar izdoshlari qisman hindlar va qisman gebrlar yashagan.

1835-yilgi „Kavkazorti oʻlkasining statistik tavsifida“ shunday yozilgan:

Boku provinsiyasi yashaydigan forslar hamda Boku provinsiyasi va Salyan orolida yashaydigan hindlar otashparastlar boʻlishgan. Ular Zoroastr oʻgitlariga rioya qilgan: olov hamda oliy mavjudod va yaxshilik elchisi Oromaza timsoliga sigʻinishgan, bunda yomon rux Arimanni yomonlik boshlovchisi deb bilishgan; ibodat vaqtida Zoroastr Zendavestasi yozilgan zendiy tilini ishlatishgan. Ularning ateshgi yoki sigʻinish joyi Boku yaqinida joylashgan.

Atəşgah 
Boku. Suraxanlar. Otashparastlar ibodatxonasi. Imperiya shaharlari otkritkasi.
Atəşgah 
Oʻchmas olovlarda karvon — saroy koʻrinishi. I.Berezinning „Dogʻiston va Kavkazortiga sayohat“ kitobidan rasm.
Atəşgah 
Jan Pyer Mone rasmida. „LeTourduMonde“ da nashr etilgan (Parij, 1860)
Atəşgah 
Atashgyaxda gebrlar udumi. Jan Pyer Mone rasmi. „LeTourduMonde“ da nashr etilgan (Parij , 1860)
Atəşgah 
Ozarbayjon pochta markasida olov ibodatxonasi 1919-yil.
Atəşgah 
Ateshgyaxda mobed Kurosh Niknam (Eron) boshchiligida zoroastriylar ibodati

1840-yilda karaim olimi Avraam Firkovich Derbend shahriga kelib Bokulik zoroastriylar haqidagi diniy bahslarda ishtirok etgan va bu haqida oʻzining „Avney-Zikaron“ ishida yozgan. Rus komendanti oʻzini bahsdoshini bramin deb tanishtirgan boʻlsada, bahsning oʻzidan Firkovich zoroastriylik bilan bahslashgani maʼlum boʻldi. Firkovich undan soʻradi: „Nega siz olovga sigʻinasiz? Bu boshqa narsalar qatorida yaralgan narsa emasmi?“ Bokulik zoroastriy aynan olovga olov sifatida emas, balki olov belgisi hisblangan Yaratguvchiga (Q’rtʼ) sigʻinishgan. Firkovich tomonidan (Q’rtʼ) sifatida yozilgan Yaratguvchi termini pexleviylik Kerdar, yaʼni „Bunyodkor“ hisoblanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, bahs turkiy tilda olib borilgan, yaʼni Bokulik zoroastriy ozarbayjon tilini bilgan.

1858-yil noyabrida fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma — otasi Atashgyaxga sayohat qildi, u oʻz xotiralarida ibodatxona xizmatchilarini „forslar“, „gebrlar“ va „madjilar“ (yaʼni magamlar) deb atagan.

Ingliz Assher Atashgyaxga 1863-yil 19 sentabr kuni sayohat qildi. Uni „AtashDja“ deb atadi va ibodatxonada Hindiston va Erondan ziyoratchilar borligini aytgan Nemis baroni Maks Tilman bu ibodatxonaga 1872-yilda kelgan. Oʻz xotiralarida u shunday yozadi: „Bombeyning forslar jamoasi bu yerga oʻzining rohibini yuborgan va u vaqt oʻtib oʻzgartiriladi. Uning boʻlishi zarur boʻlgan, sababi bu yerga Eron chekkalaridan (Yezd, Kerman) va Hindistondan ziyoratchilar kelishadi va bu muqaddas joyda bir necha oy yoki yil qolishadi“.

1876-yil Ateshgyaxga ingliz sayohatchisi Djeyms Bryus kelgan. U Bombey forslarining panchayatlari oʻzining kuzatuvchisi ibodatxonada doim boʻlishini taʼminlagan deb takidlaydi. Pyer Ponafidin, ibodatxonaga taxminan oʻsha davrda kelgan va Bombeylik ikki forsiy mobedlar haqida yozgan. Bryusdan keyin ibodatxonaga kelgan Ernest Orsol 1864-yil fors ruhoniysi oʻlganidan soʻng Bombey forslari panchayati bir necha yildan soʻng bu yerga boshqa ruhoniyni yuborgan, lekin Hindiston va Erondan kelayotgan ziyoratchilar bu muqaddas joyni esdan chiqarishdi va 1880-yilda u yerda hech kim qolmadi. 1879-yila O’Donovan ibodatxonaga keladi va „gebrlarning diniy sigʻinishi“ haqida eslatadi".

1898-yilda „Menand Women ofIndia“ jurnalida „Bokudagi qadimgi zoroastriya ibodatxonasi“ maqolasi chop etilgan, muallif Atashgyaxni „forsiy ibodatxona“ deb atagan va soʻnggi zoroastr vakili u yerga 30 yil avval yuborilganini (yaʼni 1860-yillar) aytgan. 1905-yilda Dj.Genri oʻz kitobida 25 yil avval (yaʼni taxminan 1880-yilda) Suraxanda soʻnggi fors ruhoniysi oʻlganini yozadi. 1855-yilda neftgaz konlari topilishi bilan, ibodatxona yaqinida zavod qurilgan va Atashgyaxning tabiiy olovlari sekin asta susaya boshladi. 1887-yilda olovlari sezilarli darajada susaygan ibodatxonaga imperator Aleksandr III tashrif buyurdi. Ibodatxona olovlari 1902-yilning 6 yanvarida butkul oʻchdi. Tadqiqotchi M.S. Sayapin yozishicha, XX asrning boshlarida Suraxandan 11 kilometrda apsheronning Govsan qishlogʻidan bir qariya uning davrida (yaʼni XIX asrning ikkinchi yarmida) atrofida otashparastlar yashaganini, lekin ularning farzandlari musulmon boʻlgan

1925-yilda „Ozarbayjonning tadqiqot va oʻrganish jamiyati“ taklifiga koʻra Bokuga fors professori Dj.Dj.Modi kelgan va Respublikaning oʻsha davrdagi rahbari — Samed — Aga Agamaliogli Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuv vaqtida Modi fors anʼanalari Ozarbayjonni mangu olovlar mamlakati sifatida yodda tutishini taʼkidladi va Bokuga tashrifini Vourukash dengizi va mangu olov ibodatxonalariga ziyorat sifatida qarashini aytgan. Shuningdek pariy qoʻlyozmalarida „Xazar dengizining gʻarbiy qirgʻoqlarida ibodatxona olovlari“ qayd etilganini aytib oʻtdi. Modi Kaspiy qirgʻoqlarida ibodat qildi, Atashkadda (olov ibodatxonasi) eng qadimgi deb hisoblagan Qiz qal’asiga sayohat qildi va bu haqida oʻz xotiralarida yozadi. Fors olimi oʻsha davrga kelib butkul tashlab qoʻyilgan Atashgyaxni koʻradi, lekin hind diniga oid koʻp qismli vositalar sababli (hujraga kirish joyidagi yozuvlar, chaxartag tomidagi osmalar) uning meʼmorchiligida („chaxar-tagi“) Sosoniylar davriga oid ibodatxonalar xususiyatini koʻrmadi va adashib Atashgyaxni hindlar ibodatxonasi deb hisobladi.

1925-yildan soʻng, Ateshgyax ibodatxonasi olovi 50 yilga tashlab qoʻyildi. 1975-yilda amalga oshirilgan restavratsiya ishlaridan soʻng, Ateshgyax ziyorat uchun ochilgan. 2007-yilda ibodatxona qayta tamirlandi.

1998-yilda „Ateshgax“ otashparastlar ibodatxonasi YUNESKOga (ingl. UNESCO — The United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization) Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun taqdim etildi. Ibodatxona majmuasini v YUNESKOning umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish (ingl. WHL — WorldHeritageList) uchun ariza va uning asoslantirilishi Ozarbayjon fanlar akademiyasining memorchilik va sanʼat Institutining memoriy yodgorliklarni restavratsiya qilish boʻyicha ilmiy muammolar boʻlimi rahbari, Ozarbayjon IKOMOS Yodgorlik va mashhur qadamjolarni saqlab qolish boʻyicha xalqaro kengashning Ozarbayjon qoʻmitasi (ingl. ICOMOS — InternationalCouncilonMonumentsandSites) prezidenti Gulnora Mexmandarova tomonidan tayyorlangan.

Atashgyaxda diniy marosimlarni tez-tez oʻtkazadigan fors hamda erom zoroastriylari bu yerga koʻp keladi.

„Ateshgyax“ deb nomlanuvchi boshqa olov ibodatxonalari

Ozarbayjonning yana bir qadimgi atashgyaxlaridan biri bu Xinalig qishlogʻidan 5 kilometrda tabiiy gaz chiqish joyidagi atashgyaxdir.

Bundan tashqari, bunday nomli ibodatxona Eronning Isfaxon shahrida joylashgan. Bugungi kunda u ham muzeylashtirilgan va shahrning diqqatga sazovor joyi hisoblanadi.

Adabiyotda

Jyul Vern Klodius Bombarnak nomidan shu nomli asarida Ateshgyax haqida shunday yozadi:

Men mashhur ibodatxona Atesh-borgim kelgan, lekin u shaharda yigirma ikki chaqirimda joylashgan va men qaytishga ulgurmasdim. U yerda yuzlab yillar davomida mangu olov yonadi, bu olovni hayvon goʻshtini yemaydigan, Hindistonlik fors ruhoniylari saqlab turadilar. Boshqa mamlakatlarda vegetarianlarning bunday qarashlarini sabzavotlarni yoqtirgan odamlar deb hisoblashar edi.

Yana qarang

Havolalar

Manbalar

Tags:

Atəşgah TarixAtəşgah Bagʻishlangan yozuvlarAtəşgah „Ateshgyax“ deb nomlanuvchi boshqa olov ibodatxonalariAtəşgah AdabiyotdaAtəşgah Yana qarangAtəşgah HavolalarAtəşgah ManbalarAtəşgahOzarbayjon tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SamarqandFeʼlXavfsizlik texnikasiTilFonologiyaIjtimoiy falsafaMehnat gigiyenasiSiqilish va choʻzilishHibat ul-haqoyiqOltingugurt (mineral)Son (tilshunoslik)Qon kasalliklariEstetikaOʻzbekcha VikipediyaFonetik oʻzgarishlarInnovatsiyaGrafika (tilshunoslik)ChingizxonMarkaziy nerv sistemasiKreditAzotOrol dengiziNavroʻzBakteriyalarOsiyoLionel MessiEmailJamiyat falsafasiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiSoʻzning leksik maʼnosiShveysariyaParhez bilan davolashHayzSinonimlarKitobSiydik chiqarish kanaliOʻpka emfizemasiOng falsafasiPsixologiya tarixiYurak-oʻpka reanimatsiyasiTurk xoqonligiGipertoniya kasalligiMultimediaTushunchaDavlat poytaxtlari roʻyxatiPiyelonefritMusiqaAsalariLisaYevrosiyoHomiladorlikEpilepsiyaKushon podsholigiOyRevmatizmDispers sistemalarBemorni parvarish qilishIdrokYer osti suvlariInformatikaIqtisodiyotYusuf Xos HojibToshkent teleminorasiLugʻatRentgen nurlariGerontologiyaOvqat hazm qilish tizimiGazlangan suvMirzo UlugʻbekMakroiqtisodiyotInson tanasiNumizmatikaAntiseptikaFotiha surasiGlobal muammolarSanoq sistemasiSomoniylar davlatiMasturbatsiyaTojikiston🡆 More