Bolalar Nikohi

Bolalar nikohi — UNICEF taʼrifiga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan shaxs bilan rasmiy yoki norasmiy nikohdir.

AQSh Sogʻliqni saqlash departamenti va baʼzi tadqiqotchilar bolalar nikohi voyaga yetmaganlarning va ularning sud qarori bilan oʻsmirlikdagi homiladorlik davridagi nikohini oʻz ichiga oladi deya taʼkidlaydi.

Shu bilan birga, turli madaniyat va dinlarda, turli xalqlar hamda turli davrlar orasida qanday turdagi nikohni juda erta deb hisoblash kerakligi va nima uchun bunday ekanligi haqida har xil fikrlarni topish mumkin[⇨]. Koʻp asrlar davomida, zamonaviy gʻoyalarga koʻra, erta nikohlar juda keng tarqalgan boʻlib, din, qonunlar va urf-odatlar tomonidan ruxsat etilgan[⇨]. Birinchidan, hozirda ayrim mamlakatlar va mintaqalarda nikoh uchun eng kam qonuniy yosh 18 yoshdan kam; ikkinchidan, boshqalarda 18 yoshga toʻlgunga qadar nikoh qurishga ota-onaning roziligi bilan, homiladorlik yoki boshqa alohida holatlarda ruxsat etiladi; uchinchidan, madaniy anʼanalar va diniy institutlar rasmiy huquqiy normalardan ustunroq va kuchliroq boʻlishi mumkin.

XX asr oxiri — XXI asr boshlarida eng koʻp miqdordagi bola nikohlari qashshoq mamlakatlarda va kam taʼminlangan oilalarda sodir boʻlgan[⇨]. Eng soʻnggi mavjud maʼlumotlarga koʻra, bolalar nikohi Afrika, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Gʻarbiy Osiyo, Okeaniya va Lotin Amerikasi qismlarida keng tarqalgan. Aksariyat joylarda bolalar nikohi muttasil kamayib bormoqda, baʼzi hududlarda esa juda yuqoriligicha qolmoqda — 60 % dan ortiq bu turdagi nikoh Niger, Chad, Mali, Bangladesh, Gvineya va Markaziy Afrika Respublikasida kuzatiladi. Eng erta nikohlar Niger, Chad, Bangladesh, Mali va Efiopiyada ommaviy ravishda belgilangan — 20 % dan ortiq nikohlar 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatilgan (2003—2009-yillardagi tadqiqotlarga koʻra).

Yosh turmush qurishning sabablariga qashshoqlik, kelin bahosi va sarpo yigʻish odatlari, mahalliy madaniy anʼanalar, erta turmush qurishga ruxsat beruvchi qonunlar, diniy va ijtimoiy tazyiqlar, diniy qoidalar, katta yoshda turmushga chiqolmay/uylanolmay qolishlik qoʻrquvi, savodsizlik, ayollarni haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlay olmaslik kiradi.

Oʻgʻil bolalar ham, qizlar ham erta yoshda turmush quradilar[⇨], lekin ularning aksariyatini ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushib qolgan oilalardagi qizaloq kelinlar tashkil qiladi.

Tarixi

Bolalar Nikohi 
1533-yilda 17 yoshli malika Saksoniya Emilia taqvodor George, Brandenburg-Ansbax margraviga turmushga chiqqan. Erta turmush qurish tarixiy davrlarda, jumladan, Yevropada ham keng tarqalgan.
Bolalar Nikohi 
Versaldagi Mariya Antuanetta. U 15 yoshida turmushga chiqqan.

Sanoat inqilobidan oldin, butun dunyo boʻylab ayollar koʻpincha erta yoshda, odatda balogʻatga yetganidan keyin turmushga chiqqanlar. Bu amaliyotlar 19-asrga qadar asosan qishloq aholisi boʻlgan jamiyatlarda keng tarqalgan. Er-xotin oʻz xoʻjaliklarini qurishlari kutilgan jamiyatlarda erkaklar kechroq oila qurishga moyil edilar. Bu erkaklarni yangi uy qurish va oʻsmir qizlarga uylanish uchun yetarli boylik toʻplamaguncha oila qurmaslikka undagan.

Zamonaviy sharoitda erta turmush qurish ilgari keng tarqalgan boʻlib, koʻp asrlar davomida va dunyodagi eng koʻp aholi punktlarida qabul qilingan. Antik davrda va oʻrta asrlarda qizlar koʻpincha balogʻat yoshida va hatto undan erta turmush qurishgan.

M. A. Friedman taʼkidlashicha, qadimgi Isroilda, qizning qachon va kimga turmushga chiqishi muhokamalarsiz faqat otasi tomonidan hal qilingan; bundan tashqari, koʻplab qizlar 15 yoshga toʻlmasdan, koʻpincha balogʻat yoshining boshida turmushga berilgan. Oʻrta asrlarda koʻpchilik yahudiy ayollar ham yoshligida turmush qurishgan. Ruth Lamdan, "XVI asrda „Responsa“ (tarjimasi: „Javob“) qarorlarida va boshqa manbalar, koʻplab havolalar hamda maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda bolalar nikohi eng keng tarqalgan oddiygina holat boʻlgan va norma hisoblangan. Yaxudiy dinining „Halakha“ qonunida „voyaga yetmagan“ atamasi 12 yosh va bir kunlik qizga tegishli boʻlgan. Oʻn ikki yarim yoshida, qiz allaqachon har tomonlama balogʻatga yetgan deb hisoblangan" deb yozadi.

Gretsiyada ham erta nikoh va onalik ragʻbatlantirilgan, hatto oʻgʻil bolalar ham oʻsmirlik chogʻida uylanishi kutilardi. Oʻrtacha umr koʻrish 40 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan davrda erta turmush qurish va erta farzand koʻrish davrga nisbatan juda xos va asosli edi. Rim imperiyasida turmush qurishning eng kam yoshi qizlar uchun 12, oʻgʻil bolalar uchun 14 yosh qilib belgilangan edi.

Oʻrta asr Angliya qonunchiligi ham, asosan, Rim huquqiga asoslangan holda erta nikohga ruxsat bergan va nikohlar odatda 16 yoshdan oldin sodir boʻlgan. Xitoyda ham imperatorlik davri tarixida bola nikohi norma hisoblangan.

Zamonaviy davrgacha boʻlgan boshqa jamiyatlardan farqli oʻlaroq Shimoliy-Gʻarbiy Yevropada erkaklar va ayollar nisbatan kech nikohlanganlar. Bunda har ikkala jins vakillari odatda 20 yoki hatto 30 yoshning oʻrtalariga qadar nikohni kechiktirgan. Angliya tarixiga oid maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, bu holat 14-asrda sodir boʻlgan. Amaliyot Gʻarbiy Yevropada birinchi boʻlib zoʻrlash boʻyicha huquqiy qonunlar va nikohga rozilik yoshini oʻrnatgan ingliz umumiy qonunida aks ettirilgan. 1275-yilda 12 yoki 14 yoshgacha boʻlgan qizlar bilan jinsiy aloqa qilish (manbalarning talqiniga qarab) jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab boʻlgan. 1576-yilda 10 yoshgacha boʻlganlar bilan jinsiy aloqa qilish holatlar uchun yanada qattiqroq jazolarni nazarda tutilgan ikkinchi qonun qabul qilingan. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Britaniya mustamlaka maʼmuriyati Hindiston yarimorolida hindu va musulmon qizlar uchun nikoh yoshiga cheklovlar joriy qilgan.

18-asrda Suriyada yashovchi shotlandiyalik shifokorning aytishicha, mahalliy aholi oʻz farzandlari uchun yoshligida nikoh ahdini tuzmoqchi boʻlishgan, ammo qiz „voyaga yetgunga qadar“ nikoh tuzilmagan. 19-asrga aloqador Falastinga oid dalillar shuni koʻrsatadiki, erlar baʼzida xotinlari balogʻatga yetgunga qadar kutmasdan jinsiy aloqani boshlagan, ammo bu kamdan-kam uchraydigan hodisa boʻlib, ijtimoiy jihatdan va shariat sudlari tomonidan qoralangan.

1830-yillarda Edward William Lane 16 yoshga toʻlgunga qadar bir nechta misrlik qizlar turmush qurmaganligini, ammo ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, taʼlim islohoti va zamonaviylik sezilarli oʻzgarishlar keltirganini kuzatgan. 1920-yilga kelib, misrlik ayollarning 10% dan kamrogʻi 20 yoshgacha boʻlgan davrda turmushga chiqqan. 1923-yilda Misr parlamenti nikohning eng kichik yoshini ayollar uchun 16 yosh, erkaklar uchun esa 18 yosh qilib belgilagan.

Diniy normalar va davlat qonunlari

Tarixda maʼlum boʻlgan dinlarning aksariyati u yoki bu tarzda turmush qurish uchun minimal yoshni belgilab qoʻygan. Xristianlik dinining qonunlari qizning balogʻat yoshiga yetmasdan turmushga chiqishini taqiqlagan.

Yahudiy olimlari va ravvinlari balogʻatga yetgunga qadar turmush qurishni qatʼiyan man qilgan, lekin shu bilan birga istisno tariqasida 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan qizlar otalarining xohishiga binoan unashtirilishi yoki turmushga berilishi mumkin edi. Halachaga koʻra, qiz 12 yoshu olti oyligida „bogeret“ yoki yetuk ayolga aylanmaguncha turmushga chiqmasligi kerak. Garchi Muso Maymonid Talmud Mishne Tavrotida (milodiy 1170-1180-yillar orasida tuzilgan) alohida hollarda 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan qizlarni otalari turmushga berishlari mumkinligini eslatib oʻtgan boʻlsa-da (3:19 oyatida ham aniqlik kiritilgan) xuddi shu bobda „Ota oʻz qizini voyaga yetmaganida yoki qizligida hohlagan kishiga bagʻishlash ixtiyoriga ega boʻlsa-da, unga bu tarzda ish tutishi toʻgʻri kelmaydi“ deyilgan.

Hind Vedalarida, xususan, Rigveda va Atharvavedada Vediklar davrida qizlar balogʻatga yetganidan keyin turmushga chiqqanligi va yetuk yoshda boʻlganligini koʻrsatadigan oyatlar mavjud. Dastlabki Dharmashastrada, qizlar balogʻatga yetganidan keyin turmushga chiqarilishi kerakligi taʼkidlangan, baʼzi matnlarda esa nikoh yoshi balogʻatga yetgunga qadar uzaytirilgan. Qonun sifatida tatbiq etilmagan Manusmritida ota qizini balogʻatga yetmasdan turmushga bermasa va qiz balogʻatga yetganidan keyin uch yildan kamroq vaqt ichida turmushga chiqmasa, qiziga zulm qilgan deb hisoblanilishi aytilgan.

Ingliz cherkov qonuni qiz bolani balogʻat yoshiga yetmasdan turmushga berishni taqiqlagan.

Katolik cherkovi 1917-yildagi Kanon qonuni kodeksi qabul qilinishidan oldin unashtiruv uchun minimal yoshni 7 yosh deb belgilagan. Nikoh tuzish uchun eng kichik yosh yo haqiqiy balogʻatga yetgan yo nominal sifatida oʻgʻil bolalar uchun 14 va qizlar uchun 12 yosh boʻlgan. 1917-yilgi kodeksga binoan bu koʻrsatkich oʻgʻil bolalar uchun 16 ga, qizlar uchun esa 14 ga koʻtarildi; 1983-yilda Kanon qonuni kodeksida oʻgʻil bolalar uchun 16 yosh va qizlar uchun 14 yosh qabul qilingan.

Islomiy nikoh qoidalari baʼzi hollarda 10 yoshdan kichik qizlarni turmushga berishga ruxsat beradi, chunki shariat qisman „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“ hadis toʻplamlarida tasvirlangan Muhammad paygʻambarning soʻzlari va qilgan ishlariga asoslanadi. Ushbu manbalarga koʻra, Muhammad ayollarining uchinchisi boʻlgan olti yoki yetti yoshli Oyshaga uylangan va Oysha toʻqqiz yoki oʻn yoshlarida nikoh munosabatlariga kirgan. Baʼzi taniqli islom ulamolari tom maʼnoda bu xronologik yosh emasligini taʼkidlaydilar; musulmon dinida nikoh yoshi qiz uchun mas’ul boʻlgan shaxslar tomonidan uning balogʻatga yetganini anglaganlarida sodir boʻladi. Lekin bu balogʻat yoshining boshlanishining noprofessional va sub’ektiv taʼrifi boʻlib, koʻplab musulmonlar va baʼzi islom ulamolari oʻrtasida shariat qonunlari boʻyicha 13 yoshga toʻlmagan qizlarni turmushga berish joiz, degan qatʼiy eʼtiqodlar mavjud.

XXI asr boshlariga kelib, aksariyat mamlakatlar qonunlari nikoh uchun umumiy minimal yoshni 18 yosh deb belgilaganiga qaramay, koʻplab mamlakatlarda (nafaqat rivojlanayotgan yoki diniy mamlakatlarda) nikohga ruxsat beruvchi istisnolar mavjud boʻlib nikoh belgilangan yoshdan ertaroq ota-onalarning roziligi bilan va/yoki sud qarori bilan amalga oshiriladi.

Baʼzida dunyoviy davlat hokimiyati milliy qonunchilikka muvofiq turmush qurish yoshiga yetmaganlarga nikoh oʻqigan diniy ulamolarini jazolaydi. Masalan, Qirgʻizistonda 2016-yilda voyaga yetmagan shaxslarga nikoh oʻqishda ishtirok etgan ulamo vakillarini (shuningdek, yangi turmush qurganlarning ota-onalarini) jinoiy jazolash (3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosi) toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Hindiston[⇨], Kanada va AQShda ham yangi turmush qurgan yoshlar bilan nodavlat, shu jumladan diniy nikoh marosimlarini oʻtkazish uchun jazolar mavjud.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi xabar beradi:

2010-yilda 158 ta davlatda oʻz qonunlariga koʻra, qizlar uchun ota-ona yoki hukumat roziligisiz turmush qurish yoshi 18 yosh deb eʼlon qilingan. Biroq, 146 mamlakatda shtat yoki mahalliy odat qonunlari 18 yoshgacha boʻlgan qizlarga ota-onasi yoki hukumat roziligi bilan turmush qurishga ruxsat beradi; 52 ta davlatda 15 yoshgacha boʻlgan qizlar ota-onasining roziligi bilan turmushga chiqishi mumkin. Vaziyat oʻgʻil bolalar uchun boshqacharoq. 180 ta davlatda oʻgʻil bolalar uchun bepul nikoh yoshi 18 yoshni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 105 ta davlatda 18 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar ota-onasi yoki tegishli idoralar roziligi bilan, 23 ta davlatda esa 15 yoshgacha ota-onasining roziligi bilan uylanishi mumkin.

Erta nikohlar uchun qonunchilik ruxsati ularning tarqalishiga olib kelmasada, bu hodisalar oʻrtasida maʼlum bir bogʻliqlik mavjud. AQShda, 1960-yilgi aholini roʻyhatga olinishida, 3,5 % qizlar 16 yoshgacha, 11,9 % esa 16 yoshdan 18 yoshgacha turmushga chiqqani maʼlum boʻlgan. Nikoh yoshi pastroq belgilangan shtatlarda yosh nikohlar ulushi yuqoriroq edi. Islomni davlat dini sifatida belgilovchilar shariat qonunlarining ustuvorligini tan soʻzsiz tan olishadi va ziddiyatli holatlarda sudlar koʻpincha amaldagi davlat qonunlariga emas, balki shariat qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladilar va shu sababli qonun tomonidan ruxsat etilmagan erta nikohga ruxsat berishlari mumkin. UNICEF maʼlumotlariga koʻra, erta nikohlar eng koʻp kuzatilgan Niger, Chad, Mali, Bangladesh va Gvineya mamlakatlari aholisining kop` qismini musulmonlar tashkil etadi.

Yosh oʻgʻil-qizlar

Bolalar Nikohi 
Oʻrta asrlarda yosh bolalarning toʻyi

Bolalar nikohining maʼlum tarixida voyaga yetmagan oʻgʻil bolalarga qaraganda voyaga yetmagan qizlarning koʻp qismi turmush qurishgan. UNICEF maʼlumotlariga koʻra, hozirda yosh bola kuyovlarga nisbatan yosh bola kelinlar soni nomutanosibdir. Biroq, voyaga yetmagan oʻgʻil bolaning turmush qurishi juda kam uchraydi deb hisoblash ham xato: 2014-yil sentyabr holatiga koʻra, 18 yoshgacha boʻlgan 156 million erkak uylangan. Ammo yosh kuyov uchun yosh nikohning sabablari va oqibatlari haqidagi savol yetarlicha oʻrganilmagan.

Bolalar nikohining sabablari

UNFPA maʼlumotlariga koʻra, bolalar nikohining tarqalishiga sabab boʻluvchi omillar: qashshoqlik va u bilan bogʻliq iqtisodiy kurash strategiyalari, gender tengsizligi, yer va boshqa mulkka egalik masalalari, jinsiy aloqa ustidan nazorat va oila shaʼni, anʼanalari va madaniyatini himoya qilish, turmushga chiqmagan ayolning hayoti xavfsizligini (ayniqsa, urush, ochlik yoki epidemiya davriga toʻgʻri keladi) taʼminlay olmaslik. Boshqa sabablar orasida hokimiyat va oilalar oʻrtasidagi munosabatlar masalalarini hal qilish uchun nikohdan foydalanish kiradi. Bolalar nikohining tarqalishi aholining tez oʻsishi, yetimlarning koʻpayishi, turli kasalliklar epidemiyasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Sarpo va savdo

Bolalar Nikohi 
Tailandda anʼanaviy kelinni „sotib olish“ marosimi

Ayrim hududlarda kelinga sep yigʻishning qadimiy anʼanasi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Kelinning ota-onasi, ayniqsa, inqiroz, quvgʻin, jizya kabi diskriminatsiya soliqlari davrida sep yigʻish uchun koʻp pul sarflashlari odatiy hol. Bunday iqtisodiy qiyinchiliklar ota-onalarni farzandining yoshidan qatʼi nazar, koʻpincha yetarli miqdorda mahr taklif etilishi bilanoq qizini unashtirishga yoki turmushga berishga undaydi. S. D Goiten Yevropalik yahudiylarda ham shunday anʼana borligini taʼkidlagan — ota-ona kuyov tomonga mos keladigan sep yigʻib olishi bilanoq, qizini imkon qadar erta turmushga beradi.

Boshqa xalqlarda kuyov (yoki uning ota-onasi) kelinning ota-onasiga nikoh roziligini olish uchun pul (qalin puli) yoki boshqa mol-mulk berish urf-odatlari mavjud. Baʼzi mamlakatlarda kelin qanchalik yosh boʻlsa, uning „narxi“ shunchalik koʻp boʻlishi mumkin. Bu odat qizlarning erta turmushga chiqishiga yanada koʻproq hissa qoʻshadi. Shunday holatlar boʻladiki, unda ota onalar juda ogʻir moliyaviy inqirozga uchragani sabab bu holatdan chiqib ketishning yagona yoʻli qizlarini kelin sifatida „sotish“ boʻladi. Baʼzilari esa qizlarni avval boshdan oʻziga xos tovar va oilaning daromad manbai deb hisoblaydi. Shunday qilib, baʼzan kelin narxi anʼanasi nafaqat erta turmush qurishga, balki bola savdosiga ham olib keladi.

Quvgʻin va qullik

Erta nikohlar sonining koʻpayishi urushlar, dinni majburan qabul qilish, mahalliy aholining asirga olinishi va ularni qul qilish, deportatsiya va ommaviy qamoqqa olish kabi eng ogʻir va xavfli vaziyatlarda ham kuzatilmoqda. XIX asrgacha Yevropada loʻlilar va yahudiylarning taʼqib qilinishi, Gʻarbiy Afrikada yevropalik, Hindiston va Afgʻonistonda esa musulmon mustamlakachilar tomonidan qullarning asir olinishi bunday zoʻravonlik qurboni boʻlgan xalqlar orasida yosh nikohlar nisbati oshishiga olib kelgan.

Shunday qilib, „Nyu York Times“ va boshqa tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Hindistonda bolalar nikohining tarqalishining asosiy sababi uning musulmonlar tomonidan bosib olinishi boʻlgan va bunday holatlar ming yildan koʻproq vaqt oldin boshlangan. Bosqinchilar koʻpincha turmushga chiqmagan hind qizlarini zoʻrlagan yoki ularni oʻlja sifatida oʻgʻirlagan va erta turmush qurish bunga qarshi himoya sifatida taqdim etilgan. X—XIII asrlarda musulmonlar hukmronligi ostida boʻlgan sefaradlar ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan va bu guruh orasida qizlarni erta turmushga berish odatiy hol boʻla boshlagan, Ispaniyadan Usmonlilar imperiyasiga surgun qilingan yahudiylar orasida ham erta nikoh yanada keng tarqalgan. Bolalar nikohi musulmonlar yashaydigan hududlarda istiqomat qiluvchi sharqiy sefaradlar orasida XIX asrgacha davom etgan.

Qashshoqlik, ijtimoiy bosim, qoʻrquv va ojizalik hissi

Bolalar Nikohi 
Ingliz teatr aktrisasi Ellen Terry 16 yoshida 46 yoshli George Wattsga turmushga chiqqan. Bu nikoh ota-onasiga omadli boʻlib tuyulgan boʻlsada, uning oʻzi keyinchalik voyaga yetmagan kelin boʻlishda oʻzini noqulay his qilganini aytgan.

Ijtimoiy himoyasizlik — butun dunyoda bolalar nikohining asosiy sabablaridan biridir. Misol uchun, Nepalda ota-onalar ulgʻaygan (18 yoshdan oshgan) qizi ularning uyida yashashni davom ettirsa, jamoatchilik tomonidan stigma qilinishidan yaʼni, „oʻtirib qolgan“ deya nomlanishidan qoʻrqishadi. Yana bir tahdid — zoʻrlash, keyinchalik zoʻravonlik qurbonining turmush qurish imkoniyati kam boʻlishiga olib kelishi mumkin. Boshqa madaniyatlar, turmushga chiqmagan ayol osonlik bilan noqonuniy munosabatlarga berilib ketishi yoki sevgilisi bilan qochib ketib aka-ukalarining shaʼniga dogʻ tushirishi hamda turmushga chiqish imkoniyati boʻlgan opa-singillarining „yoʻlini toʻsishi“ mumkinligidan qoʻrqishadi. Shu kabi mulohazalar va jamoatchilik fikrining bosimi ham erta turmush qurishga olib keladi.

Bolalar Nikohi 
Suriyalik qochqin qizlarning yosh nikohga qarshi rasmlari (Janubiy Livan)

Oʻta qashshoqlikda yashovchi oila uchun qiz farzand yuk boʻlishi mumkin. Agar qiz imkon qadar erta turmushga chiqsa — bu oilaga ham, oʻziga ham yengillik boʻladi. Bolalar nikohi, yosh ayolning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash vositasi sifatida ham koʻrib chiqilishi mumkin, ayniqsa, oilasi uni boqish imkoniyati yoʻqligida yoki qiz oʻzi uchun tirikchilik qila olmaydigan vaziyatda. Bu vaziyat koʻproq zaif holatdagi etnik guruhlar uchun toʻgʻri keladi; tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, dunyoning turli mintaqalarida tarqalib yashovchi yahudiylar orasida qashshoqlik, kuyov daʼvogarlarning yoʻqligi, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tez-tez bolalar turmush qurishiga sabab boʻlgan.

Erta turmush qurishning yana bir sababi, ota-onalar qizining jismoniy xavfsizligidan qoʻrqishlari va eri uni zoʻravonlikdan, bexayolikdan va jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qila olishiga umid qilishlari boʻlishi mumkin. Biroq, voyaga yetmaganlarning oʻzidan ancha katta erkaklar bilan turmush qurishi bunday infektsiyalarni yuqtirib olish xavfini oshiradi va turmush qurmagan ayollarga qaraganda, OITS bilan kasallanish ehtimoli koʻproq.

Uzoq davom etgan qurolli toʻqnashuvlar paytida yosh qizlar koʻpincha erining yonida xavfsizroq boʻladi degan umidda turli qurolli guruh aʼzolariga turmushga berilgan; boshqa hollarda qurollangan kishilar kelinlarini kuch bilan tortib olishgan.

Siyosiy va moliyaviy munosabatlar

Bolalar Nikohi 
Savoylik Marie-Adélaïde (12 yosh) va Burgundiya gertsogi Louis (15 yosh) ning erta nikohi. Toʻy 1697-yilda boʻlib oʻtgan va siyosiy ittifoq tuzgan

Bolalar nikohi ijtimoiy-iqtisodiy holatga bogʻliq boʻlishi mumkin. Bir qator mamlakatlarda, jumladan, oʻrta asr feodal Yevropasidagi aristokratlar oʻz farzandlarining nikohi orqali siyosiy maqsadlarda foydalanishga, zodagon oilalar oʻrtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga intilganlar. Bunday nikoh muhim majburiy shartnoma sifatida koʻrib chiqilgan va uning buzilishi turmush oʻrtoqlarning oʻzlari va ularning qarindoshlari uchun eng jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.

Bolalar nikohining tarqalishi

Butun dunyoda

UNICEF 2011-maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyoda 10 millionga yaqin ayol 18 yoshgacha turmushga chiqadi. UNFPA maʼlumotlariga koʻra, agar hozirgi tendentsiyalar davom etsa, kelgusi bir necha yil ichida har kuni 39 000 tagacha yosh nikohlar sodir boʻladi va yiliga bola kelinlar soni 14,2 millionni tashkil qiladi. 2000-yildan 2011-yilgacha rivojlanayotgan mamlakatlarda 20 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan ayollarning taxminan uchdan bir qismi 18 yoshga toʻlgunga qadar rasmiy yoki norasmiy nikohda boʻlgan. 2010-yilda bunday ayollar deyarli 67 million edi. Ularning taxminan 12 % i hali 15 yoshga toʻlmaganida turmush qurgan yoki eri bilan birga yashay boshlagan.

„Save the Children“ tashkilotining 2016-yil maʼlumotlariga koʻra, global miqyosda 15 yoshgacha boʻlgan qizlar har yetti soniyada turmushga chiqadi.

„Oxfam“ maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab kamida 700 million ayol bolaligida turmushga chiqqan, ularning kamida uchdan bir qismi 15 yoshga toʻlmasdan nikohlangan.

Jahon banki va Ayollar muammolari boʻyicha tadqiqot xalqaro jamgʻarmasi (ICRW) tomonidan 2017-yil iyun oyida chop etilgan hisobotiga koʻra, dunyoda har yili kamida 15 million bolalar nikohi roʻy beradi, soʻnggi 30 yil ichida ularning soni kamayib borganiga qaramay, 25 ta mamlakatda, kamida uchdan bir qizlar hali ham turmushga chiqmoqda, 20 % i esa 18 yoshga toʻlmasdan birinchi farzandini dunyoga keltirmoqda.

Bolalar nikohi eng koʻp tarqalgan mamlakatlar

Bolalar nikohining tarqalishi turli mamlakatlarda turlicha farqlanadi.

Koʻpgina anʼanaviy jamiyatlarda, ayniqsa, kelin narxi amaliyoti saqlanib qolgan joylarda, bolalar nikohi juda keng tarqalgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda va baʼzi etnik guruhlarda (masalan, loʻlilar) bolalar nikohi koʻproq uchraydi. JSST maʼlumotlariga koʻra, koʻpincha yosh nikohlar Sahroi Kabirdan janubi-gʻarbiy Afrikaning qishloq joylarida sodir boʻladi, bu yerda ayollarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi 18 yoshga toʻlmasdan turmushga chiqadi va Janubiy Osiyoda kelinlarning deyarli yarmi 18 yoshga toʻlmagan. Dunyo mamlakatlari orasida yosh nikohlarning nisbiy tarqalishi boʻyicha Niger yetakchilik qilmoqda, ularning ulushi 75 % ga yetadi; undan keyin Chad (68 %), Markaziy Afrika Respublikasi (68 %), Bangladesh (66 %), Gvineya (53 %), Mozambik (56 %), Mali (55 %), Burkina-Faso (52 %), Janubiy Sudan (52 %) va Malavi (50 %) yetakchi oʻrinda turadi.

Ammo Hindiston bolalar nikohi boʻyicha butun dunyo boʻylab yetakchi hisoblanadi[⇨], bu dunyodagi barcha bolalar nikohining taxminan 40 % ni tashkil qiladi; sababi uning aholisining koʻpligi bilan ham, mamlakatning boshqa xususiyatlari bilan ham bogʻliq. Hindistonda voyaga yetmaganlar nikohi taqiqlangan va hatto jinoyat deb hisoblanganiga qaramay, ular urf-odatlar va mahalliy jamoalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi (ayniqsa, chekka qishloqlarda) va kamdan-kam hollarda politsiyaga xabar qilinadi. Natijada, JSST maʼlumotlariga koʻra, 47 % hind kelinlari — 18 yoshgacha boʻlgan qizlarni tashkil qilmoqda. Qoʻshni Bangladeshda bolalar nikohlarining ulushi yanada yuqori koʻrsatkichda boʻlib, Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchilik qiladi. Bolalar nikohi u yerda ham rasmiy rasman taqiqlanganiga qaramay, koʻpincha qizlar turmushga beriladi va balogʻatga yetganidan soʻng darhol erining uyiga koʻchiriladi.

Quyidagi jadvalda baʼzi mamlakatlarda yosh nikohlarning tarqalishi haqida maʼlumotlar keltirilgan. BMT, UNICEF va ICRW tadqiqotlari maʼlumotlaridan foydalanilgan ushbu maʼlumotlar eskirgan boʻlishi mumkin, chunki ICRW va UNICEF tadqiqotlari 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida va BMT tadqiqotlari— 2000-yillarning boshlarida qilingan. Soʻnggi maʼlumotlar hali mavjud emas.

Mamlakat 18 yoshdan oldin turmushga chiqqan,%

(ICRW va UNICEF maʼlumotlari) (qavs ichida — oʻrganilgan yili)
18 yoshdan oldin turmushga chiqqan,%

(BMT maʼlumotlari)
Bolalar Nikohi  Niger 76 (2012) 62
Bolalar Nikohi  Chad 68 (2010) 49
Bolalar Nikohi  Markaziy Afrika Respublikasi 68 (2010) 42
Bolalar Nikohi  Bangladesh 65 (2011) 48
Bolalar Nikohi  Mali 55 (2010) 50
Bolalar Nikohi  Gvineya 52 (2012) 46
Bolalar Nikohi  Malavi 50 (2010) 37
Bolalar Nikohi  Mozambik 48 (2011) 47
Bolalar Nikohi  Madagaskar 41 (2012) 34
Bolalar Nikohi  Sierra Leone 44 (2010) 47
Bolalar Nikohi  Burkina Faso 52 (2010) 35
Bolalar Nikohi  Hindiston 47 (1999—2005) 30
Bolalar Nikohi  Somaliya 45 (1998—2006) 38
Bolalar Nikohi  Nikaragua 41 (2000—2006) 32
Bolalar Nikohi  Zambia 42 (2002—2007) 24
Bolalar Nikohi  Eritrea 41 (2010) 38
Bolalar Nikohi  Uganda 40 (2011) 32
Bolalar Nikohi  Efiopiya 41 (2011) 30
Bolalar Nikohi    Nepal 41 (2011) 40
Bolalar Nikohi  Dominikan Respublikasi 41 (2009—2010) 29
Bolalar Nikohi  Afgʻoniston 40 (2012) 29

Osiyo va Okeaniya

Bolalar Nikohi 
Hindistonda qirollik bolalar nikohi (1900). 12 yoshli Rana Prathap Kumari ikki yildan soʻng Britaniya Hindistonining bir qismi sifatida Maysorning tan olingan qiroliga aylangan 16 yoshli Krishna Raja Wadiyar IV ga turmushga chiqqan.

Bolalar nikohlarining yarmidan koʻpi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Nepalda roʻy beradi . 1991-yildan 2007-yilgacha Janubiy Osiyoda yosh nikohlar darajasi umuman kamaydi, lekin asosan erta oʻsmirlik davrida qizlarning turmushga chiqishi sonining kamayishi bilan bogʻliq, lekin kech oʻsmirlik davrida emas. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, yoshga qarab yoshga qarab turmush qurishning kamayishi qizlarning 15 yoshgacha maktabga tez-tez bora boshlagani, keyin esa turmushga chiqa boshlagani bilan bogʻliq .

Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya

Bolalar Nikohi 
Indoneziyada bolalar toʻyi (taxminan 1939-yil)

Bu hududning togʻli xalqlari orasida erta turmush qurish keng tarqalgan. Karenlar orasida ota-onalar farzandlari tugʻilishidan oldin ularning toʻyini kelishib qoʻyishlari mumkin.

Bolalar Nikohi 
Yosh musulmon kelin

Afgʻoniston

2013-yilda Afgʻonistonda turmushga chiqqan ayollarning 53 foizi 18 yoshga toʻlmasdan, jumladan, 21 foizi esa 15 yoshgacha turmushga chiqqani maʼlum qilingan. Afgʻonistonda nikoh uchun rasmiy minimal yosh— qiz bola uchun 15 yosh (otasining ruxsati bilan).

Bangladesh

Bangladeshdagi erta nikohlar nisbati dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, nikohlarning uchdan ikki qismiga teng. 2005-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra, 25 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan 49 foiz ayollar oʻn besh yoshga toʻlmaganida turmushga chiqqan.

Hindiston

    Asosiy maqola: Hindistonda bolalar nikohi[en]

UNICEF tomonidan 2009-yilda eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Hindistonda jami 47 foiz 20 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan turmush qurgan ayollar 18 yoshga toʻlmasdan turmushga chiqqan, qishloq joylarda esa ularning ulushi 56 foizni tashkil etdi.

Hozir Hindistonda voyaga yetmaganlarning nikohi taqiqlangan va hatto jinoiy javobgarlik mavjud, ammo ular anʼanalar va mahalliy jamoalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi (ayniqsa, chekka qishloqlarda) va ular haqida politsiyaga juda kamdan-kam xabar beriladi.

Yana qarang

  • Jinsiy rozilik yoshi
  • Bolaning huquqlari
  • „Child Bride“ (film)

Manbalar


Tags:

Bolalar Nikohi TarixiBolalar Nikohi Diniy normalar va davlat qonunlariBolalar Nikohi Yosh oʻgʻil-qizlarBolalar Nikohi Bolalar nikohining sabablariBolalar Nikohi Bolalar nikohining tarqalishiBolalar Nikohi Yana qarangBolalar Nikohi ManbalarBolalar NikohiUNICEF

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Axborot texnologiyalariGigiyenaIsʼhoqxon IbratSunʼiy intellektPaleolitTovarHamza Hakimzoda NiyoziyQozogʻistonChingizxonBuxoro viloyatiBolalar adabiyotiNurlanishSaida MirziyoyevaOscarJigarSevara NazarxonYurakFacebookEritrotsitlarIsitmaAutizmKonfutsiylikMahalliy davlat hokimiyati organlariMarsAnafilaktik shokBotirjon ErgashevOIVAl-Asmo al-HusnoPsixika143ShaxmatBoburnomaOngMisNobel mukofotiAlpinizmErich Maria RemarqueFeʼlSodda gapGazlarSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiOʻzbekiston bayrogʻiFoydali qazilmalarSon (tilshunoslik)QobusnomaElektromagnit toʻlqinlarNitrat kislotasiBuxoroSpektrYan Amos KomenskiyGloballashuvMoliyaSanitariyaXudoyberdi ToʻxtaboyevOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiKubFotiha surasiMicrosoft ExcelAvstraliyaYarimoʻtkazgichPsoriazProkuraturaTemirToʻlqinlarJanubiy Koreyada taʼlimWolfgang Amadeus MozartRim imperiyasiTurkmanistonMilliy dinlarMustaqil davlatlar hamdoʻstligiNavroʻzYosin surasiEkologik omillarYalpi ichki mahsulotTasviriy sanʼatTeriTil🡆 More