Machu Picchu

13°09′48″S 72°32′44″W / 13.16333°S 72.54556°W / -13.16333; -72.54556 G O 72°32′44″W / 13.16333°S 72.54556°W / -13.16333; -72.54556 G O Machu Picchu (talaffuzi: Machu Pikchu) 15-asrda bunyod etilgan Janubiy Peruning Sharqidagi Kordilyera (balandligi 2430m) togʻ tizmasida joylashgan.

Tarixiy yodgorlik Urubamba viloyati Machupikchu tumani yuqorisida, Muqaddas Vodiydan 80 kilometr (50 milya) shimoli-gʻarbda joylashgan. Urubamba daryosi uning yonidan Kordilyerani kesib oʻtib, tropik togʻ iqlimi bilan Kanyon hosil qiladi.

Machu Picchu
Perudagi Machu PiKchu tarixiy yodgorligi

Koʻpchilik ingliz yoki ispan tillarida soʻzlashuvchilar uchun Picchudagi birinchi „c“ harfi deyarli talaffus qilinmaydi. Ingliz tilida bu nom/ˌmɑːtʃuː ˈpiːtʃuː/ yoki /ˌmætʃuː ˈpiːktʃuː/, sifatida ispan tilida [ˈmatʃu ˈpitʃuʃ] yoki [ˈmatʃu ˈpitʃuʃ] yoki [ˈmatʃu ˈpitʃuʃ] ([ˈumatʃuʃ] ([ˈumatʃe] va [ˈmatʃe]) sifatida talaffuz qilinadi. Oʻzbek va rus tillarida esa uni Machu Pikchu deya atash odat tusiga kirgan.

Inklar mayyalardan farqli oʻlaroq, yozma tilga ega emas edilar va maʼlum boʻlishicha, 19-asrga qadar hech bir yevropalik bu yerga tashrif buyurmagan. Shu sababli, ushbu hududga doir yozma manbalar deyarli yoʻq. Binolarning nomlari, ularning taxminiy foydalanish joylari va ularning aholisi zamonaviy arxeologlarning mahsuli bo‘lib, ashyoviy dalillar, jumladan, o‘sha joydagi qabrlar asosida yaratilgan.

Taxminan 1440-yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532-yilda to‘satdan huvillab bo‘shab qolgan shahar ancha vaqt kishilarning eʼtiboridan chetda bo‘lgan. Tog‘ shamollarining yemirishi va o‘t-o‘lanlar qoplab olishi tufayli shahar asta-sekin yo‘qlolib bora boshlagan. Shaharga 1911-yilda amerikalik tarixchi olim Hayram Binghem tasodifan kelib qoladi.

2007-yil 7-iyulda Machu-Pikchu jahonning yangi yetti mo‘'jizasidan biri sifatida tan olinadi. 13-iyul kuni Peru prezidenti Alan Garsia bu kunni bayram sifatida nishonlash haqidagi farmonini imzolaydi.

Bugun Machu-Pikchu jahonning eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi: bu yerga Kusko shahridan poyezdda kelish mumkin, yo‘lga uch soatcha vaqt sarflanadi. Biroq toqqa piyoda chiqishni istaydiganlar topiladi. Inklar so‘qmog‘i bo‘ylab chiqish uchun bir necha sutka vaqt ketadi.

Machu Picchu 1981-yilda Peru tarixiy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan va 1983-yilda UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 2007-yilda Machu Picchu butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan internet-soʻrovnomada Yangi Dunyoning yetti moʻjizasi sifatida eʼtirof etilgan.

Etimologiya

Kechua tilida machu soʻzi „qari“ yoki „keksa odam“ degan maʼnoni anglatadi, pikchu esa „kokaning maydalangan qismi“ yoki „piramida; uchli, koʻp qirrali qattiq konus“ degan maʼnolarni bildiradi. Shunday qilib, yodgorliknomi baʼzan „eski togʻ“ deb talqin qilinadi. Yodgorlik ikkita tog ' choʻqqilari:Machu-Pikchu va Huayna-Pikchu orasidagi tor egarda joylashgan.

Tarixi

Machu Picchu 
Machu Picchu, Peru

Machu Pikchu (Yale universitetining antropologiya professori Richard L. Burger fikrlariga koʻra) 1450-yillarda qurilgan deb hisoblangan. Biroq, 2021-yilda Richard Burger boshchiligidagi tadqiqotchilar Machu Pikchu eramizning 1420-1530-yillarida bunyod etilgan bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun radiokarbon tahlilidan (xususan, AMS) foydalanganlar. Qurilish ikki buyuk Inka hukmdori Pachacutec Inca Yupanqui (1438-1471) va Tupac Inca Yupanqui (1472-1493) tomonidan boshlangan.   Arxeologlar orasida Pachacutec qurilishiga buyruq bergan degan konsensus mavjud. Muvaffaqiyatli harbiy yurishdan keyin, ehtimol, chekinish sifatida foydalanish uchun qirollik mulki sifatida qurilgan boʻlishi ham mumkin. Garchi Machu Pikchu „qirollik“ mulki hisoblansa-da, u merosxoʻrlarga taqsimlab berilmagan. Toʻgʻrirogʻi, u tashlab ketilgunga qadar 80 yil davomida aholi tomonidan foydalanilgan. Inka imperiyasining boshqa qismlarida ispanlar tomonidan bosib olingani tufayli hudud qarovsiz qolgan. Ehtimol, uning aholisining aksariyati ispan konkistadorlari hududga kelgunga qadar sayohatchilar tomonidan keltirilgan chechakdan vafot etgan boʻlishi mumkin.

Geografik joylashuvi

Machu Picchu 
Machu Picchu — Peru

Machu-Pikchu janubiy yarimsharda, ekvatordan 13,111 daraja janubda joylashgan. U Kusko shahridan 80 kilometr (50 milya) shimoli-gʻarbda, Machu-Pikchu togʻining tepasida, oʻrtacha dengiz sathidan taxminan 2,430 metr (7,970 fut) balandlikda, Kuskodan 1000 metr (3,300 fut) pastroqda joylashgan. Shunday qilib, u Inka poytaxtiga qaraganda iliqroq iqlimga ega edi. Bu Janubiy Amerikadagi eng muhim arxeologik yodgorliklardan biri, Lotin amerikasi va jumladan Perudagi eng koʻp tashrif buyuriladigan sayyohlik joylaridan hisoblanadi.

Machu-Pikchu nam yozi va quruq sovuq qishi bilan ajralib turadi, yillik yomgʻirning asosiy qismi oktyabrdan martgacha boʻlgan davrda yoʻgadi.

Machu Pikchu Urubamba daryosining yoyi ustida joylashgan boʻlib, u yodgorlikni uch tomondan oʻrab turadi, u yerda qoyalar daryoga vertikal ravishda 450 metr (1480 fut) pastlikka tushadi. Hudud ertalab daryodan koʻtarilgan tumanlar bilan qoplanadi. Shaharning joylashuvi harbiy sir boʻlib, uning chuqur jarliklari va tik togʻlari tabiiy himoyani taʼminlaydi. Pongo-de-Mainikedagi Urubamba daryosi boʻylab Inka oʻt arqonli koʻprigi boʻlgan Inca koʻprigi Inka armiyasi uchun maxfiy kirishni taʼminlagan. Yana bir Inka koʻprik Machu-Pikchu gʻarbida, daraxt tanasidan qilingan boʻlib, 6 metr (20 fut) oʻlchamdagi qoyada boʻshliq paydo boʻlgan joyda qurilgan.

Shahar Machu-Pikchu va Xuayna-Pikchu togʻlari oʻrtasidagi egarda joylashgan, uning orqa tomonida ikki vodiyning ajoyib manzarasi va deyarli oʻtib boʻlmaydigan togʻ manjzarasi manoyon boʻladi. U koʻp yillardan buyon qurimagan buloqlar orqali suv bilan taʼminlanadi. Unga olib boradigan tepaliklar ekinlarni yetishtirish uchun koʻproq qishloq joylariga ega boʻlish va bosqinchilar koʻtarilishi mumkin boʻlgan qiyaliklardan baland boʻlishi uchun terrasalar bunyod etilgan. Terrasalar tuproq eroziyasini kamaytiradi va koʻchkilardan himoyalaydi. Machu-Pikchudagi ikkita baland binolar turkumi togʻlarni kesib oʻtib, Kuskoga tomon yoʻnaladi, ularning biri Quyosh darvozasi orqali, ikkinchisi esa Inka koʻprigi orqali kirish yoʻllariga ega. Agar bosqinchilar binolarga yaqinlashsa, ikkala yoʻlni ham osongina toʻsib qoʻyish mumkin edi.

Turizm

Machu Picchu 
Machu Picchuga 2016-yil dekabrda uyushtirilgan sayohat

Machu Picchu ham madaniy, ham tabiiy UNESCOning Jahon merosi ob’ekti hisoblanadi. 1911-yilda qayta kashf etilganidan buyon har yili sayyohlar soni ortib bormoqda, ularning soni 2017-yilda 1,4 milliondan oshdi. Peruning eng koʻp tashrif buyuriladigan turistik diqqatga sazovor joyi va asosiy daromad ishlab chiqaruvchi hududi sifatida ham etirof etiladi. 1990-yillarning oxirida Peru hukumati teleferik va hashamatli mehmonxona, jumladan, butiklar va restoranlarga ega sayyohlik majmuasi hamda bu yerga koʻprik qurilishiga ruxsat beradigan koʻplab imtiyozlar joriy etdi. Koʻp odamlar, jumladan, peruliklar va chet ellik olimlar, koʻplab tashrif buyuruvchilar ham yangi quriluvchi binolarning xarobalarga jismoniy yuk boʻlishini aytib, rejalarga norozilik bildirishdi. 2018-yilda peruliklarni Machu-Pikchuga tashrif buyurish va ichki turizmni rivojlantirish uchun yana teleferik qurish rejalari qayta tiklandi. Hududning tepasida parvozlar taqiqlangan hudud mavjud. UNESCO Machu Pikchuni xavf ostidagi Jahon merosi ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

1980-yillarda Machu-Pikchuning markaziy maydonidagi katta tosh, vertolyotda qo‘nish zonasini yaratish uchun boshqa joyga ko‘chirildi. 1990-yillarda hukumat vertolyot qoʻnishini taqiqlagan. 2006-yilda Kuskoda joylashgan Helicusco kompaniyasi Machu-Pikchu ustidan sayyohlik parvozlarini amalga oshirishga ruxsat olishga urinib koʻrdi. Natijada litsenziya tez orada bekor qilindi.

Turistlarning oʻlimi odatda, balandlikdan q`orqish, suv toshqini va piyoda yurishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar bilan bogʻliq. UNESCO yer koʻchkilari, zilzilalar va chirigan tuzilmalar tufayli jarohatlanish xavfi yuqori boʻlgan joyda sayyohlarga sayr qilishga ruxsat bergani uchun tanqidga uchradi.

2014-yilda Machu-Pikchuda yalang‘och turizm tendentsiyaga aylandi va Peru Madaniyat vazirligi bu faoliyatni qoraladi. Kuskoning mintaqaviy madaniyat direktori amaliyotni tugatish uchun kuzatuvni kuchaytirdi.

1994-yildan 2019-yilgacha Machu-Pikchu milliy arxeologik bogʻining boshligʻi Peru antropologi va arxeologi Fernando Astete boʻlib, u oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida yodgorlikni saqlash va tadqiq qilish boʻyicha ishlab kelgan. Uning park direktori sifatida olib borgan tadqiqotlari natijasida qoʻriqxonaning qurilish jarayonlari va funktsiyalari ilmiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etildi va keng jamoatchilikka Inka landshafti haqida yaxshiroq tushuncha berishga erishildi. Endilikda ular tobora koʻproq barqaror turizmni amalga oshira boshladilar.

Manbalar

Yana qarang

Peru

UNESCO

Lotin amerikasi

Tags:

Machu Picchu EtimologiyaMachu Picchu TarixiMachu Picchu Geografik joylashuviMachu Picchu TurizmMachu Picchu ManbalarMachu Picchu Yana qarangMachu PicchuGeografik koordinatalarPeru

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TurizmAbdulla QahhorBayerische Motoren Werke AGKoʻchirma gapJazoirAbbosbek FayzullayevShaharGrammatikaVikipediyaZamburugʻlarMuhammad ShayboniyVoleybolAxborotKategoriyalarParlamentOʻzbekistonda taʼlimPaleografiyaYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiBraziliyaSoʻz turkumlariSurxondaryo viloyatiAnal jinsiy aloqaMoliya tizimiShaxsAmir TemurKreditOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiHayvonlarElektr tokiYurak-oʻpka reanimatsiyasiMuloqotBuxgalteriya balansiVladimir PutinIso MasihOqsaroy (Shahrisabz)QuturishQarilikIslom mazhabchiligiTib qonunlariOrttirilgan immun tanqisligi sindromiRuhiy kasallikHukmYuridik shaxsSterilizatsiya (mikrobiologiya)Bosh miyaSiyosiy partiyalarInduktivlikAromatik uglevodorodQobiliyatOnkologiyaYurak poroklariQonun (huquq)Jinsiy aloqaAseptikaSunʼiy intellektKompyuter grafikasiGloballashuvOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiSWOT tahliliSaraton (kasallik)Qattiq jismOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiIngichka ichakTalab va taklifAzonFaoliyatAnatomiyaIqtisodiyot nazariyasiSotsiologiyaInson yuragiBirinchi jahon urushiKuydirgiSoʻz yasalishiKuyishQonMirzo UlugʻbekAvestoRivojlanishQadimgi turkiy tillar🡆 More