“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni — Oʻzbekiston Respublikasi xalqining cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro doʻstlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bagʻishlagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:
Oliy darajali doʻstlik ordeni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | Orden | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolar,Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar | |
Taqdirlash asosi | Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro doʻstlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bagʻishlagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 24-aprel | |
“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti hisoblanadi.
“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 110 gramm ogʻirlikdagi 916 probali kumushdan tayyorlanadi va toʻrtta qoplamali medalondan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi medalonlar oʻzaro uygʻunlikda quyosh timsolidagi oʻn olti qirrali yulduzni ifodalaydi. Diametri 63,4 millimetrli oksidlangan kumushdan tayyorlangan birinchi sakkiz qirrali yulduz qirralarining har biri uchta nurdan tashkil topgan. Diametri 70 millimetrli ikkinchi sakkiz qirrali yulduz och xira kumushdan tayyorlangan va zarhal hoshiyali qavariq nurlardan iborat. Nurlarning ustki qismiga uzunligi 7,8 millimetrli zarhallangan shakldor barglar yotqizilgan.
Uchinchi medalon diametri 42,1 millimetrli, zarhallangan, ikki qirrali nurlarga ega boʻlgan sakkiz qirrali yulduzni ifodalaydi hamda uning ustki qismiga sirlangan kumushdan va naqshli toshlardan tayyorlangan diametri 39,5 millimetrli toʻrt qirrali nurlarga ega boʻlgan sakkiz qirrali yulduz joylashtirilgan.
Ordenning markazida joylashgan toʻrtinchi medalon diametri 24,6 millimetrli, koʻk rangli emal bilan qoplangan, zarhallangan aylana bilan oʻralgan va pastki chetlari 2,4 millimetr oʻlchamdagi 0,96 karatli 6 ta brilliant bilan naqshlangan doirani ifodalaydi. Medalonning yuqori qismida zarhallangan “OLIY DARAJALI DOʻSTLIK” yozuvi tushirilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr.
Medalyon markazida diametri 17,2 millimetrli zarhal doira ichida tinchlik va doʻstlik ramzi boʻlgan ochiq kaftlar hamda tumshugʻida zaytun novdasini tutib turgan kabutarning zarhallangan qavariq tasviri ifodalangan. Orden ikkita mahkamlagichga ega:
Ordenning orqa tomoniga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan mukofot raqami tushiriladi. Uzunligi 700 millimetrli orden zanjiri 916 probali, ogʻirligi 170 gramm boʻlgan, 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Zanjir yirik va mayda halqalarga boʻlinadi. Diametri 45 millimetr boʻlgan yirik halqalar ordenning markaziy medaloni tasvirini ifodalaydi, kichik halqalar 18 millimetrli sakkiz qirrali yulduzlardan iborat. Zanjir 22 ta halqalar, shu jumladan ilgakdan iborat.
Orden zanjirining markaziy halqasi koʻk rangdagi emal bilan qoplangan doiraga tushirilgan ikkita oʻzaro bogʻliq sakkizburchakni tashkil qiladi. Koʻtarilayotgan quyosh fonida Humo qushi tasvirlangan.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Oliy darajali doʻstlik ordeni, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.