Margaret Hilda Thatcher (talaffuzi: Margaret Hilda Tetcher; qizlik familiyasi — Roberts; 13-oktabr 1925 – 8-aprel 2013) – Britan siyosatdoni, 1979—1990-yillarda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻlgan.
Thatcher shu mansabdagi birinchi ayol kishi boʻlgan. Qattiqqoʻl siyosati va rahbarligi uchun bir Sovet muxbiri uni „Temir Xonim“ (inglizcha: Iron Lady; ruscha: Железная Леди) deb atagan, bu laqab keyinchalik keng tarqalib ketgan. Bosh vazirlik vaqtida konservativ siyosat yuritgan.
Margaret Hilda Thatcher | |
---|---|
Tavalludi | Margaret Hilda Roberts 13-oktyabr 1925-yil Grantham, Lincolnshire, Birlashgan Qirollik |
Vafoti | 8-aprel 2013-yil (87 yoshda) Buyuk Britaniya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Otasi | Alfred Roberts |
Onasi | Beatrice Ethel Stephenson |
Avvaliga kimyo bilan shugʻullangan Thatcher keyinchalik huquqshunoslikka oʻtgan va 1959-yili parlament aʼzosi etib saylangan. 1970-yili Edward Heath uni Taʼlim va Fan davlat kotibi etib ishga olgan. 1975-yilgi Konservatorlar saylovida Thatcher rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol-yetakchisi boʻldi. 1979-yilgi saylovda ham yengib chiqib, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri boʻldi.
Thatcher yillari deregulatsiya bilan xarakterlanib, shu muhlat davomida u hukumat shirkatlarini xususiylashtirish, kasaba uyushmalari taʼsirini cheklash kabi konservativ islohotlar olib bordi. Ishsizlik va retsessiyadan susaygan Thatcher hukumati ostida mamlakat keyinchalik iqtisodiy oʻsish koʻrdi va 1982-yili Folklend urushida gʻalabaga erishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli Thatcher 1983-yili qayta saylandi.
Thatcher 1987-yili uchinchi muhlatga saylandi, biroq uning jon boshidan olinadigan soliq ʼelon qilishi aholi orasida norozilikka sabab boʻldi, Yevropa Hamkorligiga nisbatan qarashlari esa uning mahkamasi tomonidan xush qarshilanmadi. Natijada 1990-yil noyabrida Thatcher isteʼfoga chiqdi va umrining oxirigacha baronessa unvonida va Lordlar uyida qoldi.
Margaret Thatcher 2013-yil 8-aprelida insultdan vafot etdi.
Vikiomborda Margaret Thatcher haqida turkum mavjud |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Margaret Thatcher, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.