Anatoliy Ivanovich Avtonomov (1898.24.2, Ivanovo-Voznesensk – 1968.
27.4, Toshkent) – seleksiyachi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), professor (1955), Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Ivanovo politexnika instituti tugatgan (1925). Turkiston seleksiya stansiyasi filiali mudiri (Bayramali shahri, 1925—1930). Butunittifoq paxtachilik institutining Markaziy seleksiya stansiyasida sektor mudiri (1930—1955), Toshkent Qishloq xoʻjaligi instituti paxtachilik kafedrasi mudiri (1946—1968). Avtonomov 35-1, 35-2 ingichka tolali gʻoʻza navlari, Si-Aylend tipidagi navlar muallifi, yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan.
Anatoliy Avtonomov | |
---|---|
Tavalludi | 24-fevral 1898-yil Ivanovo |
Vafoti | 27-aprel 1968-yil (70 yoshda) Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Biologiya |
Ish joylari | Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi instituti |
Taʼlimi | Ivanovo politexnika instituti |
Mashhur ishlari | SSSRda paxtachilik fanining asoschisi |
Mukofotlari |
Anatoliy Avtonomov Ivanovodagi Bolshaya Ivanovo manufakturasi direktori oilasida tugʻilgan. Ivanovo-Voznesensk politexnika institutining qishloq xoʻjaligi fakultetini bitirgan. 1924-yildan Toshkentdagi Turkiston naslchilik stansiyasida ishlagan. 1926—1933-yillarda Turkmaniston SSR Bayramali naslchilik stansiyasini boshqargan. 1933—1955-yillarda Paxta seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan.
1951—1958-yillarda – Toshkent qishloq xoʻjalik instituti prorektori, 1950-yildan – kafedra mudiri.
1968-yil 27-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Avtonomov gʻoʻzasining tolasining uzunligi 47—50 mm boʻlgan Si-Aylend tipidagi paxta navini yaratgan. Bu nav paxtaning Misr navi asosida yaratilgan boʻlib, aslidan koʻra ertapisharroq va unumdorroq. Yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan
U genetiklar, seleksiyachilar va urugʻchilarning dastlabki yirik ilmiy maktablaridan birini yaratdi. Uning rahbarligida 47 nafar fan nomzodi va doktori oʻz faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular orasida akademik S. X. Yoʻldoshev, S. S. Sodiqov, D. A. Musayev kabi jahonga mashhur olimlar bor.
Ixtirochi sifatida oʻzi yetishtirgan va ishlab chiqarishga joriy etgan ingichka tolali paxta navlariga yettita mualliflik guvohnomasi boʻlgan.
Jamoat arbobi sifatida OʻzSSR Oliy Soveti 2-chaqiriq deputati etib saylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Anatoliy Avtonomov, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.