Carl Linnaeus

Carl Linnaeus (shved tilidagi asl ismi Carl Nilsson Linnæus, 23-may, 1707 – 10-yanvar, 1778) — binominal nomenklaturaga asos solgan shved botanigi, zoologi va shifokori boʻlgan.

U zamonaviy taksonomiya va ekologiyaning otasi deb ataladi. Uning ishlarining asosiy qismi lotin tilida yozilgan boʻlib, lotinchada uning ismi Carolus Linnæus deya, 1761-yildan soʻng Carolus a Linné deb yozilgan.

Carl Linnaeus (Carl von Linné)
Carl Linnaeus
Tavalludi 23-may 1707-yil
Rosxult, Shvetsiya
Vafoti 10-yanvar 1778-yil(1778-01-10)
(70 yoshda)
Uppsala, Shvetsiya
Istiqomat joylari Shvetsiya
Fuqaroligi Shvetsiya
Millati Shvetsiya
Sohasi Botanika
Biologiya
Zoologiya
Taʼlimi Lund universiteti
Uppsala universiteti
Mashhur ishlari Taksonomiya
Ekologiya
Botanika
Dini Luteran

LINNEY (Linne, Linnaeus) Karl (1707.23.5, Rosxult - 1778.10.1, Upsala) — shved tabiatshunosi. Shvetsiya Fanlar akademiyasi akademik va uning birinchi prezidenta (1739-yildan), Parij Fanlar akademiyasi akademik (1762-yildan). Lund va Upsala universitetlarida oʻqigan, Upsala universiteti professor (1741-yildan). Oʻsimlik va hayvonlarning zamonaviy sistematikasiga asos solgan, binar nomenklaturani fanga kiritgan. L. turni ikki nom, yaʼni tur va urugʻ (turkum) nomi bilan atashni taklif etgan; sinf, turkum (tartib), urugʻ (turkum), tur va variatsiya tushun-chalarini anikdab bergan. L. 1500 oʻsimlik turlarini tavsiflab berdi. Oʻsimliklarni 24 sinf, hayvonlarni 6 sinf (sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, baliklar, chuvalchanglar va hasharotlar)ga ajratadi. Amfibiyalarga suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilarni kiritadi. Odamni hayvonlar sistemasi (sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi)ga kiritish oʻsha davrda hukmron boʻlgan dunyoqarashlarga zid edi. L. sistemasi kup xususiyatlarga kura, sunʼiy bulsa ham oʻz davrida katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. U 10000 dan ortiq usimlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. L. tibbiyot, oʻsimliklarning iqlimga moslanishk va boshqa masalalarga bagʻishlangan bir qancha asarlar yaratdi. Upsala shahrida Gʻarbiy Yevropada eng yaxshi hisoblangan botanika bogini tashkil etdi.

Manbalar



Tags:

Lotin tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

FaoliyatFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariIslomBurchQunut duosiMahalliy davlat hokimiyati organlariIshqalanishkuchlariSarez koʻliQizil pandaAnʼanaMerkuriyKreditNavoiy viloyatiTafakkurYunus RajabiyIssiqlik oʻtkazuvchanlikMehnatReal Madrid CFKorxonaViruslarAvstraliyaAsrga tatigulik kunQutadgʻu biligOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiFargʻonaAsosiy vositalarMisr piramidalariOgʻirlik oʻlchov birliklariXromosomalarSakrashVirusli gepatitDaʼvoSingapurOʻzbekistonHaroratAQSHda taʼlimTemuriylar tarixi davlat muzeyiElektr oʻtkazuvchanlikVikipediyaAksiyadorlar jamiyatiDaun sindromiBiotexnologiyaTalab va taklifSugʻurtaAxloqOʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)Sut emizuvchilarJigarAbulfayzxonTarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasiKalsiyOʻzbek adabiyotiHamza Hakimzoda NiyoziyXristianlikQidiruv tizimiBirlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasiKoinotAtrof-muhitni muhofaza qilishOʻzbek milliy akademik drama teatriShaxmat tarixiJinsiy aloqaRossiyaBozorLitosferaMiokard infarktiMikroorganizmlarIsh haqiInson tabiatiSinkveyinKoʻmakchiMariya antuanettaPul-kredit siyosatiParallelepipedMetallarOʻzbekistonda taʼlimSaid AhmadRaqobatOngTIMSS🡆 More