Madhya-Pradesh

Madhya-pradesh - Hindistonning markaziy qismidagi shtat.

Maydoni 308 ming km². Aholisi 60,4 mln. kishi (2001); 90% aholisi hind tili va unga yaqin tillarda, qolgan qismi marathi va rojastoni kabi tillarda soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Bhopal shahri

Madhya-Pradesh
Madhya-Pradesh

Madhya-pradesh hududi miloddan avvalgi 3—2-asrlarda Mauriyalar kuldorlik davlati tarkibida boʻlgan. Mil. boshlaridan 14-asrgacha bir qancha davlatlar, 15-asrda Bahmaniy sultonligi viloyati edi. 16-asr oxirlaridan Boburiylar qoʻl ostiga oʻtdi. 1818-yilda Ost-Indiya kompaniyasi egalladi. 1956-yildan Hindiston shtati. 2000-yil noyabr oyida yangi Chxattisgarx shtatini tuzish maqsadida Madhya-pradesh xududining bir qismi ajratib olindi.

Shtatning yer yuzasi yassitogʻlik va past togʻlardan iborat. Eng baland joyi 1353 m. Shimoliy qismi Hind-Gang tekisligiga tutashgan. Iqlimi tropik, mussonli ikdim, shim.-gʻarbida quruq, jan. va jan.-sharqida sernam. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 17—24°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 700–1600 mm. Daryolari serostona; eng yirik daryosi — Narbada. Shtat hududining 1/3 qismi oʻrmon, tik, sal kabi qimmatbaho yogʻochli daraxtlar usadi.

Madhya-pradesh sanoati tez rivojlanayotgan agrar shtat. Aholisining 75% qishloq xoʻjaligida band. Asosan, tariq, bugʻdoy, sholi, paxta, moyli oʻsimliklar ekiladi. Ipak qurti boqiladi. Madhya-pradeshda marganets va temir rudalari, boksit, kumir, oʻtga chidamli gil qazib olinadi. Pannada mamlakatda yagona olmos koni mavjud. Issiklik elektr stansiyalari bor. Ishlab beruvchi sanoatining qad. va asosiy tarmogʻi — ipgazlama sanoati. Shuningdek, metallurgiya, neft kimyosi, elektronika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, yirik qogʻoz fabrikasi, oyna-keramika, sement, asbest-beton zavodlari bor. Hunarmandchilikda mato, oʻymakorlik buyumlari tayyorlanadi. Shtat xududidan yirik shosse yoʻllar va Hindiston shim.ni uning jan. qismi bilan bogʻlovchi temir yoʻl oʻtgan.

Manbalar




Tags:

BhopalHindiston

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

KonfutsiylikParlamentSanʼatMicrosoft ExcelQon bosimini tushiruvchi moddalarXarakter (obraz)MonosaxaridlarTasavvufOʻzbekiston yoʻl belgilariSharq falsafasiTemuriylarIkkinchi jahon urushiInson va fuqaroning huquq va erkinliklariOrttirilgan immun tanqisligi sindromiShaxmatDramaYalpi ichki mahsulotDavlat poytaxtlari roʻyxatiXivaQisqartma soʻzlarEronAdobe PhotoshopGermaniyaInson huquqlariMuhammadMahalliy davlat hokimiyati organlariKimyoviy elementlar davriy sistemasiQadriyatBruno FernandesXalq ijodiOʻzbekiston viloyatlariRossiyadagi ta'limOʻzgaruvchanlikQoʻqon xonligiKompetensiyaOrqa miyaKuzatishAnqara jangiBolalar psixologiyasiTaʼlimDinshunoslikTuproqAflotunTemir yoʻl transportiDevonu lugʻotit turkXitoyAmir TemurChekishItaliyaKubik metrKamoliddin BehzodHajmIntegratsiyaSoʻz birikmasiKimyo sanoatiKimyoviy reaksiyaInson yuragiOntologiyaMisrGenlarning oʻzaro taʼsiriFotoeffektIroda (psixologiya)Buddizm tarixiQishloq xoʻjaligiEritmalarSpirtlarAhmad YassaviyGektarBorliqDunyoning yetti moʻjizasiTeri kasalliklariIqbol MirzoDielektriklarAsosiy vositalarQuyoshPayvandlashSut emizuvchilarHomilaLotin tili🡆 More