Dunyoning Yetti Moʻjizasi

Yetti moʻjiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari.

Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan:

  1. Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Qadimgi Misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. III—II mingyilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi (balandligi 146,6 metr, asosi 233X233 metr)ning har biri oʻrtacha 2,5 tonnalik 2 300 000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 tonnalik bloklar ham bor) 30 yil mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;
  2. „Semiramida osma bogʻlari“ — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. VI asr);
  3. Rodos orolidagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550-yil);
  4. Zevsning Yunonistonning Olimpiya shahridagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430-yil, haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);
  5. Rodos oroli koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280-yillar, haykaltarosh Haros misdan ishlagan);
  6. Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hozirgi Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377—352-yillar);
  7. Iskandariya (Aleksandriya) shahridagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280-yil, meʼmori Sostrat).
Dunyoning Yetti Moʻjizasi
Dunyoning yetti moʻjizasi. Chapdan oʻngga, tepadan pastga: Xeops piramidasi, Semiramida osma bog'lari, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, Olimpiyadagi Zevs haykali, Galikarnasdagi maqbara, Rodos haykali, Aleksandriya mayog'i
Dunyoning Yetti Moʻjizasi

Yetti moʻjizadan faqat Misr ehromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qadimgi yozma manbalardangina maʼlum.

Manbalar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

XivaIqlim oʻzgarishining iqdisodiy oqibatlariKitobOʻzbekistondagi muzeylarYulduzPul-kredit siyosatiKognitiv psixologiyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiMoliyaTelevideniyeAsrga tatigulik kunIssiqlik oʻtkazuvchanlikAnton ChexovAvstraliyaMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiElektronEva ElfieToshkentKorrupsiyaTemuriylar shajarasiIvan KrilovAvestoReabilitatsiyaDarsIssiqlik elektr stansiyalariShavkat MirziyoyevOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiFonetik oʻzgarishlarIlhaqMovarounnahrMinorai KalonMikroskopUlugʻbek madrasasi (Samarqand)Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiSuverenitetQattiq jismDinOʻlmas UmarbekovSuvda suzishInflatsiyaSharq taronalariZaharlanishLugʻatBolalar adabiyotiOybekDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiOila tarbiyasiPunktuatsiyaTibbiyotJanubiy Afrika RespublikasiElektrolizElektromagnit toʻlqinlarPaleolitVaboKecha va kunduzSulfat kislotaSaudiya ArabistoniQoʻshma gapGeraldikaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiSomoniylar davlatiHikoyaPulsPayvandlashQadimgi MisrNafas olish tizimiAbdulla OripovGermaniyaPedagogik psixologiyaIvan PavlovOsiyoAbdulhamid ChoʻlponKonstitutsiyaToʻlqinlarGipertoniya kasalligiKoʻkyoʻtalFaoliyatMarsAleksandr🡆 More