Ob-Havo Xaritalari

Ob-havo haritalari - meteorologik va aerologik st-yalardan olingan maʼlumotlar (sonlar va shartli belgilar) ni geografik haritalarga koʻchirib tuziladigan sinoptik va aerologik haritalar.

Yer yarim shari, butun Yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik rayonlar uchun tuzilishi mumkin. O.-h. x. ob-havo byurolarida kuniga bir necha marta tu-zilib, odatda, kuzatishdan olingan maʼlumotlar asosida EHM lar va max-sus moslamalar yordamida tayyorlanadi. O.-h. x. da konik, merkator, stereografik proyeksiyalardan foydalaniladi. Ularda quruqlik, dengiz va boshqa orografiyalarning muhim xususiyatlari beriladi. O.-h. x. kompleks, aerologik, yordamchi haritalarga boʻlinadi. Ular ob-havo xizmatida muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu haritalarni tahlil qilib, boʻlib oʻtgan, hukm surayotgan va boʻlajak ob-xavo anikdanadi. Meteoro-logik maʼlumotlar asosida tuzilgan haritalar Yer yaqini sinoptik O.-h. x.lari, aerologik kuzatish natijalari tu-shirilgan haritalar barik topografiya yoki aerologik haritalar deyiladi. Kompleks harita sinoptik harita boʻlib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, temperaturasi va namligi, uzoqni koʻrish masofasi, har xil bulutlar, yogʻin turlari, atmosfera hodisalari va h.k. ifodalanadi. Kompleks haritalardan ob-havoni va atmosfera sinoptik holatini tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik haritalar atomosfe-raning maʼlum balandliklari uchun tuziladi. Bu haritalarda shamol tezligi va yoʻnalishi, temperatura, namlik va h.k. bel-gilanadi. Aerologik haritalar, asosan, aviatsiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik haritalarga qoʻshimcha qilib, ayrim meteo-rologik elementlar (mas, tumanlar, chang boʻronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yogʻinlar, eng yuqori va eng past temperaturalar, tropopauza balandligi va boshqa asosida) tuziladi. Kichik rayonlar uchun tuziladigan O.-h.x. mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻp sonli me-teorologik st-yalar maʼlumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviatsiya xizma-ti uchun moʻljallangan O.-h.x. maʼlum rayon uchun uni halqa koʻrinishida oʻrab olgan zich meteorologiya st-yalari maʼlumotlari asosida tuzilgan ob-havo haritasi asosida qisqa vaqt oraligʻi uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz haritalari tayyorlanadi.

Tohir Muxtorov.

Manbalar





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Fonetik oʻzgarishlarOʻzgaruvchan tokIntegratsiyaCristiano RonaldoHasharotlarTuproqMustaqil davlatlar hamdoʻstligiYogʻMateriyaTuzlarPsixikaKimyoviy elementlar davriy sistemasiAminokislotalarSon (tilshunoslik)Irsiy kasalliklarChatqol biosfera qoʻriqxonasiUnli tovushlarEpistemologiyaSinkveyinMisr piramidalariInson va fuqaroning huquq va erkinliklariYurakWilliam ShakespeareTurkiston general-gubernatorligiLimfa sistemasiSaid AhmadBiologiyaGemoglobinIjtimoiy tarmoqMikroskopOʻzbekiston viloyatlariIvan KrilovImom al-BuxoriyBuyrakQobusnomaJangi loyFuqarolarning huquq va burchlariAflotunTelevizorOʻzbekistonda taʼlimForobiyShum bola (film)Amir TemurIqbol MirzoOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasiOʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)Pul-kredit siyosatiSulfat kislotaToʻlepbergen QayipbergenovProteinlarGandbolSpirtlarGenetikaIslomAnafilaktik shokXristianlikPayvandlashQonunMassaMicrosoft AccessShaxmatSamarqand viloyatiRassomlik sanʼatiOʻrta OsiyoHadisIzohli lugʻatPedagogikaYarimoʻtkazgichJanubiy Afrika RespublikasiYevgeniy OneginOʻlatTinish belgilariShartnomaElektromagnit induksiyaFutbolMarketingTasavvuf🡆 More