Telefon Aloqa

Telefon aloqa — telefon apparati yordamida abonentlar oʻrtasida tovushli aloqa bogʻlashga imkon beradigan elektr aloqa vositasi.

Telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi, amalda istalgan masofa orasida, yer yuzidagi istalgan joy oʻrtasida tovushli aloka urnatishga imkon beradi. Shotland ixtirochisi A. G. Bell 1876-yilda birinchi elektrakustik qurilma — telefon ixtiro qilganidan hamda AQSH (NyuXeyven) da 1878-yilda birinchi telefon stya qurilganidan beri Telefon aloqa boshlangan. Oʻsha yili ingliz fizigi D. E. Yuz kumir uzakli mikrofon yaratdi. Amerikalik ixtirochi T. A. Edison (1847—1931) koʻp yillar mobaynida Telefon aloqani takomillashtirishga doyr ishlar olib bordi. Birinchi oddiy ATS loyihasini rus ixtirochisi K. Mossitskiy 1887-yilda taklif qildi. Murakkab ATS loyihasini 1893-yilda rus olimi M. F. Freydenberg ishlab chikdi. Birinchi xalkaro telefon liniyasi (Moskva — Peterburg) 1908-yilda ochildi, 1939-yilda dunyoda eng uzun koʻp karrali Telefon aloqa liniyasi (Moskva — Xabarovsk) ishga tushdi. Odimlab qidirgichli birinchi ATS 1947-yil, koordinat ulagichli ATS 1960-yil joriy qilindi. 20-asr 60y.larida kvazielektron ATS, 70y.laridan boshlab elektron ATS amalda qoʻllana boshlandi. Oʻzbekistonda (Toshkentda) Telefon aloqa 1887-yil ishlay boshlagan, 1914-yil Toshkent sh. telefon tarmogʻi ishga tushgan. Respublikada dastlabki telefon styalar 1929-yil qurilgan, birinchi ATS 1932-yil ishga tushirilgan, dekadaodimli tizimdagi ATS 1956-yil qurilgan. Koordinat ATS 1974-yil paydo boʻlgan. Dastlabki shaharlararo Telefon aloqa Toshkent — Samarqand, Samarqand — Qoʻqon, Toshkent — Piskent, Toshkent — Toʻytepa liniyasida 1924-yil ochilgan. 20-asr 60y.laridan havo aloqa liniyalari astasekin yer osti kabellariga oʻtkazildi, shaharlararo Telefon aloqa uchun kabel liniyalari bilan bir qatorda radioreledan, 80y.lardan aloqa yoʻldoshlaridan foydalana boshlandi. Toshkentda dastlabki telefonavtomatlar (taksofonlar) 1935-yildan oʻrnatila boshlandi, birinketin boshqa yirik shaharlarda ham rayem boʻldi. 20-asr 90y.laridan raqamli va uyali telefon tizimi paydo boʻldi. Hozir respublika va jahonning barcha shaharlari bilan aloqa oʻrnatishga imkon beradigan xalkaro telefonavtomatlar mavjud. Respublikamizdagi barcha shaharlar orasida va xalqaro Telefon aloqa yoʻlga qoʻyilgan. Republikada Telefon aloqaga doyr barcha ishlar "Oʻzbektelekom" AK tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

Telefon aloqaning umumiy foydalaniladigan mahalliy, shaharlararo va xalkaro turlari bor. Mahalliy Telefon aloqa idoralararo va ichki (korxonalardagi, mas., dispetcherlik aloqasi), harakatdagi obʼyektlar bilan (mas., kosmik aloqa, poyezdlardagi aloqa, radiotelefon aloqa va boshqalar) va maxsus (mas., suv osti kemalari bilan aloqa) turlarga boʻlinadi. Tovushni kodlangan tarzda uzatsa boʻladigan (qarang Vokoder), xalqaro aloqa kabellari tarmogʻi, zich aloqa liniyasi apparatlari va boshqa mavjud. Uyali va rakamli Telefon aloqa borgan sari keng rayem boʻlib bormoqda (2004).


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ShaxsSport inshootlariRaqobatMetallarMicrosoft PowerPointYalligʻlanishFaoliyatXorazm viloyatiKelishikOʻzbekiston mobil telefon kodlariStatistikaSovitkichPankreatinOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiTashahhudYalangtoʻsh BahodirVoleybolTurkmanistonShokQashqadaryo viloyatiIshsizlikAbdulla QodiriyUzAutoMotorsEkologiyaIjtimoiy tarmoqOlmoshOgahiyQizil kitobQobusnomaNikohOʻtkan kunlarGazlarKanadaFutbolYaponiyada taʼlimShom namoziXalqaro standartlashtirishAnemiyaMendel qonunlariIdrokQandli diabetKalsiyQimmatli qogʻozlarFotiha surasiYurak ishemik kasalligiMuqaddas kitoblarYevrosiyoSifatGrammatikaChipqonKreditYan Amos KomenskiyUrgʻuPayvandlashIslomning besh ustuniArab xalifaligiOt (soʻz turkumi)Infeksion kasalliklarOqchilBuyrak usti bezlariAdabiy tilOsiyo davlatlari roʻyxatiOʻzbek lotin alifbosiJinsiy aʼzolarZamburugʻlarMazhabErkak jinsiy aʼzosiFonetik oʻzgarishlarIqtisodiyot nazariyasiOʻzbekiston siyosiy partiyalariIslom KarimovKonfutsiylikMateriyaSirdaryo (viloyat)BadmintonTestosteronDavlatlar roʻyxatiDinning funksiyalari🡆 More