Eyjafjallajökull (talaffuzi: Eyyafyadllayyokudll, islandcha talaffuzi: ˈeiːjaˌfjatlaˌjœːkʏtl̥) — Islandiyadagi oltinchi eng katta muzlikdir.
Islandiya janubida, Reykyavikdan 125 km sharqda joylashgan. Bu muzlik ostida (va qisman qoʻshni Mirdalsjokull muzligi ostida) xuddi shu nomdagi konussimon vulqon bor. Choʻqqining balandligi 1666 m, muzlik maydoni taxminan 100 km². Vulqon krateri 3-4 km diametrni tashkil qiladi (2010-yilgacha muzliklar bilan qoplangan). Muzlikning janubiy uchida unga eng yaqin boʻlgan Skógar qishlogʻi joylashgan. Muzlikdan Skougau koʻlining (isl. Skógá) mashhur Skogafoss sharsharasi oqadi.
Eyjafjallajökull (Guðnasteinn Hámundur) | |
---|---|
Gígjökull, Eyjafjallajökullning eng katta muzligi vulqon kuli bilan qoplangan | |
Turi | Stratovulqon |
Joylashuvi | 63°37′12″N 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W G O 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W G O |
Islandiya |
Deyarli ikki yuz yil davomida vulqon harakatsiz deb hisoblangan. Vulqonning nofaol davridan oldin otilish sodir boʻlgan va bu holat 1821-yil 19-dekabrdan 1823-yil 1-yanvargacha taxminan bir yil davom etgan. Bu Eyjafjallajökull muzliklarining erishi xavfiga sabab boʻlgan. VEI shkalasi boʻyicha otilish kuchi 2 ball, tutun hajmi 4 ×106 m³ deb belgilangan. Oxirgi vulqon portlash holati 2010-yil 20-martda mahalliy vaqt bilan 22:30 dan 23:30 gacha muzlikning sharqiy qismida taxminan 500 m uzunlikdagi yoriq shakllanishi bilan boshlangan. Bu vaqtda katta kul chiqindilari qayd etilmagan. 2010-yil 16-20-aprelda Yevropaning bir qismi havo hududining yopilishiga va oʻsha yilning may oyida vaqti-vaqti bilan cheklovlarning oʻrnatilishiga sabab boʻlgan (Rossiya fanlar akademiyasi geografiya instituti]] direktorining oʻrinbosari Arkadiy Tishkovning soʻzlariga koʻra, „Islandiyada havoga koʻtarilgan oʻsha narsa hatto 1 km³ hajmga ham yetmagan edi“). VEI shkalasi boʻyicha otilish intensivligi 4 ball deb baholangan.
„Eyjafjallajökull“ nomi „eyja“ [ˈɛɪja] — orol, „fjall“ [fjatl̥] — togʻ va „jökull“ [ˈjœkʏtl̥] — muzlik maʼnosini anglatuvchi soʻzlarning birlashmasidan hosil boʻlgan. Amerikalik tilshunoslarning tadqiqotiga koʻra, muzlik nomini dunyo aholisining atigi 0,005 foizigina toʻgʻri talaffuz qila oladi. Islandiyalik qoʻshiqchi Elisa Geirsdottir Numan "Eyjafjallajökull" soʻzini oʻrganishda yordam berish uchun qoʻshiq yaratgan.
Eyjafjallajökull vulqoni faolroq boʻlgan boshqa bir muz osti vulqoni - Katladan 12 km gʻarbda joylashgan. 920, 1612 va 1821 — 1823-yillardagi Eyjafjallajökull otilishi Katla vulqonining otilishidan oldin sodir boʻlgan. Baʼzi Islandiyalik geofiziklarning fikriga koʻra, 2010-yildagi vulqon otilishi Katla vulqonining qoʻzgʻalishi uchun sabab boʻlishi mumkin.
„Islandiya vulqon otilishi“ (Iceland Volcano Eruption) — National Geographic hujjatli filmi (2010)
„Eyjafjallajökull“ (film) — badiiy film (Fransiya, 2013)
„The Secret Life of Walter Mitty“ — badiiy filmi (AQSh, 2013)
„AFC Eyjafjallajökull“ — Estoniyadagi havaskor futbol jamoasi.
„FC Eyjafjallajökull“ — Islandiya futbol jamoasi.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Eyjafjallajökull, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.