Sangzor — Jizzax viloyatidagi daryo.
Turkistontogʻ tizmasidagi Guralash dovoni yakinida 3400 m ga yaqin balandlikdagi buloqlardan boshlanadi va Jizzax shahridan 70 km shim, gʻarbda, Qizilqum choʻlining janubi-sharqiy chekkasidagi Tuzkon koʻliga quyiladi. Uzunligi 198 km, havzasining maydoni 3220 km² (togʻliq qismi).
Sangzor | |
---|---|
Sangzor (Jizzax yaqinda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 198 |
Suv sarfi | 2,12 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Sangzor |
Bosh qismi Guralashsoy nomi bilan ataladi. Kichik Qorashaqshaq qishlogʻi yonida Jontekasoy qoʻshilgandan soʻng u Sangzor nomini oladi. Jizzax shahridan quyida esa Sangzor Qili nomi bilan maʼlum. Yorgʻoq qishlogʻiga qadar Sangzor Turkiston togʻ tizmasi bilan uning tarmogʻi hisoblangan Molguzar togʻlari oraligʻida keng vodiy boʻylab toshloq, serostona oʻzanda shimoli-gʻarbga oqadi. Sangzor — kamsuv dare. Uning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 4 m³/sek. Jizzax vohasidan oʻtgandan soʻng Sangzorning oʻzani koʻpincha qurib yotadi yoki undan juda oz miqdorda sugʻorishdan ortgan partov suvlar bilan sizot suvlar oqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik suv miqdorining katta shemi mart—iyun oylarida oqib oʻtadi, koʻpincha may oyida toʻlib oqadi. Sangzor suvini tartibga solish va undan toʻlaroq foydalanish maqsadida Jizzax suv ombori qurilgan.
Sangzorga 80 dan ortiq soy va jilgʻalar (Xoʻjasoy, Boyqoʻngʻirsoy, Koʻkjarsoy, Oqqoʻrgʻonsoy, Tangatopdisoy, Sutariq, Baxmazarsoy, Navqasoy va boshqalar) qoʻshiladi. Bu soylarning ayrimlari Sangzorga yetmay tugaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Sangzor, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.