Xaryana (hindcha: हरयाणा, panjobcha: ਹਰਿਆਣਾ, inglizcha: Haryana) — Hindiston shtati, Hindgang tekisligida joylashgan.
Maydoni 44,2 ming km². Aholisi 21 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Chandigarh shahri. Shtat 1966-yilda Panjob shtatining boʻlinishidan tashkil etilgan. Shuning uchun landshafti, xoʻjaligi, rivojlanish darajasi va ixtisoslashuviga koʻra Panjob shtatiga yaqin. Biroq aholisining aksari qismi hind tilida soʻzlashadi va hinduizm diniga eʼtiqod qiladi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqdim. Yillik yogʻin 400 mm gacha. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Asosan, donli ekinlar, paxta, shakarqamish va kartoshka ekiladi. Sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kichikroq taxta tilish, qogʻoz fabrikalari, shakarqand va kraxmal zavodlari, oyna sanoati korxonalari bor. Aniq va jarroxlik, optik asboblar ishlab chikariladi. Yengil va aniq mashinasozlik, velosiped, traktor zavodlari va neftkimyo kompleksi ishlab turibdi. Elektr stansiyalar quvvati 3 mln. kVt (2002).
| ||
Shtat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Chandigarh shahri | |
Yirik shahari | Faridobod | |
Boshqa yirik shaharlari | Gurgaon, Ambala | |
Gubernator | Jagannatx Paxadia | |
Bosh vazir | Bxupinder Singx Xooda | |
Rasmiy tillar | Hind tili, panjob tili | |
Aholi (2011) | 25 353 081 | |
Zichligi | 573,44 kishi./km² | |
Maydoni | 44 212 km² (20-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | +5:30 | |
Qisqacha | IN-HR | |
Kod ISO 3166-2 | IN-HR | |
Rasmiy sayti | http://haryana.gov.in/ | |
Xaritada | ||
76.78°0′0″E / 30.73000°N 76.78000°E G O |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Xaryana, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.