Zebra

Zebra, Afrika yovvoyi otlari (Equus) hamda otlar kenja urugʻi.

Tanasining uzunligi 200—240 sm, boʻyi yagʻrinidan 120—140 sm, dumi 47— 54 sm, vazni 350 kg gacha. Tanasining rangi — oq va qora koʻndalang yoʻlyoʻl chiziqli (himoya rangi). Yoli kalta va tik, dumining uchida uzun qillardan iborat popugi bor.Ochiq dashtlarda 10—30 tadan poda boʻlib yuradi. Juda ehtiyotkor, tez yuguradi. 1—1,5 yoshida voyaga yetadi. Homiladorlik davri 346—390 kun. Qoʻlga oʻrganadi, tutqinlikda koʻpayadi. Ot va eshak bilan chatishadi. Zebralarning 4 turi bor. Togʻ zebrasi (Ye. zebra) Janubi-Gʻarbiy Afrikada tarqalgan, koʻrinishi eshakka oʻxshaydi, 3. orasida eng kichigi.Burchellov zebrasi (Ye. burchelli) Sharqiy va Markaziy Afrikada tarqalgan. Grevi zebrasi (Ye. grevyi) Sharqiy Afrika (Janubiy Efiopiya, Somali, Keniya)da tarqalgan, ancha yirik, toychasining yelkasidan dumigacha tik va toʻq qizil juni boʻladi. Bu belgi otlar qad. ajdodlarining yoli faqat boʻynida emas, orqasida ham boʻlganligini koʻrsatadi. Bugungi kunda qirib yuborilgan kvaggi zebrasi Janubi-Sharqiy Afrikada yashagan, koʻrinishi otga oʻxshagan. Qimmatli terisi uchun koʻplab ovlanishi tufayli 3. soni keskin kamayib ketgan. Togʻ va grevi zebralari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan (yana qarang Toq tuyoqlilar).

Zebra
Zebra

Fotogalereya

Manbalar


Tags:

AfrikaEshakOtQizil kitobToq tuyoqlilar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

KelishikXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiStenokardiyaOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)KoʻzSiyosiy partiyalarOʻtkir HoshimovErkak jinsiy aʼzosiPsixologiya tarixiTerrorizmSayyoraIso MasihKutubxonaEng yaxshi film uchun Oscar mukofotiIjtimoiy himoyaLipidlarFC BarcelonaOʻzbek milliy akademik drama teatriBozor iqtisodiyoti modellariBozor22-aprelMuqimiyMikroskopQuyosh tizimiKompyuterAminlarElektr zanjiriQushlarIchki sekretsiyaTranzistorLinzaHadisAksiyaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiAdvokaturaOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiAbu Rayhon BeruniyBaqara surasiStatistikaOIVSportKitobFundamentalizmBiosferaShaharMotivatsiyaYaxshilik va yomonlikInternet tarixiSanoatUy hayvonlariSanitariyaHavoning ifloslanishiReal Madrid CFShum bolaXudoyberdi ToʻxtaboyevIntegratsiyaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiFuqarolarning huquq va burchlariUfq (trilogiya)OmonimlarBankAlisher NavoiySuyakAksiyadorlar jamiyatiAbdulhamid ChoʻlponNuqtali vergulNatural sonQozogʻistonEtnopsixologiyaKubik metrVikipediyaDifteriyaKapitalInson skeletiShaxmatGimnastikaXavfsizlik texnikasi🡆 More