Vladivostok

Vladivostok — Rossiya Federatsiyasidagi shahari, Primore oʻlkasining markazi (1888-yildan).

Sibir temir yo'l magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-yilda bunyod etilgan. 1862-yildan port, 1880-yildan shahar. Vladivostokda kema tuzatish korxonalari bor, baliq konserva zavodlari uchun texnologik liniyalar, kon-shaxta asbobuskunalari, konveyerlar, nasoslar, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan baliq, goʻsht kombinatlari, sut zavodlari, konditer fabrikasi, qurilish materiallari sanoati korxonalaridan temir-beton konstruksiyalari va yirik panelli uysozlik zavodlari mavjud. Uzoq Sharqsa kit, krab, yovvoyi hayvonlarni ovlash va refrijerator floti bazasi.

Vladivostokda 8 oliy oʻquv yurti, 13 maxsus oʻrta oʻquv yurti, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi, 3 teatr, filarmoniya, 3 muzey va suratlar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan dengiz vokzali (1965), mehmonxona (1965), Madaniyat uyi (1967), keng formata i kinoteatr (1969) mavjud.

Manbalar

h

Tags:

RossiyaShahar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻlmas UmarbekovNafasYan Amos KomenskiyChingizxonAleksandr PushkinYurak poroklariYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiXalqaro terrorizmMuhammadning ayollariNastarinAbdulla QodiriyFalsafiy antropologiyaBosh miyaVoqea surasiKuvaytShanxay hamkorlik tashkilotiAbulfayzxonYogʻKasrOIV infeksiyasiAnafilaktik shokTemuriylarOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)BiosferaBotir QodirovAbdulaziz MansurNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiSodda gapTelegramOzoda NursaidovaMetrologiyaTestosteronOʻzbekistonda yillarQashqadaryo viloyatiYerSugʻurtaOPECMerkuriyTafakkurTeatrInternetPul islohotlariSinonimlarMehnat muhofazasiGemoglobinBoburnomaDavlat poytaxtlari roʻyxatiRim imperiyasiOʻqituvchiTabiat resurslariUlugʻbek rasadxonasiQoraqalpogʻistonAbu Ali ibn SinoIso MasihGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqJamgʻarmalarEpistemologiyaMikroorganizmlarOʻzbekistonda taʼlimBasketbolSoʻz birikmasiOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiVatanNanotexnologiyaOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariTinch okeaniToshkentInstagramObligatsiyaDezinfeksiyaJaloliddin ManguberdiDifferensial tenglamaWilliam ShakespeareEkosistemaZaharlanishIqtisodiyotJinsiy aʼzolar🡆 More