Kampala

Kampala — Uganda poytaxti.

Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Viktoriya koʻlining shim. sohillari yaqinida 1300 m gacha boʻlgan balandlikda joylashgan. Aholisi 902,9 ming kishi (2000). Iklimi ekvatorial mussonli iklim, yanvarning oʻr-tacha tempaturasi 22°, iyulniki 20°. Yiliga oʻrtacha 1500 mm yogʻin tushadi.

Kampala — mamlakatning muhim siyosiy, madaniy, moliya, savdo-sanoat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Temir yoʻl orqali Hind okeani sohilidagi Mombasa (Keniya) porti bilan bogʻlangan. Shahardan 35 km janubida xalqaro aeroport joylashgan. Oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, koʻn poyabzal sanoati rivojlangan. Metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shaharga 1890-yilda inglizlar tomonidan qalʼa sifatida asos solingan. Kampala Bugandaning savdo markazi sifatida rivojlandi. 1962-yildan mustaqil Uganda poytaxti. Shahar tepaliklarda joylashganligi sababli yagona reja asosida qurilmagan.

Kampalada Makerere universiteti (1922; 1970-yildan Uganda milliy universiteti), nafis sanʼat maktabi, tibbiyot bilim yurti, ped. va texnika kollejlari, Uganda ilmiy jamiyati, Uganda muzeyi, badiiy galereya bor.

Manbalar


Tags:

Uganda

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Rus tiliYuriy GagarinKlinik qon tahliliYevropaHomiladorlikdan saqlanishSurxondaryo viloyatiFonologiyaFutbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston KubogiAleksandr PushkinRim imperiyasiSinfdan tashqari ishlarBayroqlar roʻyxatiQon quyishAbulfayzxonMedia madaniyatiAdobe PhotoshopBasketbolOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAnqara jangiQutadgʻu biligXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiSilShashmaqomSoʻmForobiyShanxay hamkorlik tashkilotiQadimgi MisrBurchNobel mukofotiNavoiy viloyatiBrauzerAxborot tizimiVergulJackie ChanIshlab chiqarish harajatlariFuqarolarning huquq va burchlariBronxial astmaMarkaziy OsiyoTenglamaLolaDavlat poytaxtlari roʻyxatiIdrokFosforHamletFransiyaKreditSudralib yuruvchilarMulk surasiMiokard infarktiAllergiyaPeshob ajralishining buzilishiNavroʻzXayrulla HamidovInternetIqtisodiyotPulsUzAutoMotorsYunus RajabiyJismoniy tarbiyaAlgoritmSohibqiron (sheʼriy drama)Birlashgan Millatlar TashkilotiOyshaKombinatorikaHaydarkoʻlChingizxonParallelepipedNatural sonMigrenKonfliktQon aylanishiSon (tilshunoslik)Davlatlarning telefon kodlariQizilchaMarosimMagnit maydonVikipediyaGipofizGenetika🡆 More