Oʻrgimchak

Oʻrgimchaklar —bu o'rgimchaksimonlar oilasiga mansub Haqiqiy quruqlikda yashovchi bo`g`imoyoqlilar, Og`iz organi 2 juft: Og‘iz organlarining birinchi jufti ustki jag‘lar hisoblanadi.

Ustki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘simtadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag‘larning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va uni o‘ldiradi.O‘rgimchaklarning ikkinchi juft og‘iz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, tuyg‘u organi hisoblanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘imlari pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan. Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining orqa tomonida butsimon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida uch juft o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bezlarining yo‘llari ochiladi. . o`pka orqali nafas oladi. ayrim jinsli(urg`ochi va erkakka bo`linuvchi) organizm. oʻrgimchaksimonlar turkumi -- Uzunligi 0,7 sm dan 11 sm gacha boʻladi. Koʻpchilik oʻrgimchaklar tanasi qisqa poyacha orqali tutashgan yaxlit boshkoʻ krak va qorin bolimidan iborat; faqat boʻgʻimqorinli oʻrgimchaklar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan. Xelitserasiga zahar bezlari yoʻli ochiladi. Qorin boʻlimi keyingi qismida 1—4 juft toʻr bezlari joylashgan. 51000 dan ortiq turi mavjud, jumladan Oʻzbekistonda bir necha yuz turi bor. 3 kenja turkumga ya'ni: boʻgʻimqorinlilar, qushxoʻr oʻrgimchaklar va oʻpkali oʻrgimchaklarga boʻlinadi. Boʻgimqorinlilar tuban tuzilgan 10 ga yaqin tropik oʻrgimchaklarni oʻz ichiga oladi. Qushxoʻr oʻrgimchaklar, asosan, tropikada tarqalgan, 1500 ga yaqin yirik (10 sm gacha) turlardan iborat. Koʻpchilik oʻrgimchaklar murakkab toʻr toʻqib, oʻljasini toʻr yordamida tutadi. Faol hayot kechiradigan turlari toʻr toʻqimaydi, inda yashaydi. Yirtqich oziqlanadi, ayrim turlari uchun kannibalizm xos. Oʻrgimchaklar zararkunanda va parazit hasharotlar va boshqalar umurtqasizlar bilan oziqlanishi tufayli foydali hisoblanadi. Qoraqurt va biylar zahri o`rgimchak bo`lib, odam uchun xavfli.

Oʻrgimchak

Manbalar




Tags:

BiylarHasharotlarOʻrgimchaksimonlarParazitizmQoraqurtlarTanaTur (biologiya)TurkumUmurtqasizlarZahar bezlariZararkunanda hasharotlar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

KoʻrishOʻlchash asboblariQidiruv tizimiDasturiy taʼminotXavfsizlik texnikasiKelishikInson tanasiOʻpkaOscarCristiano RonaldoOmmaviy axborot vositalariKimyoHuquqIchki sekretsiya bezlariOrtopediyaFrilanserQadimgi RimGidroelektr stansiyaIslomEtikaQonunErkak jinsiy aʼzosiDavlatOʻzgaruvchan tokAmudaryoYalpi milliy mahsulotQandli diabetMikroorganizmlarPul-kredit siyosatiMatematikaFaoliyatKiberterrorchilikFalsafiy antropologiyaGarov (hikoya)Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariDinAbu Rayhon BeruniyIlmiy tadqiqotSimfoniyaIshlab chiqarishni tashkil etishBachadonOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiMuhammad Sodiq Muhammad YusufYevropa davlatlari roʻyxatiHindistonAbbosbek FayzullayevGektarOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiZotiljamSuyak sinishiFaradey qonuniToʻlqinlarMissionerlikUslubOila tarbiyasiQashqadaryo viloyatiMenejmentIqtisodiyot nazariyasiGimnastikaAfrikaRassomlik sanʼatiOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)Oʻtkan kunlarOʻzbek milliy akademik drama teatriIssiqlik elektr stansiyalariFizikaTasavvufOdil YoqubovMoʻgʻullar davlatiAleksandr PushkinGʻafur GʻulomIslom KarimovValiahdDunyoning yetti moʻjizasiAflotunViruslarKutubxonaNutq madaniyati🡆 More