2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar

2022-yil 1-iyul kuni Oʻzbekiston tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida namoyishlar boshlandi.

Namoyishning asosiy sababi Oʻzbekiston konstitutsiyasidagi Qoraqalpogʻistonning suveren statusiga va Qoraqalpogʻiston vaqti kelib Oʻzbekistondan ajralib chiqishi mumkinligi haqidagi moddalarga oʻzgartirishlar kiritilishi taklif qilinganidir. Namoyishlar Qoraqalpogʻistonning markazi — Nukus shahrida boshlandi va keyinroq Chimboy va Moʻynoq shaharlarida ham boʻlib oʻtdi. Namoyish qatnashchilari avvaliga konstitutsion oʻzgarishlarga qarshi ekanliklarini bildirdilar. Namoyishlar oqibatida bloger, inson huquqlari faoli Dauletmurat Tajimuratov hibsga olindi[⇨].

Qoraqalpogʻistondagi namoyishlar (2022)
2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar
Sanalar 2022-yil 1—3-iyul
Urush yeri Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston
Sabab Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritilishi haqidagi loyiha eʼlon qilinib, loyiha boʻyicha amaldagi konstitutsiyadan Qoraqalpogʻistonning suvereniteti va Qoraqalpogʻiston respublikasi referendum orqali Oʻzbekiston tarkibidan chiqishi mumkinligi haqidagi bandlarning olib tashlanganligi;

Dauletmurat Tajimuratovning hibsga olinishi.

Natija Oʻzbekiston prezidenti Konstitutsiyaning Qoraqalpogʻiston respublikasi suvereniteti toʻgʻrisidagi 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini oʻzgartirmaslik toʻgʻrisida taklif berdi
Raqiblar
Qoraqalpogʻiston Namoyishchilar Oʻzbekiston Oʻzbekiston hukumati

Qoraqalpogʻiston Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesi

Qoʻmondonlar
Qoraqalpogʻiston Dauletmurat Tajimuratov Oʻzbekiston Shavkat Mirziyoyev (Prezident)
Yoʻqotishlar
Halok boʻlganlar:
21 kishi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha)
Jarohat olganlar:
205 kishi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha); minglab odamlar (Qoraqalpogʻiston respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumoti boʻyicha
Hibsga olinganlar:
516 kishi
Jarohat olganlar:
38 nafar huquqni muhofaza qilish organi vakillari (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha)
Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklar sodir etishda ayblangan 61 kishi ustidan sud hukmi oʻqildi

Xalq noroziliklari oqibatida 2-iyul kuniyoq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga uchib bordi va Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesida soʻzga chiqib, Qoraqalpogʻistonning suvereniteti haqidagi taklif qilinayotgan oʻzgarishlar bekor qilinishini aytdi[⇨].

2022-yil 3-iyul kunidan boshlab Qoraqalpogʻiston hududi boʻylab bir oylik komendantlik soati eʼlon qilindi, aholining soat 21:00 dan 7:00 gacha koʻchada harakatlanishi cheklandi. Ammo 17 kun oʻtgach barcha cheklovlar bekor qilindi[⇨].

Namoyishga olib kelgan sabablar

Hududning oʻziga xosligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — dunyo boʻyicha yashash eng qiyin boʻlgan joylar sirasiga kiradi. Qoraqalpogʻiston hududining 85 % dan ortiq qismini Qizilqum sahrosi egallaydi. Hududda suv tanqisligi muammosi bor. 2002-yilgi maʼlumotlarga koʻra 250 mingdan ortiq kishi Qoraqalpogʻistondan Qozogʻistonga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtgan, bu Qoraqalpogʻiston aholisining beshdan bir qismidir. Bundan tashqari qiyin iqtisodiy vaziyatdagi Qoraqalpogʻiston Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida qiyin ekologik vaziyatga ham tushib bormoqda.

1932-yil 20-martda RSFSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Avtonom oblasti RSFSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1936-yil 5-dekabrda bu avtonom respublika Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi.

1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy sovetida umumrespublika referendumi orqali mustaqil boʻlish imkonini beruvchi suverenitet haqidagi Deklaratsiya imzolandi. 1992-yil 9-yanvarda Qoraqalpogʻiston ASSR tugatilib, oʻrniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuzildi. 1993-yil koʻplab muhokamalardan soʻng Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekiston subyekti sifatida 20 yil qolishi haqida davlatlararo shartnoma imzolandi. 2013-yilda bu shartnoma shunchaki inkor etildi va Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston subyekti sifatida qolishda davom etdi.

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish taklifi

2022-yil 16-may kuni Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifini ilgari surdi. 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror loyihasi ikkala fraksiya deputatlari tomonidan maʼqullandi. 20-may kuni Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi. 2022-yil 24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini bir ovozdan maʼqulladi. Loyiha 25-iyunda xalq muhokamasiga qoʻyildi. Loyihaga koʻra Oʻzbekiston konstitutsiyasining 64 ta moddasiga (bular: 1, 13, 15, 16, 17, 20, 22, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 49, 52, 53, 55, 56, 61, 63, 64, 65, 70, 71, 72, 74, 75, 77, 78, 80, 83, 84, 90, 93, 98, 99, 100, 101, 105, 109, 111, 112, 116, 117, 122, 127) 200 dan ortiq oʻzgartirish kiritish va 6 ta yangi modda qoʻshish (bular: 26¹, 26², 40¹, 41¹, 42¹, 53¹) taklif etilgan.

Aynan 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni oʻzgartirishga qaratilgan taklif Qoraqalpogʻistonda avvaliga noroziliklar, soʻng tartibsizliklar boshlanishiga sabab boʻldi:

Modda Amaldagi modda Taklif etilgan oʻzgarishlar
70-modda Suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
71-modda Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid boʻlishi mumkin emas.

72-modda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ham majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ham majburiydir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining yagona huquqiy tizimiga kiradi va u Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tarkibiy qismidir.

74-modda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq amalga oshiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy mansabdor shaxsidir.

75-modda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanishi uchun zarur moliyaviy, moddiy, tashkiliy-texnik va boshqa shart-sharoitlarni yaratadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati oliy organlarida oʻz vakillariga ega boʻladi.

Voqealar xronologiyasi

1-yul

2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar 
Namoyishlardan keyin qolgan yongʻin izlari

Nukus koʻchalariga Qoraqalpogʻiston bayrogʻini koʻtargan yuzlab odamlar toʻplanishdi. Namoyishchilar yoʻlboshchisi, yurist Dauletmurat Tajimuratov 5-iyul kunida tinch namoyishlar oʻtkazish uchun hokimiyatdan ruxsat olganini eʼlon qildi. Keyinroq, ichki ishlar organi xodimlari Tajimuratovni oilasi bilan nomaʼlum joyga olib ketishdi. Aholi Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilish talabi bilan namoyishlarni boshlab yubordi. Keyinroq namoyishlar Chimboy va Moʻynoqda ham kuzatildi. Namoyishning faol qatnashchilarini hibsga olish boshlab yuborildi. Qoraqalpogʻistonliklarning soʻzlariga koʻra odamlar namoyish haqida maxsus telegram guruhlarda yozishmalar olib borishgan va shunga koʻra harakatlarini muvofiqlashtirishgan. Shu kuni Oʻzbekiston hukumati Qoraqalpogʻistonga Milliy gvardiyaning qoʻshimcha kuchlarini kiritdi. Bu paytda Oʻzbekistondagi ommaviy axborot vositalari ushbu namoyishlar haqida hech qanday xabar eʼlon qilmadi.

TurkmenNews nashri bosh muharriri Ruslan Mityayevning soʻzlariga koʻra Dauletmurat Tajimuratovni tezda ozodlikka chiqarishgan. Ozodlikka chiqqanidan soʻng u avval masjidga, keyin oʻz uyiga ketgan. Uyidan turib oʻz telegram kanaliga unda „hammasi yaxshi“ ekani haqida ovozli xabarlar joylagan. Lekin koʻp oʻtmay Tajimuratov unga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati aloqaga chiqqanini va „bu ishlarning barchasini toʻxtatish“ni talab etganini iddao qildi. Iddaoga koʻra, agar Tajimuratov namoyishlarni tezda toʻxtatmasa, unga qarshi poraxoʻrlik va besoqolbozlik bilan shugʻullangani boʻyicha ish ochilishi va otasining „eski ish“i yuzaga qalqib chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga koʻra Nukus shahrida boshlangan namoyishlarga „konstitutsiyadagi oʻzgarishlarni notoʻgʻri talqin qilish“ sabab boʻlgan.

Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesi bergan maʼlumotlarga koʻra namoyishchilar davlat boshqaruv organlari binolarini egallab olishga urinishgan.

2-yul

Ertalabki soat 4 da 5 ta avtobus bilan Dauletmurat Tajimuratovning uyiga kelib, uni nomaʼlum tomonga olib ketishdi. Nukusdagi chorrahalarga blokpostlar oʻrnatildi. Koʻchada yurgan odamlarni ushlab koʻk furgon avtomobillarda olib ketishdi. Nukusda mobil va statsionar internet oʻchirildi. Nukusga Taxiatosh va Xoʻjayli shaharlari tomondan kirish yoʻllari toʻsildi.

Shuningdek Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanini Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatiga qarashli Beyneu tumani bilan bogʻlovchi Dovud ota postida qatnov cheklandi. Bu yoʻnalishda temir yoʻl qatnovi ham vaqtincha toʻxtatilishi maʼlum qilindi.

Shu kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi. Shuningdek Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham Qoraqalpogʻistonga uchdi.

Kechki payt Nukusda prezident ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi, unda Mirziyoyev, agar qoraqalpogʻistonliklar norozi boʻlsa, Qoraqalpogʻistonga oid birorta modda oʻzgarmasligini maʼlum qildi.

Shu kuni bir necha manbalar kuchishlatar tizimlar tomonidan aholiga qarata oʻq uzganini, kuchishlatarlarga ogohlantirmasdan otish buyrugʻi berilganini maʼlum qilishdi. Soat 23:00 da internetda vafot etganlar va jarohatlanganlarning ilk suratlari paydo boʻldi.

3-iyul

2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar 
Nukusda yoqib yuborilgan koʻcha tozalovchi mashina. 2022-yil 3-iyul

Qoraqalpogʻistonda 3-iyuldan boshlab favqulodda holat eʼlon qilindi va komendantlik soati oʻrnatildi.

Toshkentga kelib tushganidan bir necha soat oʻtib Shavkat Mirziyoyevning samolyoti yana Nukusga uchib ketdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va kuchishlatar organ xodimlari orasida qurbonlar borligi haqida gapirdi, namoyish qatnashchilari „buzgʻunchilik“ qilganini aytdi.

Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Sultonbek Ziyoyev Nukus kasalxonalari namoyishlar paytida jarohat olganlar bilan toʻlganini maʼlum qildi. Shu kuni namoyishlar toʻxtadi.

Yoʻqotishlar

4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Nukusdagi tartibsizliklar oqibatida 18 kishi halok boʻlganini, 243 kishi tan jarohatlari olganini (shulardan 38 nafari huquqni himoya qiluvchi organ vakillari) va 516 kishi hibsga olingani haqida bayonot berdi.

Komendantlik soati

2022-yil 3-iyul soat 01:00 dan 2022-yil 2-avgust 00:00 gacha (bir oy) Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat eʼlon qilindi. Unga koʻra bir oy davomida soat 21:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati amal qiladi. Qoraqalpogʻiston hududi komendaturasi tashkil etilib, unga „Favqulodda holat toʻgʻrisida“gi qonunda nazarda tutilgan barcha vakolatlar berildi. Qoraqalpogʻiston komendanti etib Milliy gvardiya qoʻmondoni Rustam Joʻrayev tayinlandi.

Komendantlik soati paytida quyidagi chora va cheklovlar amal qilishi eʼlon qilindi:

  • jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obyektlarini muhofaza qilish kuchaytiriladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida harakatlanish erkinligi shu jumladan transport vositalari uchun cheklanadi;
  • jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshiriladi, ular shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi, ulardagi ashyolar va transport vositalari koʻzdan kechiriladi;
  • Qoraqalpogʻistonga kirish va undan chiqish cheklanadi;
  • tinch yigʻilishlar, koʻngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi taqiqlanadi;
  • yuridik shaxslar faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;
  • qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlanadi. Shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi;
  • jismoniy shaxslardan qurol va oʻq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaxslardan esa qurol, oʻq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va oʻquv-harbiy texnika, portlovchi va radiaktiv moddalar vaqtinchalik olib qoʻyiladi

2022-yil 20-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesning iltimosiga binoan 2022-yil 21-iyul soat 05:00 dan boshlab hududida favqulodda holatni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Xalqaro munosabat

  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  AQSh davlat departamenti vakili Ned Price Oʻzbekiston hukumatini insonlarning barcha asosiy huquqlarini, shuningdek, tinch namoyishlar va oʻz fikrini erkin bayon etish huquqini himoya qilishga va insonlarga nisbatan qilingan zoʻravonliklarga qarshi tekshiruv oʻtkazishga chaqirdi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus mustaqillik kuni munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Qoraqalpogʻistondagi namoyishlarda chet elliklar, ayniqsa, Gʻarb vakillari ishtirok etgani haqida gapirdi va bu namoyishlar 2022-yilgi Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan namoyishlarga oʻxshashligini taʼkidladi. Markaziy Osiyoga Xitoyning taʼsiri haqida gapiraturib, shunday dedi: „Xuddi bizdek Markaziy Osiyo ham ikki olov oʻrtasida qolgan: bir tomonda yevropaliklar va amerikaliklar, boshqa tomonda Xitoy. Xitoy Markaziy Osiyoning yashab qolishiga, oyoqda turishiga yordam beryapti. Bu urush yaqin vaqtlarda Oʻrta Osiyoda boʻlib oʻtadi. Buning alomatlari allaqachon maʼlum boʻldi“.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  BMTning inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Michelle Bachelet Oʻzbekiston hukumatini voqealar boʻyicha „tezkor, mustaqil va shaffof tekshiruv oʻtkazishga“ va Qoraqalpogʻistonda internet cheklovini bekor qilishga chaqirdi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Arindam Bagchi tinchlikni saqlash va holatni izdan chiqishini oldini olishda Oʻzbekiston hukumati amalga oshirgan harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Shuningdek, namoyishlar vaqtida halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  2022-yil 4-iyul kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Qirgʻiziston siyosatchilari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan voqealardan juda tashvishga tushganini va oʻz vaqtida qattiqqoʻllik va aniqlik bilan qilingan harakatlar natijasida Qoraqalpogʻistondagi vaziyatni qoʻlga olshga muvaffaq boʻlinganini taʼkidladi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Bayonotda shunday deyiladi: „Biz Oʻzbekiston oliy hokimiyatining Qoraqalpogʻistondagi vaziyatni oʻnglash borasidagi qarorlarini olqishlaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Ishonamiz-ki, birodar Oʻzbekistonda muhim siyosiy sana — Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish borasidagi referendum ostonasida tinchlik va xotirjamlik hukm suradi“.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi bu masala Oʻzbekistonning ichki ishi hisoblanishini taʼkidlagan holda Oʻzbekiston hukumatiga ishonishini aytib oʻtdi. Manfaatdor tomonlarni muammoni ommaviy tartibsizliklar bilan emas, qonuniy vositalar bilan hal qilishga chaqirdi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston hukumati va xalqi bu masalani „sogʻlom aql va tinchlik osoyishtalik bilan“ hal qilishiga ishonishini aytdi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi „Oʻzbekiston rahbariyatining konstitutsion tuzum va qonuniylikni, aholi xavfsizligi va hotirjamligini himoya qilish borasidagi oʻz vaqtida va iroda bilan amalga oshirgan ishlarini“ qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Zhao Lijian Xitoy Oʻzbekiston hukumatining milliy muvozanatni saqlash borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida oʻz tinchligi va birligini saqlab qola olishini taʼkidladi.
  • 2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar  Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonni “Qoraqalpogʻistondagi zoʻravonlik holatlarini ochiq va mustaqil tergov qilishga” chaqirdi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, prezidentning xalq noroziligiga sabab boʻlgan konstitutsiyaga oʻzgartirishlarga tezkor munosabatini qayd etdi. Prezident Yevropa kengashi rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Sud

2023-yilning 31-yanvar kuni Buxoro viloyat sudida 2022-yil 1–2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirganlikda ayblangan 22 nafar sudlanuvchi ustidan sud hukmi eʼlon qilindi.

Sudlanganlar roʻyxati quyidagi jadvalda keltirilgan:

T.r. Sudlanganlarning ism-familiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha ayblangan moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha jazo tayinlangan modda Sud hukmiga koʻra tayinlangan jazo Manba
1 Allabay Toqimbetov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish
2 Amirbek Adilbekov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
3 Arislan Temirxanov 244-modda 3-qismi 57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
4 Azamat Nuratdinov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 4 yil 5 oy 17 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish
5 Azamat Turdanov 244-modda 3-qismi 45-, 57-moddalar 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash
6 Axmet Smetullayev 244-modda 3-qismi 57-modda 4 yil 5 oy 8 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish
7 Bayram Seytniyazov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
8 Baxtiyar Kadirbergenov 244-modda 3-qismi,
277-modda 1-qismi
57-, 59-moddalar 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
9 Berdax Genjebayev 164-modda 2-qismi „b“ bandi,
244-modda 3-qismi,
277-modda 2-qismi „a“ bandi
57-, 59-moddalar 4 yil 10 oy 11 kun muddatga ozodlikni cheklash
10 Dauletmurat Tajimuratov 159-modda 4-qismi,
167-modda 3-qismi „a“ bandi,
243-modda,
244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
59-modda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
11 Daoʻletmurat Djiemuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
12 Lolagul Kallixanova 159-modda 4-qismi,
244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
57-modda 7 yil 5 oy 6 kun yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi lekin OʻzR JKning 72-moddasiga muvofiq jazo 3 oy sinov muddati bilan almashtirilib, sud zalida ozod qilindi
13 Nurlan Nayipov 244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“, „g“
59-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
14 Nurlan Sultamuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
15 Polat Nurniyazov 244-modda 3-qismi 57-modda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
16 Polat Shamshetov 244-modda 3-qismi 45-, 57-modda 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
17 Qaharman Seytimov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
18 Razbek Bekmuratov 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
19 Saipnazar Kalimov 244-modda 3-qismi 57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
20 Salamat Kalilayev 244-modda 3-qismi 57-modda 2 yil 5 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilindi lekin OʻzR JKning 72-moddasiga muvofiq jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilandi
21 Seydabulla Medetov 244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“, „g“ bandlari
59-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
22 Sultanbek Kaipov 244-modda 3-qismi,
244-1-moddasi 3-qismi „a“ bandi
57-, 59-moddalar 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
  • Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev, Dauletmurat Tajimuratov, Daoʻletmurat Djiemuratov va Lolagul Kallixanova ayblangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-, 104-moddasi 3-qismi „a“ bandi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli jinoyat tartibidan chiqarildi.
  • Razbek Bekmuratov va Sultanbek Kaipov ayblangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi „a“ bandi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli jinoyat tartibidan chiqarildi.
  • Azamat Nuratdinov ayblangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi „g“ bandi oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli jinoyat tartibidan chiqarildi.

Bundan tashqari sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard soʻmlik zarardan 256 million soʻmi undirilgani hisobga olingan holda, undirilmagan 6,5 milliard soʻmdan ortiq moddiy zararni sudlanganlardan undirish, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan 228 million soʻm zararni sudlangan Dauletmurat Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli hisoblangan va jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulkni zararni qoplashga qaratish belgilandi.

2023-yilning 17-mart kuni Buxoro viloyat sudi binosida Nukusda ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan 39 nafar sudlanuvchi ustidan sud hukmi eʼlon qilindi.

Sudlanganlar roʻyxati quyidagi jadvalda keltirilgan:

T.r. Sudlanganlarning ism-familiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha ayblangan moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi boʻyicha jazo tayinlangan modda Sud hukmiga koʻra tayinlangan jazo Manba
1 Abdimalik Xojanazarov 244-modda 3-qismi
244-1-modda 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
2 Abzal Naurizbayev 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
3 Adilbek Sariyev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
4 Alimbay Mirzambetov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
5 Alpamis Jumabekov 244-modda 3-qismi
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
6 Alysher Sharapov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
7 Amantay Seytmuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
8 Asilbek Omirzakov 166-modda 2-qismi „a“, „v“ bandlari,
244-modda 3-qismi
57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
9 Aydos Yesemuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
10 Azamat Allanazarov 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
11 Dauletkeldi Nadirbayev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
12 Daoʻranbek Ramanov 244-modda 3-qismi,
247-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandi
57-modda 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
13 Islam Saparov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
14 Islam Polatov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
57-modda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
15 Islambek Aitmuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
16 Kamal Yeshjanov 244-modda 3-qismi 57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
17 Kongratbay Bekpolatov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
18 Kuanishbay Begaliyev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
19 Manas Raxmanov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
20 Muratbay Pirlepesov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
21 Nuratdiyin Xabipov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
22 Nurmuxammed Genjebayev 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
23 Nursultan Baylepesov 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
24 Nursultan Duysenbayev 244-modda 3-qismi,
247-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish
25 Nusret Bauyetdinov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish
26 Omirbek Kurbanov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
59-modda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish
27 Ongarbay Mamutov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
28 Oralbay Dosnazarov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
59-modda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
29 Polat Yesengeldiyev 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“ bandi
57-modda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
30 Quanishbay Baxiyev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
31 Rasul Sultaniyazov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
32 Raximjan Jumabayev 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
33 Ruslan Baimbetov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
34 Rustam Dosimbetov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
35 Timurbek Ismailov 244-modda 3-qismi 57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
36 Yesimqan Qanaatov 244-modda 3-qismi
244-1-modda 3-qismi „a“, „b“, „g“ bandlari
57-modda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash
37 Zairbek Pirjanov 244-modda 3-qismi 57-modda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
38 Zamirbek Tadjimuratov 244-modda 3-qismi 57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
39 Sharapat Ashirbekov 244-modda 3-qismi,
244-1-modda 3-qismi „a“, „g“ bandlari
57-modda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

Jinoyatlar oqibatida 6,5 mlrd soʻmdan ortiq ortiq miqdorga teng moddiy zararni sudlanuvchilardan undirish, sudlanganlarga tegishli boʻlgan va jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklar oʻsha zararlarni qoplashga qaratilishi hukm qilindi.

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Tags:

2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Namoyishga olib kelgan sabablar2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Voqealar xronologiyasi2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Yoʻqotishlar2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Komendantlik soati2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Xalqaro munosabat2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Yana qarang2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Manbalar2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar Havolalar2022 Qoraqalpogʻistondagi Namoyishlar1-iyul2022-yilChimboyDauletmurat TajimuratovMoʻynoqNukusNukus shahriOʻzbekistonOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiQoraqalpogʻiston

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Qon kasalliklariYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiInsoniylikGazlangan suvDasturiy taʼminotMahmudxoʻja BehbudiyQashqirlar makoniSakrashTurkiston muxtoriyatiKompyuter tarmogʻiArastuAmir TemurQadimgi MisrBirinchi jahon urushiOʻzgaruvchan tokSariq kasalligiHibat ul-haqoyiqKonfutsiylikGektarMikroskopDavlatlarning telefon kodlariXorazm Maʼmun akademiyasiBogʻlovchiTojikistonParonimlarFosforPayvandlashIsaac NewtonYurakXalq ijodiHindistonAllohning 99 nomiXotiraRaqobatModdaKimyoBuxoro xonligiNuklein kislotalarAbsattar DerbisaliJanubiy Koreyada taʼlimMantiqiy amallarOʻzbekiston geografiyasiToʻyBuddizmQobiliyatXaritaIslom KarimovInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunYer osti suvlariEgaJismoniy mashqlarSportMeʼmorlikOʻzbek tiliBirlashgan QirollikFargʻonaOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiIssiqlik elektr stansiyalariChumolilarShum bolaAnqara jangiShokDavlatHarorat (Temperatura)MehnatTIMSSOdamMeʼdaMetodOybekIso MasihOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiZulfiyaJanubiy Afrika RespublikasiSanitariyaAbu Ali ibn SinoBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiYorugʻlikning sinishiOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)🡆 More