Butan

Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat.

    Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.

Maydoni 47 ming km2. Aholisi 742 737 kishi (20012). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan.

Butan Qirolligi
འབྲུག་རྒྱལ་ཁབ་
Druk Gyal Khap
Gerb of Butan
Gerb
Shioryoʻq
Madhiya: འབྲུག་ཙན་དན
(Druk tsendhen)
Location of Butan
Poytaxt Thimphu
Rasmiy til(lar) Dzongkha tili
Hukumat Absolyut Rohiblik
• Rohib
Qirol Jigme Singye Wangchuck
• Bosh Vazir
Lyonpo Sangay Ngedup
Mustaqillik (Hindistondan)
• Sana
8-avgust 1949
Maydon
• Butun
38 394 km2 (132-oʻrin)
• Suv (%)
1.1
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
742 737 (161-oʻrin)
• Zichlik 18/km2
YIM (XQT) 2011-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,287 mil. (154-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6112
Pul birligi Ngultrum (BTN)
Vaqt mintaqasi UTC+6
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma BT
Telefon prefiksi 975
Internet domeni .bt

Davlat tuzumi

Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.

Hududiy boʻlinishi

Butan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlingan, shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Butan 
Butan hududiy bo'linishi
  • Bumthang
  • Chhukha
  • Chirang
  • Daga
  • Geylegphug
  • Ha
  • Lhuntshi
  • Mongar
  • Paro
  • Pemagatsel
  • Punakha
  • Samchi
  • Samdrup Jongkhar
  • Shemgang
  • Tashigang
  • Thimphu
  • Tongsa
  • Wangdi Phodrang

Tabiati

Butan hududi togʻliqsan iborat. Eng baland choʻqqisi — Jomolhari (7314 m). Iqlimi togʻtropik, musson, sernam, togʻlarning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda oʻrtacha temperatura yanvarda — 4,5°C, iyulda 17°C. Yiliga 1000–5000mm yogʻin yogʻadi. 3500 m balandlikkacha oʻrmon, undan balandda subalp va alp oʻtloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qoʻriqxonalari bor.

Aholisi

Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram boʻlgan. 1949-yildagi shartnomaga koʻra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami — 17-dekabr — podsho saylangan kun (1917).

Iqtisodi

Butan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, janubda paxta ekiladi. Janubi-sharqida bogʻdorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar koʻp; lok, mushk, mum tayyorlanadi. Yigiruv va toʻquv hunarmandchiligi, oʻymakorlik qadimdan rasm boʻlgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov.

Manbalar




Tags:

Butan Davlat tuzumiButan Hududiy boʻlinishiButan TabiatiButan AholisiButan IqtisodiButan ManbalarButanThimphu

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Birlashgan Arab AmirliklariBezgakLirikaShum bola (film)Oʻzbek lotin alifbosiQon kasalliklariAxborot tizimiDunyoning ishlariTransformatorAfrikaQirgʻizistonOʻzgaruvchanlikBirlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasiWilliam ShakespeareAtmosferaYalligʻlanishJaloliddin ManguberdiBasketbolEtikaSintaksisDorivor oʻsimliklarXalqaro Yer kuniGʻulomjon YoqubovKonsepsiyaGrammatikaAvstraliyaElektr tokiBoʻlinish alomatlariJamiyat falsafasiRaqobatInson va fuqaroning huquq va erkinliklariNitrat kislotasiTuzlarBuyuk Ipak yoʻliFundamentalizmPaygʻambarMisrMuqimiyTarmoq topologiyasiQogʻozGandbolProteinlarRivojlanishOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiRossiyaKonfliktJanubiy Afrika RespublikasiHamza Hakimzoda NiyoziyAmudaryoTexnologiyaTibbiyotAholi daromadlariSiyosiy partiyalarYaponiyada taʼlimJizzax viloyatiXotiraQobiliyatIndoneziyaQunut duosiAvtomobil yoʻliSaljuqiylar imperiyasiSayyoraEkologik omillarBoburnomaQadimgi MisrIslom KarimovZulfiyaVijdon erkinligiJahon tillariLenta.ruFizikaChadReklamaFuqarolarning huquq va burchlariDavlat poytaxtlari roʻyxatiDevonu lugʻotit turkOʻsimliklar🡆 More