Gavgamela Jangi

Gavgamela jangi - Makedoniyalik Aleksandr boshchiligidagi yunon qoʻshini bilan Doro Kodoman rahbarligidagi axomaniylar qoʻshini oʻrtasida hozirgi Arbil (Iroq) yaqinidagi Gavgamela (hoz.

Tall-Gomel) qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan jang (mil.av. 331 y. 1 okt.). Doro qoʻshini tarkibida forslar va yollanma yunon askarlaridan tashqari Baqtriya satrapi Bess qoʻmondonligi ostida baqtriyaliklar, sugʻdiylar, hindlar boʻlgan. Bundan tashqari Doroning harbiy ittifoqchisi boʻlgan Mavak boshchiligidagi otliq, kamonchi saklar ham yetib kelib qoʻshinning soʻl qanotini egallaganlar. Arrioining boʻrttirib yozishicha, Doro qoʻshinida 40 ming otliq, 1 mln.ga yaqin piyoda jangchi, 200 chalgʻi oʻrnatilgan jang aravasi va hindlar olib kelgan 15 ta fil boʻlgan. Aleksandr qoʻshinida 7 ming otliq va 40 mingga yaqin piyoda jangchi boʻlgan. Jang otliq qoʻshinlarning shiddatli muhorabasi bilan boshlangan. Unda saklarning qoʻli baland kelgan, chunki ularning otlari zirxdi sovutpoʻsh bilan muhofazalangandi. Biroq makedon qoʻshinining qulay joylash-ganligi va forslarning Doro boshchiligidagi markaziga bergan qaqshatqich zarbasi natijasida Doroning sarosimaga tushib jang maydonini tashlab qochganligi jang taqdirini Aleksandr foydasiga hal qilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Kubik metrOʻtkan kunlarAflotunMustaqil davlatlar hamdoʻstligiBronxial astmaZulfiyaKitobYosin surasiSaid AhmadEkologiyaKurashDavlat poytaxtlari roʻyxatiOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiOʻzbekistonMultimediaOrtopediyaFrazeologiyaMonetarizmQoraqalpoqlarReabilitatsiyaMetrologiyaUnli tovushlarKasbIjro etuvchi hokimiyatEkologik omillarMahmudxoʻja BehbudiyGenetikaOt (hayvon)Atom yadrosiYozYuklamaAmper qonuniPolisaxaridlarTishGeografiyaMuhammadning ayollariMicrosoft ExcelIssiqlik oʻtkazuvchanlikTezlikTurkiyaMerkuriyOʻlmas UmarbekovSomoniylar davlatiQon bosimini tushiruvchi moddalarKubBozor iqtisodiyotiga oʻtishRauf ParfiSport inshootlariNutqBaqara surasiJanubiy Koreyada taʼlimDezoksiribonuklein kislotaLoyihaUslubTemuriylar tarixi davlat muzeyiFutbol tarixiFunksiya (matematika)Tub sonlar roʻyxatiXalq ijodiEnergiyaAbdulla AvloniyGloballashuvFonetik oʻzgarishlarSirdaryo (viloyat)Kecha va kunduzVeb-sahifaAdabiy tilInson tanasiOʻzbekiston yoʻl belgilariOrttirilgan immun tanqisligi sindromiBuyuk Ipak yoʻliBuxoro amirligiNerv sistemasiMaʼnaviyatGoogleChoʻyanBozorFalsafiy antropologiya🡆 More