Rustam Sodiqovich Azimov (oʻzbekcha: Рустам Содиқович Азимов; 20-sentabr 1958-yil, Toshkent) — Oʻzbekinvest eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.
Uning otasi — Azimov Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.
1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek.
Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat universitetini va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
1990-1991 — Oʻzbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi.
1991-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi.
1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri.
2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri.
2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.
2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.
2017-yildan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Rustam Azimov, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.