Xartum

Xartum — Sudanning poytaxti.

Mamlakatning eng yirik shahri, savdomoliya, sanoat va madaniyat markazi. Koʻk Nilning chap va Oq Nilning oʻng sohilida, ular qoʻshilgan yerda 380 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 160 mm. Transport yoʻllari chorrahasi, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xartumda xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, toʻqimachilik, koʻnteri, rezinatexnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor.

Shaharga 1822-yilda misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825-yildan Sudan poytaxti. 1898-yilda inglizlar bosib olgan. 1956-yildan mustakil Sudan poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), Jome masjidi (1900) va boshqa saqlangan.

Manbalar




Tags:

Sudan

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Buxgalteriya balansiMusiqa cholgʻu asboblariHajmAbulfayzxon (drama)BakteriyalarYurak poroklariNeftShimoliy AmerikaSuyakKasallikAntonimlarYosin surasiKushon podsholigiInstagramIsaac NewtonDaromadAmir TemurOʻzbekiston viloyatlariFaoliyatRus tiliSteve JobsQutadgʻu biligQirgʻizistonTurkmanistonBurchFargʻonaDialektikaVegetativ koʻpayishBuyrakMenejmentSiydik ajratishDavlatlar pul birliklari roʻyxatiJigarGidrosferaFizioterapiyaErkak jinsiy aʼzosiShamolWolfgang Amadeus MozartBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiToshkent viloyatiDaun sindromiMeksikaMuhammadning ayollariTIMSSMerkuriyAdobe PhotoshopTafakkurNafas olish tizimiHomilaIkki eshik orasiQadimgi YunonistonShifokorOlmaGʻarb falsafasiBosh SahifaAlpinizmCristiano RonaldoEkzemaSon (tilshunoslik)FonetikaJinsiy hayotSogʻliqni saqlashOmmaviy axborot vositalariMeningitGermaniyaMiokard infarktiAuksionTilTemuriylar shajarasiXavfsizlik texnikasiShashmaqomQizilchaBankInson va fuqaroning huquq va erkinliklariAsrga tatigulik kunLeykotsitlarQon gruppalariMercedes-BenzUndosh tovushlar🡆 More