Ruminiya Zilzilasi

Ruminiya zilzilasi, Vrancha zilzilasi — 1977-yil 4 martda Sharqiy Karpat togʻlarining Vrancha massivi (Ruminiyaning Vrancha uyezdi)da roʻy bergan.

Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi 100–110 km chuqurlikda joylashganligi uchun silkinishlar juda katta maydonga tarqalgan. Seysmik tebranishlar Yevropaning bir qancha mamlakatlariga, jumladan, Finlandiyaga qadar yetib bordi. Ruminiya poytaxti Buharest shahridagi turar joy binolari va boshqa inshootlar jiddiy zarar koʻrdi. Birgina Buharest shahrining oʻzida 1600 ga yaqin kishi harobalar ostida qolib halok boʻldi. Zilziladan Moldaviya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi shaharlari ham shikastlandi. Seysmik tebranish Yassi shahrida 7—8 ball, Kishinevda 7 ball, Odessada 6 ball, Vinnitsada 5 ball, Kiyev va Lvovda 4 ball, Moskvada 2—3 ball boʻldi. Seysmik toʻlqinlarning yer ustida tarqalishini oʻrganish natijasida Ruminiya zilzilasiga Vrancha togʻ massividagi yoriqlar boʻylab togʻ jinslarining keskin siljishi sabab boʻlgan deyiladi.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

YevrosiyoXorazm viloyatiQon guruhlariPedagogikaErich Maria RemarqueKasallikQozogʻistonIjtimoiy himoyaUmurtqa pogʻonasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiBuxoroMunis XorazmiyHadisAntonimlarOʻzbekistonda buddizmTransformatorParonimlarUrgʻuYahudiylikZardushtiylikBrauzerChigʻatoy ulusiReklamaChoʻyanErkin VohidovFuqarolik jamiyatiGalaktikaHomilaOʻzbekiston Qizil kitobiLoyihalashInformatikaTelegramMicrosoft PowerPointMatematikaLeykotsitlarGipofizOʻpkaMadrasaMuhammad XorazmshohInson skeletiIsʼhoqxon IbratOʻsmalarOʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqTishAxborotYaponiyada taʼlimForobiyTelevideniyeYunon faylasuflariOʻtkir HoshimovMusiqa cholgʻu asboblariParlamentZotiljamDunyoqarashTemuriylar shajarasiAbulfayzxon (drama)Oʻsimliklar fiziologiyasiTub sonlar roʻyxatiEnergiyaYaponiyaKelinlar qoʻzgʻoloni (film)Azot oksidlariProtsessorOʻzbekiston tumanlariMantiqOb-havoOila tarbiyasiHarbiy unvonlarSharq falsafasiNavroʻzKonfessiyaDunyoning yetti moʻjizasiIqtisodiyotKoreya RespublikasiOʻzbekiston — Indoneziya munosabatlariAseptikaOyToʻgʻri toʻrtburchak🡆 More