Gorilla

Gorilla (Gorilla) — pongidlar oilasiga mansub odamsimon maymun, erkagining boʻyi 1,8—2,0 m, yagʻrinining kengligi 1 m ga yaqin, ogʻirligi 200— 250 kg va undan koʻproq.

Urgʻochisi erkagidan deyarli 2 baravar kichikroq. Gavdasi yoʻgʻon, burni keng, boʻyni qisqa, yagʻrindor, muskullari yaxshi rivojlangan, kuchli hayvon. Juni va terisi qora, orqa oyoqlari oldingilariga nisbatan kalta. Boshi katta, peshonasi past, yuzi oldinga turtib chiqqan, jagʻlari ogʻir, tishlari yirik. Koʻzi va quloqlari uncha katta emas. Gʻarbiy va markaziy Afrikaning qalin, oʻtib boʻlmas ekvatorial oʻrmonlarida kichikroq toʻda boʻlib yashaydi. Toʻda boshida erkak yoʻlboshchisi turadi. Faqat oʻsimlik bilan oziqdanadi. Tunash uchun daraxt ostiga yoki yerdan uncha baland boʻlmagan joyda uya quradi. Erkaklari 6—7 yoshda jinsiy voyaga yetadi. 3—5 yilda bitta bola tugʻadi. Egizak yoki albinoslar tugʻilishi ham maʼlum. Tutqinlikda ham koʻpayadi. Yashash joyining buzilishi (oʻrmonlarning kesilib, haydalishi) va brakonyerlik tufayli soni tobora kamayib bormoqda. G.ni muhofaza qilish maqsadida 7 ta milliy bogʻ (Jumladan Virungada, Zair, 1925) tashkil etilgan. G. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Gorilla

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

Maymun

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OkeanQogʻozIjro etuvchi hokimiyatGermaniya ta'lim tizimiMusiqaAfgʻonistonUglerodUfq (trilogiya)MetodologiyaMantiqiy amallarBosimPedagogikaAuditVoleybolMineralYaxlitlashXiva xonligiJahon savdo tashkilotiShimoliy AmerikaInflatsiyaEritmalarInterpolShokQon bosimiTezlikSkeletIngliz tiliFarmoyishChala tugʻilgan bolaMiokard infarktiMaʼlumotlar bazasiOrttirilgan immun tanqisligi sindromiQidiruv tizimiKimyoInson tanasiSomoniylar davlatiBirlashgan Arab AmirliklariDavlat byudjeti daromadlariInvestitsiyaOʻpkaHomilaGlobal muammolarToshkent viloyatiSiyosiy huquq va erkinliklarNatriyKoʻkyoʻtalInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunDezoksiribonuklein kislotaOmmaviy axborot vositalariYahudiylikBezgakOscar WildeElektrokardiogrammaFizikaQalqonsimon bezDavlat poytaxtlari roʻyxatiJaloliddin ManguberdiSuvni tozalashGermaniyaBronxitHamza Hakimzoda NiyoziyDramaAbulfayzxonProteinlarGimnastikaKlinik qon tahliliQon aylanishiBirinchi yordamYevrosiyoHamid OlimjonRadioaktiv parchalanishAnatomiyaGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAvtomobilDorivor oʻsimliklarOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)StatistikaTarix🡆 More