Yekaterina Ii Alekseyevna

Yekaterina II Alekseevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96).

Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Tserbstskaya. 1744-yilda Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseevna nomini qabul qilgan. 1745-yilda Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-yil 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashqi siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-yilgi gubernya islohoti, 1785-yilda dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va boshqa tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

Yekaterina II
Buyuk Yekaterina II
Yekaterina Ii Alekseyevna
Tavalludi
nemischa: Sophie Auguste Friederike von Anhalt-Zerbst-Dornburg

21.4.1729
Shtettin qamali, Prussiya qirolligi
Vafoti 6.11.1796
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Prussiya qirolligi
Bolalari Pavel I Petrovich
Anna Petrovna
Aleksey Grigorevich Bobrinskiy
Otasi Xristian-Avgust Angalt-Tserbstskiy
Onasi Ioganna-Yelizaveta Golshteyn-Gottorpskaya
Imzosi
Yekaterina Ii Alekseyevna

Manbalar

Havolalar


Tags:

1744-yil174517621775-yil1785-yilBelorussiyaKubanQrimUkraina

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Davlatlarning telefon kodlariGoʻdakMikroskopGerontopsixologiyaErkin AʼzamFarmoyishGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqBirlashgan QirollikDramaMaktabLinzaXorazmRivojlanishSellyulozaBuxoroMotivatsiyaShimoliy AmerikaDezinfeksiyaSaʼdiy SheroziyYurak-oʻpka reanimatsiyasiLeksikologiyaUy hayvonlariSulfat kislotaNatural sonAvtomobil yoʻliXaritaSezgiPolisaxaridlarBuyrakErkin VohidovLirikaDaʼvatChingizxonTadbirkorlikOʻtkir HoshimovUsmonlilar imperiyasiMaktabgacha taʼlimKurashAleksandr PushkinGermaniyaIrsiy kasalliklarPulsHavoning ifloslanishiKarbon kislotalarXorazm viloyatiMustaqil davlatlar hamdoʻstligiSugʻurtaModdalar almashinuviShizofreniyaBuyuk Ipak yoʻliYevropa davlatlari roʻyxatiMinetBasketbolEiffel minorasiEstetikaKecha va kunduzAvstraliyaBoʻgʻin (tilshunoslik)Oila tarbiyasiOvqat hazm qilish tizimiAlpinizmAFC U-23 Osiyo kubogi 2024EkologiyaKapitalIslomning besh ustuniTelegramGormonlarRimRegiston maydoni23-aprelAQSHda taʼlimVaqtXurshid DavronAbdulla QahhorGidroelektr stansiyaAxborotSamarqand viloyati🡆 More