14°31′0″E / 13.08333°N 14.51667°E / 13.08333; 14.51667 G O
Chad – Markaziy Afrikadagi oqmas koʻl. Nigeriya, Niger, Chad va Kamerun hududida, 240 m balandlikda. Uzunligi 270 km, eni 150 km gacha. Maydoni 10 mingdan 26 ming km² gacha (Ch.ga quyiladigan oqim miqdorining koʻp yillik oʻzgarishiga bogʻliq), chuq. 4 m dan 11 m gacha. Iqlim namligi yuqori boʻlgan davrda, yaʼni 5—6 ming yil avval koʻl maydoni 400 ming km² ga yetgan. Gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari past, botqoqlashgan, shim.sharqi va sharqi kuchli yemirilgan, ular yaqinida orol kup. Ch.ga Shari va KomaduguYobe daryolari kuyiladi. Koʻlning daryo deltalari yakinida suvi chuchuk, qolgan qismida shoʻr. Ch.da suvning yer ostita singib atrofdagi grunt suvlarini taʼminlab turishi natijasida koʻlning suvi muntazam almashinib turadi. Begemot, lamatin, timsoxdar, suv va botqoq parrandalari yashaydi. Baliq turi koʻp. Kema qatnaydi.
Vikiomborda Chad (koʻl) haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Chad (koʻl), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.