Shved Tili

Shved tili — german tillarining shim.

(skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSh va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlandiya Respublikasining 2 rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 millionga yaqin (Shvetsiyaning oʻzida 8,6 milliondan ortiq) kishi (oʻtgan asrning 90-yillari).

Shvedcha
Shved Tili
Milliy nomi svenska
Mamlakatlar Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 million (2018)
Alifbosi Lotin (shvedcha alifbo)
Til kodlari
ISO 639-1 sv
ISO 639-2 swe
ISO 639-3 swe

SH.t.ning 6 ta lahja guruhi bor: svey (Shvetsiyaning markaziy hududi — Melaren koʻli atrofi), yot (jan.gʻarbiy hududlar), norland (shim. hudud), sharqiy shved (Botnik qoʻltigʻi qirgʻoqlari), gutni (Gotland oroli), jan. shved (Skone viloyatidagi dan tiliga yaqin). 1645-yilda Norvegiyaning Xaryedalan va Yemtland viloyatlari Shvetsiyaga qoʻshib olingach, u yerlarda aralash shvednorveg shevalari shakllangan.

SH.t. fonetikasi choʻziq va qisqa tovushlar (unlilar va undoshlar)ning , musiqiy urgʻuning mavjudligi bilan ajralib turadi. Grammatik xususiyatlari: otlarda umumiy va oʻrta jins (rod), birlik va koʻplik son, 2 ta kelishik (umumiy va qaratqich), aniqlik va noaniqlik shakllari va boshqalar mavjud; feʼllar 4 xil tuslanishga ega; mayl, zamon, nisbat kategoriyalari boʻiicha oʻzgaradi. Soʻzlar gapda qatʼiy tartibda joylashadi.

Tarixiy rivojlanishida 2 davr: qadimiy Shved tili (9-asrdan 1525-yilgacha — Shvetsiya mustaqillikka erishguncha) va yangi Shved tili (1525-yildan) davrlari farkdanadi. Eng qadimiy yozma yodgorliklari 9—12-asrlarga mansub, runik yozuvdya bitilgan yodgorliklardir. Lotin grafikasidagi qadimiy qoʻlyozmalar 13-asrga mansub. Shved tilidagi dastlabki bosma asar 1425-yilda nashr etilgan. qadimiy shved yozma tili 14—15-asrlarda yot lahjasi asosida shakllangan; hozirgi adabiy til esa 16—17-asrlarda svey shevalari (asosan, Stokgolm shevasi) negizida shakllana boshlagan. Yozuvi lotin grafikasi asosida unga 3 ta harf (Å, Ä, Ö) qoʻshgan holda yaratilgan.

Manbalar




Tags:

Amerika Qoʻshma ShtatlariDaniyaFinlandiyaGerman tillariKanadaNorvegiyaShvetsiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ogʻirlik oʻlchov birliklariJamiyat falsafasiDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiPeshob ajralishining buzilishiGap boʻlaklariUsmon NosirBTSShaxsSpirtlarOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariYevropa davlatlari roʻyxatiOgahiyAuksionYuridik shaxsTalab va taklifOʻzbek tiliDunyoning yetti moʻjizasiXalqaro tashkilotOila tarbiyasiKonsepsiyaAllohning 99 nomiNitrat kislotasiJinsiy aloqaQogʻozNafas olish tizimiArximed qonuniXurshid DavronAdobe Spark VideoTurkistonMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliMalayziyaIrsiy kasalliklarPsixologiya tarixiXorazmToshkentMeʼdaKimyoviy elementlar davriy sistemasiSuvMagnit maydonAtrof-muhitni muhofaza qilishSarez koʻliFoydali qazilmalarMinetKarbon kislotalarChingiz AytmatovTaqvimMisr piramidalariBurchBogʻlovchiKuchTushunchaBioinformatikaEsse (asar)Sogʻliqni saqlashGermaniya ta'lim tizimiMadaniyatSanoatMarkaziy nerv sistemasiOliy nerv faoliyatiModal soʻzlarLitosferaAbsattar DerbisaliGidrosferaHasanboy DoʻsmatovUnli tovushlarAfrikaShizofreniyaIslomQoʻqon xonligiQobusnomaManchester City F.C.Namangan viloyatiPirmuhammad MirzoGrafika (tilshunoslik)Inson yuragiKartoshkaFuqarolikGazlarAsrga tatigulik kun🡆 More