Mehrob (arab.
— harb joyi, janggoh; bu yerda namoz paytida shayton bilan imom oʻrtasidagi urush joyi maʼnosida) — masjidning Makka (Kaba)ga qarata yoʻnaltirib devor ichiga ishlangan ravoq shaklli joy, sajdagoh. yarim aylana, koʻp qirrali, toʻgʻri toʻrtburchak shaklda ishlanib, tepasi ravoq yoki yarim aylana shaklida bezaladi, atrofi hoshiyalangan boʻladi. Ayrim M.lar yogʻoch, ganch, naqshinkor marmar va koshinlar bilan qoplangan, badiiy bezakli ustunlar va ravokdi hoshiyalar bilan bezatilgan. M. islom dinining dastlabki davrlaridan mavjud. Namoz vaqtida imom M.ga oʻtib, kiblaga yuzlanadi va uning orqasidan jamoa boʻlib namoz oʻqiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Mehrob, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.