Jeriko Teodor

JERIKO (Gericault) Teodor (1791.26.9, Ruan - 1824.26.1, Parij) — fransuz rassomi va grafigi; fransuz rassomlik sanʼatida romantizm asoschisi.

K. Berne (1808—10) va P. Geren (1810— 11)da taʼlim olgan, A. Grodan ilxomlangan. J. fransuz sanʼatida ilk bor romantizmga xos boʻlgan dunyo qaramaqarshiliklarini oʻtkir his etishni ifodalagan, davrining muhim hodisa va kuchli tuygʻularini joʻshqin gavdalantirishga intilgan: "Hujumga borayotgan Imperator gvardiyasi yegerlari ofitseri" (1812), "Jang maydonini tark etayotgan yarador kirasir" (1814) va b. Italiya (1816—17), Buyuk Britaniya (1820—22) va b.da ijodiy safarlarda boʻlgan, Italiya klassitsizmi (ayniqsa, Mikelanjelo) taʼsirida J. asarlarida umumlashma shakl va mahobatlilik, rasmining aniqligi ortdi ("Rimda ozod otlarning chopishi", 1817), dolzarb mavzudagi "Meduza soli" (1818 — 19) asarida inson tuygʻularining murakkab uygʻunligi tasvirlangan; "20 yashar Delakrua portreti" (1819) va avtoportretlarida romantik rassom qiyofasini ifodalagan; maishiy lavhalar, manzaralar yaratgan. J. ijodi 19-asr oʻrtalarida yashagan realist rassomlarga taʼsir koʻrsatgan.

Manbalar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MuskullarNutqDarsDasturiy taʼminotMisr piramidalariDunyoning ishlariKitobMicrosoft WordOsiyoYalpi ichki mahsulotDiqqatYaxshilik va yomonlikPsixologiya tarixiKalsiyDunyoning yetti moʻjizasiReabilitatsiyaUrgʻuKoʻmakchiLudwig van BeethovenInstagramBiologiyaMaʼrifatRobototexnikaStatistikaMuhammad FuzuliyAntiseptikaYurak-tomir sistemasi kasalliklariHayvonlarBozor iqtisodiyoti modellariDemokratiyaHanafiylikSinonimlarMazhabSingapurPayvandlashOq ayiqMicrosoft ExcelKonfliktQarilikMuhammad YusufOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariIvan PavlovOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)XamsaMarkaziy nerv sistemasiOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiIjro etuvchi hokimiyatEpistemologiyaOila tarbiyasiQutadgʻu biligMusiqaFermentlarBirinchi jahon urushiAxborot xavfsizligiBaliqlarXalqaro Turkiy Madaniyat TashkilotiDavlatJanubiy Koreyada taʼlimBuxoroJanubiy OsiyoTemuriylar shajarasiInformatikaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiMuqimiyMoʻgʻullar davlatiMehnatKarbon kislotalarXalqaro birliklar tizimiRahmat FayziyNeptunFacebookProteinlarFutbolTexnologiyaKraxmalEng yaxshi film uchun Oscar mukofotiOIVIntegratsiyaTish🡆 More