Anevrizma

Anevrizma (yun.

aneurysma — ken-gayish) — tomir devorining choʻzilishi va boʻrtib chiqishi natijasida qon to-mir yoki yurak boʻshligʻining chegaralangan kengayishi. Miokard infarkti, atero-skleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuning-dek shikastlanish (travmatik A.) sabab boʻladi. Haqiqiy va soxta A. kuzatiladi. Haqiqiy A. arteriya devorining shikast-lanmay kengayishidan, soxta A. esa tomir shikastlanganda devori yorilib, atrof-dagi toʻqimalarga qon quyilishidan vu-judga keladi. Tomir devorining tugʻma nuqsonlari ham A.ga olib kelishi mum-kin. Arterial, venoz va arteriovenoz (arteriya va vena tomirlari teshigining bir-biriga tutashib qolishi) A. farq qilinadi. Duksimon va qopchiqsimon shakldagi A. koʻp uchraydi. Belgilari A.ning oʻrni, hajmi va boshqa omillarga 519bogʻliq. Koʻpincha kasallik belgilari yaqqol koʻrinmaydi (simptomsiz kechadi). A. zararlangan tomir oziqlantiradigan toʻqimalarning qon bilan taʼminlanishi buzilishiga sabab boʻladi, u kattalashib ketganda yaqin joylashgan aʼzo va toʻqi-malarni ezib qoʻyishi mumkin. A. yurakka yaqin joylashgan boʻlsa, yurak faoliyati buziladi. Baʼzan A.ning yorilishi va qon ketishi kuzatiladi. A. odatda jarroqlik usuli bilan davolanadi.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Lionel MessiDiqqatKimyoTransportInson huquqlariAlbert EinsteinUmurtqa pogʻonasiIntellektMiniatyuraSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiInfeksion kasalliklarLitosferaDiversifikatsiyaSvetoforBoʻlinish alomatlariIjro etuvchi hokimiyatMirzo UlugʻbekKapalaklarBooz Allen HamiltonToʻqimaMikroorganizmlarAhmad YassaviyViruslarMiokard infarktiTilshunoslikMemuarDaryoYuridik shaxsHadisOsiyoXalqaro huquqMinorai KalonSuvAl-XorazmiyBuyuk Ipak yoʻliAralash ta’limInfeksiyaRamazonOptikaSirdaryoKompyuterMusahhihYurak ishemik kasalligiQuyosh tizimiChingizxonMasturbatsiyaAllohYozuvXiva xonligiSadriddin AyniyXalqaro birliklar tizimiAntibiotiklarMikrobiologiyaOt (soʻz turkumi)Ichki sekretsiyaQoqsholAxloqMarketingGemoglobinFalastinNaqshbandiyaYurakDoriOʻqituvchiLeykozMetrologiyaBirinchi yordamPolimerlarMulk surasiMadaniyatMehrobdan chayonYupiterOshqozon-ichak kasalligiSilBurgʻilashDaun kasalligiYogʻOʻlatJigar sirrozi🡆 More