Itsimonlar (lotincha: Canidae) — yirtqich sut emizuvchilar oilasi.
Boʻri, chiyaboʻri, tulki, shimol tulkisi. Avstraliyada tarqalgan dingo, Shimoliy Amerikadagi koyot, Afrikadagi fenek, xonaki itlar va hokazo itsimonlarning vakillaridir. Barmoqlariga tayanib yuradi, oddingi oyogʻida beshtadan, orqa oyogʻida toʻrttadan barmoq bor (xonaki itlarning baʼzilarida beshtadan). Tirnogʻi toʻmtoq, ichga tortilmaydi. Dumi baroq, ancha uzun. Junining rangi har xil, oq tulkining rangi yil fasliga karab oʻzgaradi. Tishlari kesuvchi tipda, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. I. Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda tarqalgan, har xil sharoitda yashaydi. Asosan, hayvonlar, baʼzilari oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Koʻp I. monogam, yiliga bir marta tugʻadi. Baʼzilari serpusht. Mas, shimoliy tulkilari 18 tagacha tugʻadi. I. yil boʻyi faol (yenotsimon itdan boshqa). I. oilasi 35 turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi. I.ning koʻp turlari moʻynasi uchun ovlanadi, qora tulki kabi moʻynali I. moʻynachilik fermalarida koʻplab boqiladi. Yenotsimon it Rossiyaning bir qancha viloyatlarida iqlimlashtirilgan. I.ning koʻp turlari quturish kasalligi viruslarini va gijja tuxumlarini tarqatadi.
Itsimonlar | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sut emizuvchilar |
Turkum: | Yirtqichlar |
Oila: | Itsimonlar |
Urugʻ: | Canis |
Kenja turlari | |
|
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Itsimonlar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.