Goʻsht-Sut Va Oziq-Ovqat Nazorati Stansiyasi

Goʻsht-sut va oziq-ovqat nazorati stansiyasi - daapat veteri nariya muassasasi; dehqon bozorlarida sotiladigan hayvon va usimliklar mahsulotlari (goʻsht, goʻsht mahsulotlari, baliq, sut, tuxum, don, sabzavot, poliz mahsulotlari va b.)ni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtka-zadi.

Shuningdek, stansiya xodimlari mol bozorlarida sotiladigan chorva va parrandalar sogʻligʻini ham nazorat qiladi. Chorvachilik, dehqonchilik va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, bozor hududi, sotish joylari, savdo-sotiq jihozlari hamda baza, ombor, muzxonalar tozaligini tekshirib turadi. Sotishga yarokli mahsulotlarga veterinariya nazoratidan oʻtganligini bildiruvchi tamgʻa bosadi. Sifatsiz mahsulotlarni sotishga ruxsat bermaydi. St-ya aholi oʻrtasida veterinariyasanitariya masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini olib boradi, bozorda sotishga moʻljallangan mahsulotlarda uchragan yuqumli va invazion kasalliklar (kuydirgi, sil, finnoz, trixinellyoz) toʻgʻrisida tuman bosh veterinariya vrachiga oʻz vaqtida axborot beradi.

Bunday nazorat stansiyalari 1957-yilda sogʻliqni saqlash muassasalari ixtiyorida boʻlgan goʻsht nazorati hamda sut nazorati stansiyalarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. St-yalar ishiga respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Veterinariya bosh boshqarmasi rahbarlik qiladi.

Fatxulla Ibodullayev.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ZulfiyaMazhabZarbulmasalFuqarolarning huquq va burchlariNutqOʻzbeklarFaoliyatOʻtkir HoshimovShialikUNESCOBilimQisqartma soʻzlarIntegratsiyaFunksiya (matematika)LeykotsitlarMehrobdan chayonBiotsenozQobiliyatTerrorizmAbu Rayhon BeruniyOt (hayvon)TasavvufToshkent viloyatiTopishmoqOʻlchash asboblariErkin AʼzamHamletFutbol maydoniAvstraliyaRomanOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Bronxial astmaForobiyRus tiliIspaniyaIjtimoiy tarmoqSaudiya ArabistoniOscarNevrologiyaGoogleMaktabYoʻl belgilariTemir yoʻl transportiChatqol biosfera qoʻriqxonasiNobel mukofotiQishloq xoʻjaligiKanadaDezoksiribonuklein kislotaTezlikUglerodEmlashOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiHijriy yil hisobiShanxay hamkorlik tashkilotiOʻzbek lotin alifbosiNigeriyaKimyoviy reaksiyaBoborahim MashrabFurqatUslubBotir QodirovTermodinamikaKasbKitobAllergiyaPayvandlashNavoiy viloyatiTemuriylar shajarasiIjro etuvchi hokimiyatMuhammadKesimLolaErich Maria RemarqueBruno FernandesPedagogikaNavroʻzAxloqOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi🡆 More