Xubey

Xubey — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya.

Yanszi daryosi oʻrta oqimining har ikki sohilida, Duntinxu koʻlining shimolida joylashgan. Maydoni 187,5 ming km². Aholisi 59 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Uxan sh. Relyefi — tekislik. Iklimi subtropik, mussonli. Koʻl koʻp. Temir rudasi, toshkoʻmir, marganets konlari bor. Mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz, sement, keramika, qora metallurgiya korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Haydaladigan yerlarning katta qismi sugʻoriladi. Yiliga 2 marta hosil olinadi. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, tariq ham ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, rami, kunjut, yer yongʻoq, raps, tamaki, shakarqamish, choy yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok) rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Yanszi daryosida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Uxan, Xuanshi, Shashi, Ichan.

X. hududida qadimda man va i qabilalari yashagan. Mil. av. 9—8-asrlarda X.ga xitoylar koʻchib kela boshlagan. X. 1668 yildan hozirgi chegarasiga ega.


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ishlab chiqarishYosh psixologiyasiJazoirShahrisabzIdeal gazQuturishYasama soʻzZaharlanishTaʼlimGnoseologiyaRavishGrammatikaAdaptatsiyaOmmaviy axborot vositalariTadbirkorlikArab xalifaligiPaleografiyaOʻsmalarTenglamaQadimgi RimDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiDinshunoslikFoydali qazilmalarAsosiy fondlarAromatik uglevodorodTinish belgilariKognitiv psixologiyaYevropa IttifoqiMehnat shartnomasiTeri kasalliklariMisrSoʻz birikmasiQimmatli qogʻozlarBadiiy gimnastikaSujetKuzatishOshqozon-ichak kasalligiPsixologiyaEva ElfieKonfessiyaShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiKuydirgiAbdulla OripovInternetIslom mazhabchiligiMagnit maydonIshlab chiqarish harajatlariSintaksisYouTubeOligofreniyaBiologiyaGlobal muammolarKonstitutsiyaMaʼlumotlar bazasiMatnNerv sistemasiBahorMarkaziy nerv sistemasiYorugʻlikFalsafaMarketingMeningitOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariAQSHda taʼlimIkkinchi jahon urushiInflyatsiya turlariQon guruhlariEkzemaUrgʻuMantiqMagnetik rezonans tomografiyaHindistonGipertoniya kasalligiYoʻl belgilariSiydik ajratishXalqaro tashkilotGeometriyaXavfsizlik texnikasi🡆 More