Vermont — AQShning shimolisharqidagi shtat.
Maydon 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan koʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpiler sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 – 1000 mm yogʻin yogʻadi.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Montpelier | ||||
Eng yirik shaharlar | Burlington Rutland South Burlington | ||||
Maydon • Butun | AQSh: 45-oʻrinda 24,901 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) | AQSh: 49-oʻrinda 623,050 | ||||
YIM • YIM | AQSh: 50-oʻrinda $21,921 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana | 14-boʻlib 4-mart 1791 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | VA [51] | ||||
Shtat guli | Red Clover (Trifolium pratense) | ||||
Shtat daraxti | Sugar Maple (Acer saccharum) |
Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan va shaharlari kam shtatlaridan. Vermont hududining 1/5 qismi ekinzor, katta qismi oʻr.mon, qisman yaylov va yaroqsiz yerlar. Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar faqat torgina daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda boʻlsada, iqtisodining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 75% i sut chorvachiligidan keladi. Ekin maydonning 90% iga yem-xashak ekinlari ekiladi. Yogʻochsozlik, toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat, qogoz sanoati korxonalari bor. Asbest, marmar, granit, mis rudasi qazib olinadi. Vermontni shimolidan janubga Monreal—Boston va Monreal — NyuYork temir yoʻl kesib oʻtgan. Konnektikut daryosi va Shampleyn koʻlida kema qatnaydi. Turistlar koʻp keladi. Yirik shahri — Berlington.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Vermont, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.