Lxasa

Lxasa (tibetcha xudolar makoni) — Xitoyning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar.

Tibet muxtor rayonining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Tibet togʻligidagi Jichu daryosi (Brahmaputra irmogʻi) vodiysida, dengiz sathidan 3650 m balandlikda joylashgan. Avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning boshqa tumanlari bilan bogʻlangan. Aholisi 140 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). L.da oziq-ovqat, yogʻochsozlik, koʻn, metallsozlik, farmatsevtika, mayda mashinasozlik, kimyo korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, diniy marosim buyumlari tayyorlanadi. Geofizika rasadxonasi, meteorologiya va qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasi bor. Mahalliy koʻmir asosida issiqlik elektr st-yasi ishlab turibdi. Qadimda L. oʻrnida qoʻrgʻon boʻlgan. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelgan. 7-asrda dastlabki Tibet davlatining poytaxti boʻlgan. 15—17-asrlarda L. Tibetning dunyoviy va buddizm (lamaizm) dinining markazi edi. Shaharning shim.-gʻarbidagi baland qoyali qismida 13 qavatli saroy — Potala saroy-monastiri (Dalay-lama qarorgohi) joylashgan. Uning asosiy qismi — "Qizil saroy" oltin bilan bezatilgan. L. yaqinida 3 ibodatxona bor.


Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ElektrNuklein kislotalarPoʻlatSamarqand viloyatiParallelepipedOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariIchki sekretsiya bezlariSuyakHayvonot bogʻlariIjtimoiy himoyaYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiRus tiliTugʻruqHomiladorlikYurak-qon tomir kasalliklariKompyuter grafikasiBorliqPlutonElektronGazlangan suv143Axborot jamiyatiYulduzMeningitTabiatTilshunoslikHijriy yil hisobiDavlatlar roʻyxatiMuhammad FuzuliyInson huquqlariShaxsSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiDunyoning ishlariBetonAfgʻonistonMassajBirlashgan Arab AmirliklariIqtisodiyot nazariyasiOIV infeksiyasiAndijon viloyatiTinish belgilariJigarTojikistonQoʻshilgan qiymat soligʻiQoraxoniylar davlatiTurkistonEsse (asar)Bahodir Jalolov (bokschi)DinshunoslikBirlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibiOdamInnovatsiyaBoʻgʻin (tushuncha)Tibbiyot deontologiyasiVaqtYogʻPulsIchki sekretsiyaIdrokEmotsiyaIsʼhoqxon IbratMovarounnahrApple Inc.NavroʻzMetrologiyaYouTubeModdalar almashinuviShum bola (film)FotosintezYaxshilik va yomonlikTuzlarFizikaJaloliddin ManguberdiXufton namoziKoʻkyoʻtalYupiterDiniy tashkilotMuqimiy🡆 More