CTR (inglizcha: click-through rate — tiqillatib kirish tezligi) — Internet-marketingdagi koʻrsatkich.
CTR banner yoki reklamani bosish sonining foiz sifatida oʻlchanadigan taassurotlar soniga nisbati sifatida aniqlanadi . Texnika va internet rivojlanishi eskicha uslubdagi marketing reklamalariga qo‘shimcha shaklda yangicha internetdagi reklamalarning ham yaralishiga sababchi bo‘ldi. Yangi reklama uslublari paydo bo‘lishi esa o‘z-o‘zidan reklama samaradorligini hisoblash formulalari shakllanishiga olib keldi. CTR ham xuddi shu formulalardan biri hisoblanadi.
CTR ni hisoblash formulasi:
CTR qisqartmasi „si-ti-ar“ deb talaffuz qilinadi. CTR har qanday reklama kompaniyasi samaradorligining muhim koʻrsatkichidir. CTR indikatori internetdagi har qanday gipermatn havolasiga qoʻllanilishi mumkin. Eng yuqori CTR ko‘rsatgichi qidiruv tizimlarida kontekstli reklamada bo‘lishi mumkin, bunda reklama beruvchilarning reklamalari foydalanuvchi qidiruv soʻrovlariga qarab koʻrsatiladi.
Reklamaning CTR (bosish tezligi) ga quyidagi omillar muhim taʼsir koʻrsatadi:
CTR koʻpincha reklama birligi yoki reklama maydoni sifatining oʻlchovi hisoblanadi. Shu bilan birga esda saqlash lozimki, rasmli reklama uchun CTR qiymati uni koʻradigan foydalanuvchilar sonidan (taassurotlar soni) va ular unga beradigan eʼtibordan ancha kam ahamiyatga ega. Umuman olganda CTR qanchalik yuqori bo‘lsa marketing kompaniyasi davomida reklamalar orqali odamlar eʼtiborini jalb qilish shunchalik samarali bo‘ladi. Shuningdek CTR reklamangiz, kontentingiz va veb-sahifalaringiz qidiruvchilar uchun qanchalik mos ekanligini koʻrsatishdan tashqari, CTR ham organik va pulli qidiruvda qidiruv tizimlari boʻyicha reytingga taʼsir qiladi. CTR orqali Google reyting algoritmi sizning reklamangiz yoki veb-sahifangiz qidiruv sahifasida qayerda koʻrinishini aniqlaydi. Bu sizning veb-saytingizni qidiruv natijalarida qancha odam koʻrishi va saytingizga shu maʼlumotni olish uchun kirishiga taʼsir qiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article CTR (internet), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.