Muso Saidjonov: Oʻzbek davlat va jamoat arbobi.

Muso Yoʻldoshevich Saidjonov (1893-yil, Buxoro, Buxoro amirligi — 1937-yil 25-oktyabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek davlat va jamoat arbobi.

Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandasi, maʼrifatparvar; tarixchi, sharqshunos va manbashunos olim, arxeolog-professor (1935). Ilk oʻzbek professorlaridan biri.

Muso Saidjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1893-yil
Buxoro, Buxoro amirligi
Vafoti 25-oktyabr 1937-yil(1937-10-25)
(44 yoshda)
SSSR
Fuqaroligi Muso Saidjonov: Kelib chiqishi, Tarixi, Manbalar Buxoro amirligi
Muso Saidjonov: Kelib chiqishi, Tarixi, Manbalar BXSR
Muso Saidjonov: Kelib chiqishi, Tarixi, Manbalar SSSR
Turmush oʻrtogʻi Rizvonxon Saidjonova
Bolalari Muhtarama Saidjonova
Sevara Saidjonova
Narzullo Saidjonov
Habib Saidjonov
Ulugʻbek Saidjonov
Salim Saidjonov
Onasi Halima Polvonova
Otasi Yoʻldoshboy Saidjonov
Taʼlim Mir Arab madrasasi
Yangi Buxorodagi rus-tuzem maktabi
Dini Islom

Kelib chiqishi

Muso Saidjonovning bobosi Saidboy qorakoʻlfurush Buxoro amirligi poytaxtining arabon guzarida istiqomat qiluvchi eng yirik savdogarlardan boʻlgan. U qorakoʻl teri, jun, ipak tolasi bilan savdo qilishdan tashqari katta yer maydonlariga ham ega boʻlgan, ularni mahalliy dehqonlarga ijaraga berish hisobidan daromad koʻrgan. Saidboy qorakoʻlfurush savdo karvonlari bilan Rossiya, Xitoy, Germaniya va boshqa olis mamlakatlarga safar qilib, qoʻlga kiritgan daromadi hisobidan koʻchmas mulk xarid qilgan. Xususan, Germaniyaning poytaxtida uning toʻrt qavatlik mehmonxonasi boʻlgan. Buxorolik tijoratchilar Berlinga kelishganida xuddi shu mehmonxonada istiqomat qilishgan. Saidboy qorakoʻlfurush tijoratining sof foydasini savob ishlarga ham sarf etgan ekan. Jumladan, har gal Xitoyga safar qilganida, albatta bozorga kirib, qullikka haydalgan Oʻrta Osiyo xalqlari vakillarini sotib olar va Buxoroga qaytgach ularni ozod qilar ekan.

Muso Saidjonovning otasi Yoʻldoshboy tez-tez Rossiya va Xitoyga qatnab, Moskva va uygʻur yarmarkalarida teri bilan savdo qilgan. U Muso boshlangʻich maktabda oʻqib yurgan kezlarda toʻsatdan 47 yoshida yurak xastaligiga duchor boʻlib, vafot etgan.

Tarixi

Yoʻldoshboy oʻgʻli Muso savod chiqarishi uchun uni Buxorodagi Xoʻja Abdulloyi Safedmun masjidi oldida faoliyat yuritgan boshlangʻich maktabga bergan. Muso maktabdagi taʼlimining birinchi yilida arab alifbosi va fors imlosini oʻrgangan, ikkinchi yilida esa Qurʼon suralarini oʻrganish uchun oʻziga xos xrestomatiya vazifasini bajarar Haftiyakni yodlagan, soʻngra Qurʼonni bevosita mutolaa etishga kirishgan. U besh yil boshlangʻich maktabda taʼlim olib, savod chiqargan.

Muso Saidjonov 12 yoshida maktabni bitirganidan soʻng, 4 yil mobaynida Buxorodagi Mir Arab madrasasida, mulla Abdusalom hujrasida undan alohida dars olib, arab tilini mukammal darajada oʻrgangan, soʻng bir muddat akasi Qurbon Saidjonovning doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan.

Muso Saidjonov 1904-yilda Yangi Buxorodagi rus-tuzem maktabiga oʻqiy boshlagan. U bu yerda rus tili va adabiyoti, Rossiya imperiyasi va jahon tarixi, amaldagi rus qonunchiligi, arifmetika, geometriya, geografiya, tibbiyot, rasm chizish fanlarini oʻrta bilim yurti dasturi darajasida oʻrganib, maktabni 1908-yilda tamomladi. Bu davrda rus-tuzem maktabining mudiri Vasiliy Vyatkin edi.

1913-yildan Yosh buxoroliklar partiyasi safida. Kolesov voqeasidan keyin Buxoroni tark etgan. Toshkentda oʻqituvchilar institutini tugatgach, Xoʻjandda muallimlik qilgan va teatr toʻgaraklarida qatnashgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Saidjonov oziq-ovqat noziri (1920-yil sentyabr — 1921-yil mart), iqtisodiyot noziri muovini (1921-yil mart — avgust), davlat nazorati noziri (1921-yil oktyabr 1922-yil yanvar), CHK (Favqulodda komissiya) raisi (1921-yil avgust — sentyabr), moliya noziri (1922-yil fevral—aprel), Xalq Xoʻjalik Oliy Kengashi raisi muovini (1922-yil oktyabr — 1923), maorif noziri (1923-yil iyun — 1924). Buxorolik talabalarni Germaniyaga oʻqishga yuborish tashabbuskorlaridan biri. „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatida qatnashib, A. Z. Validiy bilan yaqin aloqada boʻlgan. Saidjonov Buxoro ilmiy jamiyatini tuzish (1921) da faol qatnashgan va BXSR da maorif muassasalarini tashkil qilish, meʼmoriy obidalarni muhofazalash, tarixiy qoʻlyozmalarni toʻplab, ularni tartibga solish, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash kabi ishlarda jonbozlik koʻrsatgan. Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, uning Samarqand boʻlimi ilmiy xodimi (1925— 36). S. oʻzbek olimlaridan birinchi boʻlib sharqshunoslarning Leningradda boʻlgan 3-kongressi (1935)da qatnashgan va Koʻchkunchixon maqbarasi haqida ilmiy maʼruza qilgan. Ilmiy faoliyati uchun olimga professor unvoni berilgan. „Shahrisabz meʼmoriy yodgorliklari tarixi“, „Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari“, „Shayx Sayfiddin Boharziyning vaqfnomasi“ nomli asarlar muallifi.

Saidjonov oʻzbek davlatchiligi tarixi masalalarini xolis tadqiq qilgani, madaniy merosga hurmat bilan yondoshgani, „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatiga katnashgani uchun sovet rejimi tomonidan Samarqandda qamoqqa olingan (1937-yil 13 aprel) va otib tashlangan. 1965-yil 2 dekabrda oklangan.

Manbalar

Adabiyot


Tags:

Muso Saidjonov Kelib chiqishiMuso Saidjonov TarixiMuso Saidjonov ManbalarMuso Saidjonov AdabiyotMuso SaidjonovBuxoroBuxoro amirligiOʻzSSRSSSRToshkent

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Temuriylar shajarasiAdibSomoniylar davlatiQalqonsimon bezNamangan viloyatiSaudiya ArabistoniSayyoraTafakkurReklamaDasturiy taʼminotHajmIjtimoiy himoyaGoogleGimnastikaKognitiv psixologiyaTilBirlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibiSuyak sinishiYaponiyada taʼlimAzot oksidlariMicrosoft AccessAbbosbek FayzullayevAxborot jamiyatiMetodologiyaKoʻp nuqtaInson yuragiFosforKoʻmakchiOqsaroy (Shahrisabz)Muqaddas kitoblarSoliq stavkasiTojikistonObrazAfgʻonistonOvqatdan zaharlanishKimyoviy elementlar davriy sistemasiHibat ul-haqoyiqIchki sekretsiya bezlariShanxay hamkorlik tashkilotiEkologik omillarSulfat kislotaShukur XolmirzayevQonun (huquq)UyquJinsiy aloqaHermes (fazo kemasi)Amerika Qoʻshma ShtatlariYunus RajabiyKasallikRivojlanishYevropa IttifoqiZotiljamCristiano RonaldoIshlab chiqarishUfq (trilogiya)IroqSilYupiterNormativ-huquqiy hujjatlarFrilanserKutubxonaSpirtlarGlobal muammolarYuridik shaxsMehnatOkeanKompozitsiyaOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiQadimgi MisrToʻqimaNeptunKosmik kemaTilshunoslikOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiMetrologiyaQoraqalpogʻiston madhiyasiMaʼrifatIngliz tili🡆 More