Yamanga bosqin yoki Yamandagi harbiy operatsiya bir qator arab davlatlarining Yamanning qonuniy hukumati iltimosiga binoan ichki Yaman mojarosiga aralashuvi boʻlib, Ansor Alloh (husit isyonchilar) harbiylashtirilgan guruhga qarshi qaratilgan.
Operatsiyalarning nomlari „Qatiylik boʻroni“ (arabcha: عاصفة الحزم va „Umidning tiklanishi“ (arabcha: عملية إعادة الأمل).
Husitlar („Ansor Alloh“), Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shia jangari guruhi 2014-2015 yillarda Yamanda hokimiyatni asta-sekin qoʻlga olishgan, bu esaSaudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari tomonidan konstitutsiyaga qarshi davlat toʻntarishi sifatida baholandi. 2015 yil mart oyiga kelib, xalqaro miqyosda tan olingan Prezident Abd-Rabbu Mansur Hodiy Aden (Janubiy Yaman) shahriga joylashdi va uni vaqtinchalik poytaxt deb eʼlon qildi. Husitlarga qarshi turgan kuchlar ushbu yirik port shahrida toʻplandilar.
Husitlarning hujumi paytida Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegarada harbiy kuchlarni koʻpaytirishni boshladi. Husitlar yetakchisi Muhammad Ali al-Xutiyning aytdiki, uning boʻlinmalari Saudiya Arabistonining har qanday tajovuzkor qadamiga javoban Saudiya Arabistoniga qarshi hujum qiladi va Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodni qoʻlga kiritmaguncha toʻxtamaydi.
2015-yil 25-mart kuni Prezident Xodi tomonidan tayinlangan hukumatining tashqi ishlar vaziri Riad Yasin Arab monarxiyalariga Hodining Adandan qochib ketgani haqidagi xabarlar fonida Fors Koʻrfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi rahbarligida, mamlakatga „Yarim orol qalqoni“ qo‘shma qurolli kuchlar kontingentini kiritish iltimosi bilan murojaat qildi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Yaman bosqini, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.