Assalomu Alaykum

Assalomu alaykum (arabcha — sizga tinchlik, salomatlik tilayman) — musulmonlar oʻzaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi.

Salom qabul qiluvchi „Va alaykum assalom“ („Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman“), deb javob qaytaradi. Assalomu alaykum tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi ulugʻlarga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi oʻtirganga, ozchilik koʻpchilikka salom beradi. Assalomu alaykum koʻpchilik huzuriga kirib oʻtirishda ham aytiladi. Assalomu alaykumni kishi eshitadigan qilib muloyim tarzda aytish lozim. Assalomu alaykum oʻzaro muomala, munosabatning boshi boʻlib, oʻziga xos iliqlik, samimiyat, ochiq koʻngillilik baxsh etadi. Assalomu alaykumni oshkora aytish kishilar oʻrtasida muhabbat paydo etib, oʻrtadagi gina va kuduratlarni ketkazadi. Oʻzidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan salom-alik qilish kishilarimiz uchun axloqiy mezon boʻlib qolgan. Assalomu alaykum deyish sunnat, javob qaytarish esa vojibdir.

Assalomu Alaykum

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

Arab tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻtkir HoshimovOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiVirusli gepatitAxloqImom al-BuxoriyTabiatni muhofaza qilishAleksandr PushkinOmmaviy axborot vositalariAtom yadrosiMagnitAsosiy fondlarAvstraliyaInvestitsiyaAbdulhamid ChoʻlponBrauzerXorazmTemirBiosferaShimoliy AmerikaTeri kasalliklariKamoliddin BehzodTinish belgilariDifferensial tenglamaNeptunVaqt oʻlchov birliklariAbdulla QahhorEkstremizmKondensatorElektr maydonDavlatlar roʻyxatiIspaniyaOqsaroy (Shahrisabz)Veb-saytAsosiy vositalarMuhammadRuhlar isyoniBronxial astmaDavlat poytaxtlari roʻyxatiQashqadaryo viloyatiUglevodlarSintaksisOʻzbek qiziQadimgi RimMorfemaAxborot xavfsizligiLipidlarEfirlarZulfiyaTabiiy fanlarDiplomatiyaTafakkurTransportBahorBirinchi jahon urushiAndijon (shahar)DidaktikaGandbolTemuriylar imperiyasiSayyoraNutqOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)ToshkentBosh miyaJarohatMineral oʻgʻitlarElektromagnit induksiyaMirzo UlugʻbekFonetikaJaloliddin ManguberdiInformatikaTeriKuyishBiotsenozLeksikografiyaTibbiyot deontologiyasiIvan PavlovAnemiyaMorfologiya🡆 More