Qoʻngʻirot Tumani

Qoʻngʻirot tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman.

1927-yil 24-iyulda tashkil etilgan. 1963-yil Xoʻjayli tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 22-fevralda qayta tuzilgan. Shimoli-sharqdan Moʻynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Boʻzatov, janubi-sharqdan Qanlikoʻl, Shoʻmanay tumanlari, janubdan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, gʻarb va shimoldan Qozogʻiston Respublikasining Atirau va Aqtoʻbe viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 74,49 ming km2. Hududi jihatidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi. Aholisi 113,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 ta shahar (Qoʻngʻirot), 6 shaharcha (Jasliq, Oltinkoʻl, Oqshoʻlaq, Elobod, Qoraqalpogʻiston, Janubiy Ustyurt), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Ajiniyoz, Navroʻz, Ornek, Ravshan, Suenlli, Ustyurt, Xorazm, Qipchoq, Qoʻngʻirot) mavjud. Markazi — Qoʻngʻirot shahri.

Qoʻngʻirot tumani
Кунградский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Qoʻngʻirot
Asos solingan sanasi 1930
Hokim Bekzod Madaminov
Rasmiy tillar Oʻzbek,Qoraqolpoq
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Qoʻngʻirot tumani xaritada
58°54′0″E / 43.07000°N 58.90000°E / 43.07000; 58.90000 G O

Tabiati

Yer yuzasi asosan, Ustyurt platosidan iborat. Oʻrtacha balandligi 150–200 m eng baland joyi 290 m (tumanning gʻarbiy qismidagi Qorabo-vur qirida). Markaziy qismida Borsa-kelmas, sharqida Qoraumbet shoʻrxoklari, janubida Asakaovdon botigʻi, Turkmaniston bilan chegaradosh hududida Qoplonqir tekisligining va Sariqamish koʻlining shimoliy qismida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi —4,2°C dan —6°C gacha, iyulniki 26,2°C, baʼzan 28°C ni tashkil etadi. Eng past temperatura yanvarda —24°C, eng yuqori temperatura iyulda 41°C. Yillik oʻrtacha yogʻin 100 mm. Vegetatsiya davri 155—165 kun. Sugʻoriladigan zonalarda 183 kun. Tuman xoʻjaliklari Suelli magistral kanali, Ravshan, Oltinkoʻl kanallaridan suv oladi. Shuningdek, tuman hududiga Mashan koʻli va shimoliy qismida Suelli koʻlining janubiy chekkasi bilan tutashgan. Tuproqlari Ustyurt platosida, asosan, choʻl sur-qoʻngʻir, sugʻoriladigan sharqiy qismida oʻtloqiboʻz va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Shoʻrxok, taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklari, asosan, choʻl oʻsimliklari: shuvoq (jumladan, gul-shuvoq), qirqboʻgʻin, qora saksovul va boshqalar. Amudaryo boʻylarida oʻrmonlar ham mavjud. Yovvoyi hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, qumsich-qon, ilon, kaltakesaklar; kemiruvchilardan ondatra, kalamushlar; qushlardan qirgʻovul, qargʻa, oʻrdak, baliqchi, oʻrdakburun, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar, shuningdek, koreys, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 1,52 kishi (2005). Aholining 41% (44 ming kishi) qishloqlarda, 59% (69,2 ming kishi) shaharlarda yashaydi.

Xoʻjaligi

Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un tortish, soda, temir-beton buyumlari zavodlari, „Ustyurtgaz“ unitar shoʻba korxonasi, Ustyurt qidiruv-parmalash boshqarmasi, „Urganchtransgaz“ shoʻba korxonasining 5 gaz quvurlari tarmogʻi boshqarmasi, Qoʻngʻirot texnologik suv bilan taʼminlash boshqarmasi, lokomotiv va vagon taʼmirlash deposi, gidroinshootlar, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, „TuzLTD“, „Qazqoʻngʻirotkarbid“, „N01T“ qoʻshma korxonalari, „Iygilikgaz“ qoʻshma korxonasining filiali va boshqalari ishlab turibdi.

Tuman qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik, gʻallachilik (shu jumladan, sholichilik), goʻsht-sut chorvachiligi hisoblanadi. Shirkat va fermer xoʻjaliklari, 6 muqobil MTP, „Qoʻngʻirot“ mashina-traktor parki faoliyat koʻrsatadi. Qoʻngʻirot tumanida 40 ming ga yer sugʻoriladi. Shundan 4 ming ga yerga paxta, 4 ming ga yerga sholi, 5,6 ming ga yerga bugʻdoy, 500 ga yerga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi. 170,9 ming gektarga yaqin yer maydoni — oʻrmonzordan (asosan, saksovul, toʻrangʻil va boshqalar) iborat. Qolgan yerlar pichanzor, yaylovlar tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 27,6 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 12 mingga yaqin sigir), 58,9 mingga yaqin qoʻy va echki, 1,2 mingga yaqin yilqi boqiladi. Moʻynoq baliq zavodining Qoʻngʻirot filiali ishlab turibdi.

2004—2005-oʻquv yilida tumanda 56 umumiy taʼlim maktabi (26 mingdan ziyod oʻquvchi), 2 kasb-hunar kolleji (3,3 ming oʻquvchi), biznes maktabi filiali, „Progress“ oʻquv markazi, 21 kutubxona, tuman tarixi muzeyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona majmui, teri kasalliklari, sil kasalliklari dispanserlari, 3 poliklinika, 24 feldsher-akusherlik punkti, 7 ovul vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq kasalxonasi va boshqa tibbiy muassasalarda 196 vrach, 1084 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumandagi avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 996 km, shundan 375,5 km avtotrassasi, temir yoʻllar uzinligi 340 km ni tashkil etadi. Buyuk ipak yoʻlidagi xalqaro yoʻl qurilishining bir qismi tuman hududida olib borilmoqda. 1944-yildan „Qoʻngʻirot haqiqati“ tuman gazetasi chop etiladi (adadi 2300).



Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Namangan viloyatiRim raqamlariVijdon erkinligiSuvni tozalashNavoiy viloyatiXalqaro terrorizmOʻzbekiston mobil telefon kodlariBuyuk Ipak yoʻliMDHChingizxonVladimir LeninAzotMisVoyaga yetmaganlar javobgarligiIdrokMarsGektarIchki sekretsiya bezlariDramaAleksandr PushkinMaʼnaviyatShaxsKuzatishHayzOʻzbekistonSakrashMorfologiyaBirinchi yordamNatural sonBirlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkilotiQonInson yuragiZardushtiylikSimmetriyaOvqat hazm qilishBuxoro viloyatiYusuf Xos HojibDoʻstlikQonun (huquq)Oʻzbekiston siyosiy partiyalariTabiatTibbiyotDunyoqarashKlaviaturaIkki nuqtaMetallarLenta.ruYevrosiyoMatnQalqonsimon bezQazo namoziChadPsixikaTovush (tilshunoslik)InterpolIzohli lugʻatEmailAbu Ali ibn SinoUslubMarketingKirish soʻzlarSanʼatOmonimlarMissionerlikXiva xonligiImloInfeksion kasalliklarAluminiyOrfoepiyaKompyuterLugʻatTabiatni muhofaza qilishMediasavodxonlikDeformatsiyaMasturbatsiyaAxloqBaliqlarGenetikaMantiq🡆 More