Dyuym

Dyuym (niderlandcha: duim — bosh barmoq soʻzidan) — ayrim metrik boʻlmagan Yevropa oʻlchov tizimlarida masofani oʻlchash birligi.

Odatda tegishli mamlakat futining 1/12 yoki 1/10 ("oʻnlik dyuym") qismiga teng. Bugungi kunda dyuym nomi ostida 2,54 smga teng ingliz dyuymi tushuniladi.

Dyuym

Dyuym (gollandcha duim — bosh barmoq) — 1) ingliz oʻlchovlar birligi da ulushiy uzunlik birligi. 1D.= 1/12 fut = 0,0254 m. 2) metrik birliklar tizimi qabul qilingunga qadar rus uzunlik birligi. 1 D.= 1/12 fut = 2,54 sm.


Turli xil dyuymlar

Avstro-Vengriya

Vena dyuymi = 2,63402 sm.

Buyuk Britaniya

Ingliz dyuymi yoki imperiya dyuymi (lotincha: unciadan inglizcha: inch  — 1/12 qism) 1958-yildan boshlab к 2,54 smga tenglashtiriladi. Avval metrik tizimga boshqacha oʻtkazilar edi:

  • 1819 — 1000000/393694 sm ≈ 2,5400438 sm;
  • 1895 — 2,5399978 sm;
  • 1922 — 2,5399956 sm;
  • 1932 — 2,5399950 sm;
  • 1947 — 2,5399931 sm.

Ingliz oʻlchov tizimida 1 dyuym = 12 chiziq = 72 nuqta = 1/12 fut = 1/36 yard.

Olmoniya

  • Bavariya: 2,43216 sm yoki 2,918592 sm ("oʻnlik dyuym").
  • Baden: 3 sm (1810).
  • Prussiya: 2,61545 sm (1755), 3,76625 sm ("oʻnlik dyuym", 1816).
  • Reyn ittifoqi: 2,61541 sm.
  • Saksoniya: 2,36 sm.

Ispaniya

1 pulgada = 2,32166 sm.

Kvebek

Fransuz dyuymi ishlatilar edi, ammo 1985-yildan oʻlchami oʻzgartirilgan: 2,707005 sm.

Xitoy

1 tsun = 1/30 m ≈ 3,3333 sm.

Meksika

1 pulgada = 2,3278 sm.

Ostzey guberniyalari

Reyn dyuymlari bilan bir qatorda quyidagilar qoʻllanardi:

  • kurlyand dyuymi ≈ 3,36 sm;
  • riga dyuymi ≈ 2,24 sm;
  • revel dyuymi ≈ 2,6715 sm.

Polsha

  • staropol yoki qirollik dyuymi (1819-yilgacha) ≈ 2,48 sm;
  • novopol dyuymi (1819—1849) = 2,4 sm;
  • vraslav (breslav, silez) dyuymi = 2,742 sm;
  • eski litva dyuymi ≈ 2,7076 sm.

Rio-de-La-Plata

1 pulgada ≈ 2,547 sm.

AQSh

Buyuk Britaniyadagi kabi 1958-yildan Amerika dyuymi 2,54 smga tenglashtiriladi. Avval (1866-yildan) 2,540000508 smga teng edi (yanada aniqroq, 10000/3937 sm); ayrim hollarda bu eski belgilanish geodezik dyuym nomi ostida ishlatiladi.

Fransiya

Fransiya dyuymi (fransuzcha: pouce — bosh barmoq), boshqa nomlari Parij dyuymi va qirol dyuymi, 75000/27706 smga teng edi, ya'ni tahminan 2,706995 sm. Eski Parij oʻlchovlar tizimida 1 dyuym = 12 chiziq = 144 nuqta = 1/12 fut = 72/3161 lokot.

Yaponiya

1 sun = 1/33 m ≈ 3,0303 sm.

Ingliz oʻlchov tizimida masofa oʻlchovi birliklari

Mil | Nuqta | Chiziq | Dyuym | Hend | Link | Fut | Yard | Rod | Cheyn | Furlong | Milya | Liga

Manbalar

Tags:

Dyuym Turli xil dyuymlarDyuym ManbalarDyuymFutNiderland tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

EnergiyaKoʻchirma gapKombinatorikaDemokratiyaDidaktikaXarakter (obraz)RivojlanishIshsizlikYan Amos KomenskiyMissionerlikIntegratsiyaOilaBirlashgan Arab AmirliklariMaktabNavoiy viloyatiKapitalBuxoro amirligiYuridik shaxsKurashElektr zanjiriSamarqand viloyatiOzon qatlamining yemirilishi va iqlim o'zgarishiOʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)Oʻtkir HoshimovEpik turGipofizAbdurauf FitratForobiyOlmaErich Maria RemarqueMuzeyShavkat MirziyoyevMerkuriyFacebookMicrosoft PowerPointMakroiqtisodiyotEva ElfieAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiTasavvufGʻafur GʻulomJigar sirroziOrtopediyaIslom tarixiQoʻqon xonligiVladimir LeninMagnitCOVID-19 koronavirus infeksiyasiKislorodQuyosh tizimiOʻzgaruvchan tokYevropaSulfat kislotaToʻlqinlarDiqqatOntogenezMenejmentGiyohvandlikMuskullarElektr kuchlanishAleksandr PushkinHujayraBuyuk Ipak yoʻliIndoneziyaGlobal isishMuloqotLeksikologiyaAtomBirlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkilotiHamid OlimjonUyushiq boʻlaklarBasketbolZilzilaHindistonAbdulla AvloniyMorfemaGidrolizJanubiy Koreyada taʼlim🡆 More