Namoyon: Naqsh mujassamoti; atrofi hoshiya naqsh (koʻpincha zanjira, ruta) bilan oʻralgan bezak

Namoyon (fors.

Amaliy bezak sanʼatida vokelik (chamanzor, bogʻu boʻston, daryo, gul, barglar va boshqalar)ning shartli umumlashma tasviriy obrazini oʻzida aks ettiradi. Asosan, Oʻrta Osiyo naqqoshligiga xos boʻlib, mustaqil naqsh mujassamotining eng murakkab turi. N. yaratishda usta naqqoshlar girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalanadi, N.ni uzoq va yaqindan koʻrinishini qisobga oladi. Naqshning band va tanoblarini darajalarga ajratib, bi-rinchi darajali naqsh chiziklariga alohida ahamiyat beradi. N.da girih asosiy, oʻsimliksimon naqsh toʻldiruvchi oʻrin tutadi va u asosiy naqsh (gi-rih)ni bosib oʻtmaydi. Faqat girixdan tuzilgan N.da ham asosiy va toʻldiruvchi naqshlar boʻladi, yaʼni yirik girihlar ichiga maydalari chiziladi. Oʻzbekiston hududidagi har bir vohada N. bir-biridan farq qiluvchi oʻziga xos bezak uslubiga ega: Xiva naqqoshligida N. bandlari birbiri bilan oʻzaro chetan kabi bogʻlanadi, barglar kam ishlatiladi, mujassamot rivojlanish xususi-yatiga ega, unda harakat, mavj koʻproq koʻzga tashlanadi; Toshkent naqkrshligida N.lar oʻsimlik gullarining koʻpligi bilan ajralib turadi; Fargʻona N.larida tabiatdagi gul, barg, mevalar va boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri tabiiy shakdda tasvirlanadi. Zamonaviy meʼmorlikda, binolar bezaklarida, mustaqil amaliy bezak sanʼati asarlarida N.lar rang-barang: mehrobi N., chorsi N., seraftor N., majnuntol N. va boshqa Jumladan, Navoiy teatri binosi bezaklarida N.ning ajoyib namunalarini koʻrish mumkin.

Manbalar





Tags:

Amaliy bezak sanʼatiAsarBandBargBezakBinoDaryoFargʻonaFors tiliGirihGulHoshiyaIslimiyKoʻrinishManzaraMehrobiMeʼmorlikNaqqoshlikNaqshNavoiy teatriObrazOʻrta OsiyoOʻsimlikRivojlanishRuta (naqsh)TabiatTanobTasvirToshkentUslubVohaVoqelikXivaXususiyatZamonZanjira

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MehnatOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariOʻzMEMendel qonunlariEkologiyaTabiat resurslariMoliyaInson yuragiDunyoqarashAksiyaInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunMultimediaOrfoepiyaOʻsimliklarDezinfeksiyaKlaster metodiProteinlarIchki sekretsiyaEnergiyaProkuraturaAfrikaRahmat FayziySuvda suzishMusa JalilBotir ZokirovOmmaviy axborot vositalariYaxlitlash24-aprelKimyoIssiqlikdan kengayishParallelepipedSirdaryoYurakVodorodKuydirgiOntogenezBoʻlinish alomatlariTurkiston general-gubernatorligiQon yaratilishiOʻzgarmas tokOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiPunktuatsiyaKislorodTalab va taklifOʻrta OsiyoQadimgi YunonistonJismoniy mashqlarBugʻdoyGʻaznaviylar davlatiOt (hayvon)InsoniylikShavkat MirziyoyevBiosferaRaqobatXamsa (Navoiy)SWOT tahliliHomiladorlikdan saqlanishIkki eshik orasiKiberterrorchilikInson huquqlariAmir TemurYevropa IttifoqiDeformatsiyaIslom KarimovFunksiya (matematika)Yusuf Xos HojibLirikaVaboMilliy dinlarGrafika (tilshunoslik)Musiqa cholgʻu asboblariCristiano RonaldoKoʻmakchiGoʻri AmirUrbanizatsiyaBambirOʻzbek qiziLipidlar🡆 More