Dan tili — danlar tili.
German tillari guruhining Skandinaviya (Shim. Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili boʻlib, unda 5,0 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. 16— 19-asrlarda D.t. Norvegiyada ham rasmiy va soʻzlashuv tili boʻlgan. Tarixda D.t.ning 3 davri farqlanadi: umumskandinaviya asos tili (3—9-asr lar), eski D. t. (9—16-asrlar) va yangi D. t. (16-asr dan keyingi davr). D.t.dagi qad. yozma yodgorliklar "runik" yozuvda boʻlib, 9-asrga taalluqyai. Bu vaqtga kelib eski D. t. boshqa skandinav tillardan farq qila boshlagan. 18-asrga kelib, hozirgi adabiy D.t. shakllandi. Adabiy D.t. zeland dialekti asosida yuzaga kelgan. Hoz. adabiy D.t. uchun analitik qurilish xos, fonetikasida choʻziq va qisqa unlilar mavjud (10 juft). Undoshlar faqat qisqa. Grammatikasida otlar birlik va koʻplikda keladi, umumiy va qaratqich kelishigida turlanadi. Gap qurilishi uchun 2 tarkiblilik va asosiy boʻlaklar — ega va kesimning aniq oʻringa egaligi xos. Yangi soʻzlar turli soʻz yasovchi qoʻshimchalar, shuningdek, soʻzlarni qoʻshish yoʻli bilan yasaladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.
Dan tili | |
---|---|
Milliy nomi | dansk |
Mamlakatlar | Daniya Grenlandiya Farer orollari Schleswig-Holstein |
Rasmiylik holati | Daniya Grenlandiya Farer orollari Schleswig-Holstein Yevropa Ittifoqi Nordic Kengashi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 5,5 million |
Turkumlanishi | |
Turkum | Hind-yevropa |
Alifbosi | Lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | da |
ISO 639-2 | dan |
ISO 639-3 | dan jut |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Dan tili, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.