Agrometeorologik xizmat koʻrsatish — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barcha boʻgʻinlarini turli gidro va agrometeorologik axborotlar bilan tezkor taʼminlash.
Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. majmuiga oldindan turli muddat uchun beriladigan ob-havo (bir oylik, 10, 7, 3 kunlik, sutkalik) prognozlari, ob-havoning xa-tarli hodisalari haqida ogohlantirish, ob-havo sharoitlari hamda ularning qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari rivojlanishiga va hosilning shakllanishiga, oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlarga taʼsiri va boshqa haqidagi agrometeorologik maʼlumotlar va hokazo kiradi. Axborotlar kundalik, besh kunlik, haftalik va oʻn kunlik sharh (byulleten)larda, shuningdek muhim yilnomalar shaklida, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan davr yoki ob-havo sharoiti noqulay keladigan davr uchun agrometeo-rologik maʼlumotlar umumlashtirilgan maxsus maʼlumotnomalar tarzida hamda agrometeorologik omillarning koʻp yillik rejimi haqida maʼlumotlar boʻlgan rejimli yoki agroiqlimiy axborotlar shaklida boʻladi. Agrometeorologik xizmat koʻrsatish mutaxassislari va rahbarlari bu maʼlumotlardan mavjud va kutilayotgan agrometeorologik sharoitni hisobga olgan holda ekish, sugʻorish, oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish, yigʻim-terim ishlari va boshqa tadbirlarning muddatlarini rejalash-tirishda foydalanadilar. Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. mijozlarning joylashgan joyi, axborotning koʻlami va uni yetkazib berish muddatlari koʻrsatilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligiga Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. 1921-yil Toshkentda Turkiston meteorologiya instituti (Turkmet) tashkil etilishidan boshlangan. 1925-yildan bu institut Oʻrta Osiyo meteorologiya instituti (Sredazmet) deb atalgan. In-tining asosiy vazifasi qishloq xoʻjaligini ekinlarning holati va rivoj-lanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash, hududning mavjud ob-havo sharoitlari va iqlim resurslaridan ratsional foydalanish, ob-havoning xa-tarli hodisalaridan qishloq xoʻjaligi ob’ektlarini muhofaza qilish tadbirlari va boshqa boʻldi. Oʻzbekistonda Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi („Boshgidromet“) va agrometeorologiya postlari tomonidan olib boriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Agrometeorologik xizmat koʻrsatish, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.