Gepard

Gepard (Acinonyx jubatus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi, gepardlar (Acinonyx) urugʻining yagona turi.

Tanasining uzunligi 123— 150 sm, dumi 63—75 sm. Oyoqlari uzun va ingichka, tirnoqlari ichkariga tortilmasligi bilan boshqa mushuksimonlardan farq qiladi. Yungi sargʻish qum rangda, mayda qora dogʻlar bilan tekis qoplangan. Bolalari tanasining ustki tomonidagi uzun tik yunglari paxmoq mantiya (yopingʻich) hosil qiladi. Afrika, Jan.-gʻarbiy Osiyo (Eron, Afgʻoniston, Balujiston) va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. 1972-yilgacha onda-sonda Turkmanistonning jan.da uchrab turardi. Kunduzi hayot kechiradi. Homiladorligi 84-95 soʻtka. 2-4 ta bola tugʻadi. Toʻqay, dasht, choʻl va togʻ etaklarida yashaydi. Tuyoqli hayvonlar (kiyiklar, qoʻylar)ni ov qiladi. Oʻljasiga pana joydan tashlanadi va qisqa masofada quvib yetadi (tezligi soatiga 110 km gacha). Qadimda qoʻlga oʻrgatilgan G. dan ov qilishda foydalanilgan. Hozir soni juda kamayib ketgan, tabiatda butun dunyo boʻyicha bir necha yuzta saqlanib qolgan. Oʻzbekistan Respublikasi va Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. Tutqunlikda yaxshi koʻpayadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Hamza Hakimzoda NiyoziyIslomOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiFaoliyatTasavvufTransportTasviriy sanʼatLeonardo da VinciSulfat kislotaAntonimlarXitoyda taʼlim tizimiYurakBilimDinning funksiyalariAbulfayzxonDiniy tashkilotAsrga tatigulik kunAvestoKislorodMassajBoburnomaDramaPsixologiya tarixiQogʻozMuzlik davri (film)TelevideniyeKoʻchirma gapFonetik oʻzgarishlarKonfutsiylikYalligʻlanishAhmad al-FargʻoniyOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariTaqvimNATOGlukozaMenejmentJanubiy Afrika RespublikasiFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariUnli tovushlarHolMilliy dinlarTadbirkorlikInson va fuqaroning huquq va erkinliklariJarrohlikSaddi IskandariyMazhabKompyuterBolalar psixologiyasiQozogʻistonBirlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasiAxloqUsmon NosirYarimoʻtkazgichQon ketishiIchki yonuv dvigateliAzotKosmonavtikaSaʼdiy SheroziyMuhammad Ali AhmedovAvstraliyaJamiyatAbdulhamid ChoʻlponTalab va taklifHarorat (Temperatura)OʻsmalarRim raqamlariDoʻstlikDoriBosh SahifaLoyihaOʻlatUEFA Chempionlar LigasiBuxoro xonligiLinzaMeʼda osti beziTibbiyot deontologiyasiAtirgulSilDavlat byudjeti🡆 More