Piaje Jan

PIAJE (Piaget) Jan (1896.8.8, Nevshatel — 1980.16.9.

Jeneva) — shveysar psixologi. Intellektning operatsional konsepsiyasi va genetik epistemologiyani yaratgan. Nevshatel (1926—29), Jeneva (1929-yildan), Lozanna (1937—54) universitetlari professor Parijdagi Xalqaro genetik epistemologiya markazi (1955) asoschisi. P. bolalar psixologiyasi, ayniqsa, ularning aqliy tarakqiyotini oʻrganish soxasida ilmiy maktab yaratdi ("Bolaning nutki va tafakkuri" asari, 1923). P. ishlab chiqkan intellektning operatsional konsepsiyasiga koʻra, psixika in-dividning muhitga moslashuvi doira-sida namoyon boʻladi va rivojlanadi. Subʼyekt bilan obyekt muvozanatlashuvining oliy shakli operatsional strukturalarning hosil boʻlishidir. Operatsional struktura, P. fikricha, subʼyektning "ichki harakati" boʻlib, bu harakat genetik jihatdan tashqi, predmet taʼsiridan kelib chikadi va boshqa harakatlar bilan muayyan sistema boʻlib birlashadi. Operatsional konsepsiya asosida P. idrok, hissiyot va boshqa psixik funksiyalarni taxlil qildi. P. tafakkur psixologiyasi, psixologiya va mantiqning oʻzaro munosabati masalalarini ishlab chiqishga katta hissa koʻshgan. Muhim asarlari: "Oddiy mantiqiy strukturalar genezisi" (1939—41), "Intellekt psixologiyasi" (1946), "Eksperimental psixologiya" (P.Fress bilan birgalikda).

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MehnatKvadrat metrQoʻriqxonaKasallikMikroorganizmlarUrgʻuOila tarbiyasiAbulfayzxon (drama)Mineral ozuqalarAhmad al-FargʻoniyItaliyaMultimediaYalpi ichki mahsulotMicrosoft AccessVodorodQadimgi RimJismoniy mashqlarSaparmurod NiyozovIjtimoiy munosabatlarMisrXalqaro birliklar tizimiChatqol biosfera qoʻriqxonasiMenejmentAbdullaxon timiDiniy ekstremizmVijdon erkinligiShaxsGektarYorugʻlikQon ketishiIshlab chiqarishni tashkil etishAvestoTovushBirlashgan Millatlar TashkilotiKonfessiyaEtikaJanubiy Koreyada taʼlimSoʻz yasalishiVeb-sahifaSuvchechakYevropaShokOltingugurt (mineral)AQSh dollariRuhlar isyoniMagnitNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiTermodinamikaning birinchi qonuniMurakkab efirlarRaqobatTurkmanistonBankEyler Venn diagrammasiTogʻlarTurk xoqonligiToʻqimaKimyoviy elementlar davriy sistemasiIslom KarimovSuyak sinishiImom al-BuxoriyQadimgi YunonistonOʻzMEDeformatsiyaSharq falsafasiChigʻatoy ulusiAmerika Qoʻshma ShtatlariAllergiyaOʻzbekistonda yillarOʻzbekiston tarixiToshkentMahmudxoʻja BehbudiyFalsafiy antropologiyaHarbiy unvonlarMateriyaMutloq monarxiyaQoraqalpoqlarQor🡆 More